Ta’lim to’g‘risidagi Qonun


Ishlab-chiqarish - kadrlar tayyorlash tizimida



Download 75,97 Kb.
bet8/8
Sana01.07.2021
Hajmi75,97 Kb.
#106652
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 maruza Ta’lim to’g’risidagi Qonun” ning aha

Ishlab-chiqarish - kadrlar tayyorlash tizimida:

    • ishlab-chiqarish turli saviyada mutaxassis va ishchilarga buyurtmani shakllantiradi;

    • kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, o‘qitish uchun zarur bo‘lgan mavjud moddiy-texnikaviy, moliyaviy, kadrlar va boshqa resurslarni beradi;

    • xomiy, ta’sischi sifatida turli bosqich va turli xil o‘quv yurtlarini, alohida yoki bir guruh mutaxassislarni tayyorlashni moddiy ta’minlashda ishtirok etadi;

    • mutaxassisning shaxsiy faolligi va uzluksiz kasbiy o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hamda moddiy va ruhan rag‘batlantirishni ta’minlaydi;

    • uzluksiz ta’lim bilan o‘quv-ilmiy-ishlab chiqarish kompleksi (markazlari, texnologik parklar, texnopolislar va x.k.) ko‘rinishida integratsiya uchun sharoitlar yaratadi.

Umuman olgan milliy dastur ishlab-chiqarishning quyidagi vazifalarini nazarda tutadi. Ishlab-chiqarish:

    • mutaxassisning tasnifiy tavsifini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

    • kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim standartlarini tayyorlashda ishtirok etadi;

    • davlat attestatsiya ko‘mitasi faoliyatida qatnashadi;

    • ishlab chiqarishdagi yangi texnologiyalar bo‘yicha pedagog kadrlar malakasini muntazam oshiradi;

    • ishlab chiqarishdagi yuqori malakali kadrlar ta’lim jarayonida ishtioketadi;

    • ishchi va mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun o‘quv kurslari va o‘quv markazlari yaratadi;

    • kasb-xunar o‘quv yurtlariga yoshlarni qabul qilish va kasb yo‘naltirish ishlarida ishtirok etadi;

    • ishlab chiqarish amaliyotini o‘tish uchun o‘quvchi yoshlarni ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi;

    • ilm-fan va ishlab-chiqarishning integratsiyasi doirasida o‘quv yurtlarini qurilmalar bilan jihozlaydi, hozirgi zamon asbob-uskunalari bilan ta’minlaydi;

    • muxatassis va ishchilarning malaka oshirishlarini rag‘batlantiradi.

Kadrlar tayyorlashda ishlab chiqarish amaliyoti alohida o‘rin egallaydi, ishlab chiqarish amaliyoti tanlangan mutaxassislik bo‘yicha kasbkorlik ko‘nikma va bilimlarini shakllantiradi.

Ishlab chiqarish praktikasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: muayyan yo‘nalish bo‘yicha ishlab-chiqarish jarayoida o‘quvchilarning har xil lavozimlarda shaxsan ishtiroki; ishlab chiqarish bo‘yicha kasbga o‘rgatish jarayonida nazariy bilimlar berish; mutaxassislik va ixtisoslik maxsus fanlar muammolarini ishlab-chiqarish sharoitida mustaqil o‘rganish; kasbiy bilmlar, kasbkorlik mahorati va qo‘nikmalarini egallash; ishlab chiqarish tarmog‘ida kashfiyot va ratsionalizatorlik faoliyatda ishtroki etish, mehnat jamoasining ijtimoiy xayotida faol qatnashish.

Ilm-fan, ta’lim va ishlab-chiqarishning integratsiyasi quyidagi uch tabaqada amalga oshirilishi lozim.

Birinchi tabaqa-kichik tuzilmalar yoki bo‘limlar. Oliy o‘quv yurti kafedralari bilan birgalikda korxona va tashkilotlarda ochiladigan maxsus tuzilmalar yoki filiallar; bu tuzilmalar kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va kadrlarning malakasini oshirish sohasida, ilmiy-tadkiotlar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish borasidagi o‘zaro xamkorlikni ta’minlash maqsadida yaratiladi.

Ikkinchi tabaqa-o‘quv-ilmiy-ishlab-chiqarish kompleksi; ularda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘tkazish hamda ulardan olingan natijalar ishlab chiqarish tarmog‘ida o‘zlashtiriladi.

Uchinchi tabaqa-iqtisodiyot kompleksi, mintaqa va tarmoqlar doirasida ta’lim, ilm-fan va ishlab-chiqarish bir-biri bilan o‘zaro uzviy va xamkorlikda bo‘ladi.

Raqobatbordosh kadrlarni tayyorlash tizmida inson omiliga oid bosh yo‘nalishlardan biri bo‘lib quyidagi tarmoq hisoblanadi:


    • ilmiy (fan doktori, fan nomzodi) va ilmiy pedagogik kadrlar (professor, dotsent); ular yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydilar, yangi bilimlar va yangi g‘oyalarni yaratadilar;

    • pedagogik kadrlar (pedagog-o‘qituvchilar, muallim-tarbiyachilar), shaxsni tarbilaydilar va yangi bilimlarni shakllantiradilar.

Ilmiy-pedagogik kadrlar faoliyati natijasida etishiriladigan mutaxassislar zamonaviy kasbiy mahorat ko‘nikma, bilimlariga ega, mustaqillik g‘oyalariga sodiq, Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarni biluvchi, milliy uyg‘onish mafkurasi ruhida tarbiyalangan bo‘lishi darkor.

Ilmiy-pedagogik xodimlar mehnati inson omillarining shakllanishini ta’minlashi kerak. Bu shakllanish jamiyat taraqqiyotining bosqichi uchun zarur va talablariga mos bo‘lishi lozim. Bunday ijodiy yuksak ham qarz, xam farz vazifani bajarish uchun ilmiy pedagogik kadrlar:



    • nafaqat bilimlar majmuasiga, balki olamni yaxlit, murakkab va doimo taraqqiy etuvchi sistema sifatida qabul qilish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak;

    • ruhiyat va pedagogik bilimlarniegallagan bo‘lishi kerak;

    • umuminsoniy va siyosiy madaniyati yuqori hamda odamiylik fazilatlarga ega bo‘lishi kerak;

    • ijodiy o‘qitish va tarbiyaning intensiv usullari hamda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirgan, ulardan unumli foydalanayotgan bo‘lishi kerak.

Bu talablar ilmiy va pedagogik xodimlar faqat ko‘nikma, mahorat va bilimlarga ega bo‘libgina qolmay, ularni doimo takomillashtirib turishi lozimligini taqozo etadi.

Milliy dastur uzluksiz ta’limning barcha bosqichlari uchun ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida diqqat-e’tiborni jalb qilida. Bunda yangi ta’lim tuzilmalari (ko‘p bosqichli professional oliy ta’lim, kasb-hunar va o‘rta maxsus uch yillik ta’lim) yaratilishi va mos ravishda davlat ta’lim standartlarining asosida yangi mazmun hisobga olingan bo‘lishi kerak.

Pedagogik kadrlarga quyiladigan bu talablarni ro‘yobga chiqarish uchun ularni tayyorlash tizimini rivojlantirishning yangi yo‘nalishlari ko‘zlanadi:


  • yosh olimlarni umumilmiy, psixologik-pedagogik va gumanitar fanlar bo‘yicha tayyorlashning mazmuni va tuzilmasini takomillashtirish;

  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonini axborot bilan ta’minlashning tezkor va eng qulay tizimini yaratish, jahon axborot tizimlaridan foydalanish.

Uch yillik kasb-xunar o‘quv yurtlari (kasb-hunar kollejlar) va o‘rta maxsus (akademik litseylar) o‘quv muassasalarida ishlashga qodir pedagogik kadrlarni tayyorlash ustuvor hisoblanadi. Bu ustuvorlik:

  • o‘rta maxsus va kasb-xunar ta’limning yangi mazmuni bilan;

  • bunday pedagoigk kadrlarga ehtiyoj kattaligi va oddiy maktablarning o‘qituvchilari ularning o‘rnin bosa olmasligi bilan belgilanadi.

Milliy dastur oliy malakali kadrlar-fan kandidatlari va fan doktorlari tayyorlash tizimini isloh qilishni ham ko‘zda tutadi. Bu boradi asosiy yo‘nalishlar quyidagilardan iboart:

  • yosh olimlar tayyorlada gumanitar, psixologik pedagoigk va umumilmiy bilimlar mazmuni va tuzilmalarini takomillashtirish;

  • ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash jarayonini axborot bilan ta’minlashning tezkor va eng muqobil tizmini yaratish, jahon axborot tizimlaridan foydalanish;

  • ustuvor va noyob fan-texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash borasida xalqaro xamkorlikni tashkil qilish;

  • raqobatbardosh ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni ta’minlash maqsadida ilmiy muassasalarning va oliy o‘quv yurtlarining tegishli ilmiy bo‘limlarining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish;

  • mamlakatimizning ilmiy-pedagogik potensialini va ilmiy tadqiqotlar natijalaridan tijorat borasida foydalanishni kuchaytirish;

  • ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish tartibi va mexanizmini, qoidalarini takomillashtirish;

  • dissertatsiya ishlarining ilmiy-metodik saviyasi va amaliy ahamiyatiga talablarni oshirish, ilmiy unvon, ilmiy daraja berish tartibini soddalashtirish.

Aholining ma’rifiy saviyasini oshirish O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga tezkorlik bilan o‘tishiga ko‘maklashuvchi eng asosiy faktorlardan biri hisoblanadi. Bu birinchi navbatda ekologiya va iqtisodiyotning, bozor munosabatlarining taraqqiyoti bilan ustuvor hamda xalq xo‘jaligining rivojlanayotgan tarmoqlarida kompyuter va ilmbop texnologiyalarni ko‘llash, kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan bilimlar saviyasiga taaluqlidir.

Mazkur muammoni echida uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas qismi bo‘lgan oliy maktabdan keyingi qo‘shimcha professional ta’lim (malaka oshirishga) juda katta o‘rin ajratiladi. Bu tizim kadrlarning professional bilimlari, mahorat va ko‘nikmalari doimo raqobatga qodir darajada bo‘lishini ta’minlashi lozim. O‘tish davrida bozor munosabatlari sharoitlarida faol qatnashishga jalb qilish mahsadida ilgari yillari tayyorlangan oliy va o‘rta maxsus kasbiy ta’lim etishtiragn mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muhim vazifa hisoblanadi. Bu vazifaning hal etilishi yangi kadrlarni tayyorlashga sarflanadigan mablag‘larni va vaqt sarfini tejash imkonini yaratadi.

YUqorida keltirilgan muammolar echimining samaradorligi, shuningdek yangi kadrlar tayyorlash muammolari juda ko‘p jihatdan o‘qituvchi kadrlar malakasining hozirgi kundagi professional bilimlari psixologiya, ekologiya, iqtisod, madaniyat, huquq va boshqa bilimlariga quyilayotgan talablarga qay darajada muvofiqligiga bog‘liq. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisning IX-sessiyasida “agar domlalar, professorlar, kafedra mudirlari o‘z ustida ishlamasa, o‘z sohasi bo‘yicha chet mamlakatlarga ilmiy safarlarga borib kelmasa, tajriba almashmasa, albatta, bunday ahqol o‘quv jarayoniga va uning samarasiga salbiy ta’sir qiladi”,- degan edi.

Milliy dasturda o‘qituvchi kadrlarning qo‘shimcha professional ta’limiga (qayta tayyorlash va malaka oshirish) ham tashkiliy jihatiga (maktabgacha ta’lim-tarbiyadan boshlab to professional oliy ta’limgacha), ham mazmuniga (kasb, ma’naviyat va madaniyat, iqtisod va ekologiya, xuquqshunoslik va shu kabi boshqalar) tizimli yondoshish nazarda tutiladi. Ayniqsa uzluksiz ta’limning quyidagi bosqichlari o‘qituvchilar qadriga alohida e’tibor beradi:



  • boshlang‘ich ta’limga-bu bosqich o‘quvchilarning ruhiy va jismonan, aqliy o‘sishini ta’minlaydi, fan asoslari bo‘yicha boshlang‘ich bilimlarni shakllantiradi, o‘quv va ummehnat ko‘nikmalari, o‘rganish va ijodiy yondoshuv elementlari shakllanishini ta’minlaydi;

  • umumiy ta’limning yangi tuzilmasiga-uch yilliy o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’lim kadrlariga bo‘lgan ehtiyoj, mahalliy sharoitlar, o‘quvchilarning imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda kasbiy yo‘naltirilgan, ihtisoslashtirilgan, bilimlari chuqurlashgan o‘qitishni ta’minlaydi.

  • Ko‘pbosqichli oliy ta’lim-bilimlar sohasida yo‘nalish fanlarining biri bo‘yicha bakalavr va yo‘nalish fanining muayyan mutaxassisligi bo‘yicha magistr tayyorlaydi.

Qo‘shimcha professional ta’lim tizimining rivojlanish yo‘nalishlari quyidagichadir:

  • bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning me’yoriy huquqiy asoslari va konsepsiyasini (asosiy yo‘nalishlarini) ishlab chiqing;

  • xalq xo‘jaligi mutaxassislari va pedagogik kadrlarning ko‘shimcha professional ta’lim muassasalari safini kengaytirish va respublika bo‘yicha kadrlarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish tizimini ishlab chiqish;

  • malaka oshirishning ijtimoiy-psixologik tomonlarini rivojlantirish, nainki ular kadrlarni doimo o‘zlarining professional bilimlari, mahorat va ko‘nikmalari,ma’naviyat, madaniyat, odobiylik, shuningdek iqtisodiy, ekologik va huquqiy madaniyatlarini doimo takomillashtirib turishga undaydi;

  • ommaviy axborot vositalarida texnika va texnologiya, iqtisod va madaniyat, ekologiya va shu kabi x.k. soxalarda eng yangi yutuqlarni keng targ‘ibot qilish;

  • masofada ta’lim tizimini rivojlantirish;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

  • ta’lim muassasalarning moddiy-texnik, o‘quv-uslubiy va axborot bazasini takomillashtirish;

  • xalq xo‘jaligi mutaxassislari va pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining monitoringini ishlab chiqishi.

Nazorat uchun savollar:

1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qachon va qanday maqsadlarda qabul qilingan?

2. Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq qanday bosqichlar farqlantiriladi?

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amlag aoshirishning 1- bosqichi vazifalarini tushuntiring.

4. KTMD ning 2-bosqichi vazifalarini izoxlang.

5. KTMD ning 3-bosqichi qaysi yillarni o‘z ichiga oladi va uning asosiy vazifalari nimalardan iborat?



6. KTMD ning asosiy 5 ta bo‘g‘inlarini izohlang.

7. KTMD da o‘z ifodasini topgan uzluksiz ta’lim tizimini joriy etish mohiyatini tushuntiring.
Download 75,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish