Ta’lim to’g‘risidagi Qonun



Download 75,97 Kb.
bet2/8
Sana01.07.2021
Hajmi75,97 Kb.
#106652
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 maruza Ta’lim to’g’risidagi Qonun” ning aha

davlat va jamiyat-malakali kadrlar tayyorlashning va ularga bo‘lgan zaruriyatning asosiy kafolatchisi;

  • fan-yuqori malakali kadrlarni etishtiruvchi va iste’molchisi;

  • iqtisodiyot-kadrlarga asosiy buyurtmachi bo‘lib, tayyorlangan mutaxassislarning sifatiga baho beradi, shunga yarashga kadrlar tayyorlash tizimini moliya va moddiy-texnika jihatdan ta’minlaydi.

    Mazkur model uch qutbga ega. Birinchi qutb-shaxs uzluksiz ta’lim tizimida bilimlarni iste’mol qilish va yaratish borasida o‘zining fuqarolik burchini to‘lato‘kis amalga oshiruvchi inson. Ikkinchi qutb – davlat va jamiyat: shaxsning fuqarolik burchlarini samarali amalga oshirilishiga va iqtisod tarmoqlarini malakali kadrlar bilan ta’minlash bo‘yicha milliy vazifalarni hal qiladi. Uchinchi qutb – iqtisodiyotbo‘lib, u davlat byudjeti yoki kontrakt asosida o‘zi uchun zarur bo‘lgan kadrlar etishtirishni moddiy-texnika bazasi va moliya bilan ta’minlaydi.

    Milliy dastur kadrlar tayyorlash tizimining ana shu uchchala qutblarini o‘zaro uzviy birlashtirishni ta’minlovchi barcha shart-sharoitlar-ijtimoiy iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy, psixologik-pedagogik va boshqa shart-sharoitlar yaratilishini qo‘zlaydi.

    Milliy dasturda ikkinchi qutbga-davlat va jamiyatga alohida o‘rin ajratiladi. Davlat va jamiyat raqobatbardosh mahsulot yarata oladigan va raqchqobatbardosh xizmatlarni ko‘rsata oladigan malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz rivojlantirish va takomillashtirish kafili xisoblanadi.

    Davlat va jamiyat:



    • fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va malaka oshirish huquqining amalda bajarilishini;

    • sifatsiz ta’limdan ximoya qilinishini;

    • davlat ta’lim muassasalarining moliyaviy ta’minlanishini;

    • o‘qish, yashash va dam olish shart-sharoitlarini ta’minlash borasidagi vazifalarni echishda o‘z-o‘zini boshqaruvning ortib borishini;

    • o‘quvchilar hamda pedagogik kadralarning ijtimoiy ximoyasini;

    • jismonan salomatligi cheklangan shaxslarning kasbiy ta’lim olishini;

    • o‘qituvchilar, ota-onalar va o‘quvchilarga konsultatsiyalar berish, psixologik-pedagogik, ijtimoiy va tibbiy yordamini ko‘rsatish va maslahatlar berish markazlari ko‘paytirilishiini kafolatlaydi.

    Dastlabki ikki qutb-shaxs, davlat va jamiyat qutblari orasini to‘ldiruvchi uchinchi qutb –iqtisodiyot hisoblanadi. Bir jihatdan iqtisod-kadrlar tayyorlash tizimi uchun tayanch bo‘lsa, ikkinchi tomondan iqtisod-iste’molchi bo‘lib, o‘ziga zarur va malakali kadrlarning iste’molchisidir.

    Kadrlar tayyorlash tizimining ko‘p qutbligi (uch qirraliligi) “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur to‘g‘risida” qonunini umumqonun, barcha tegishli ekanligini namoyon etadi. “Kadrlar tayyorlash bo‘yicha milliy dastur to‘g‘risida” qonunining amalda ijro etilish oqibatlari har bir shaxsning fuqarolik etukligiga davlat va jamiyat kafolatining qay darajada ekanligi hamda bozor iqtisodiyotining taraqqiy etish darajasiga juda bog‘liq.

    Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dastur har bir shaxs xamda davlat va jamiyat manfaatlari iqtisodiy holat va uning raqobatbardoshligi bilan bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarn echishga hal etishga yo‘naltirilgan.

    Milliy dasturning maqsad va vazifalari, ularning asoslanganligi, muhimligi va muammolarni hal qilish yo‘llari mustahkam ilmiy fundamentga tayanadi.

    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” o‘ziga xos uzluksiz ta’-limning o‘zbek modeli sifatida vujudga keldi.

    Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun hal etilishi lozim bo‘l-gan vazifalardan biri-yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror ri-vojlanishning kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi nor-mativ, moddiy texnika va axborot bazasini yaratishdir. SHunday ekan, ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’-minlamay turib, rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlash mumkin emas.



    Ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Birinchi bosqichda (1997-2001) asosan yangi uzluksiz ta’lim tizimi uchun me’yoriy asoslar yaratish ishlari amalga oshirildi.

    Birinchi bosqichda mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni islohqilish va rivojlantirish uchun huquqiy ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish ko‘zda tutildi.

    Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning ikkinchi bosqichi(2001-2005)da ta’lim sifatini ta’minlashga e’tibor qaratildi.



    Ikkinchi bosqichda Milliy dasturni to‘la ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda unga aniqliklar kiritish mo‘l-jallandi.

    Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar) – to‘plangan tajribalarni tahlil etish va umumlashtirish asosida, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq ka-drlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlan-tirish ko‘zda tutilgan.

    Kadrlar tayyorlash milliy modeli markazida o‘quvchi, talaba, malakasini oshiruvchi –xullas «bir so‘z bilan aytganda»shaxs turadi. U kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti. Ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi, shu bilan birga, ularni amalga oshiruvchi hamdir.



    Davlat va jamiyat – esa ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga soladi va nazorat qilishni amalga oshiradi. SHu bilan birga kadrlar tayyorlash va ularni qabul qilib olish-ning kafili sifatida ham asosiy rol o‘ynaydilar. Model uzluk-siz ta’limniamalga oshirish bilan ajralib turadi.

    Uzluksiz ta’lim - malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyor-lashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlarini, davlat ta’lim standartlarini kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko‘rsatish muhitini o‘z ichiga oladi.

    Milliy modelda fanga, uning ahamiyatini hisobga olgan holda alohida o‘rin beriladi. Fan – yuqori malakali, mutaxas-sislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni ishlab chiqadi. Kadrlar tayyorlash tizi-miga ilm-fanning uzviy ravishda kirib borishi nazarda tutila-di.

    Kadrlar tayyorlashning pirovard natijasi, bu - ishlab chiqarish (tovar va xizmatlar) uchun zarur malakali mutaxassislar tayyorlashdir.




    Download 75,97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish