28-modda. Talim oluvchilarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish
Ta’lim oluvchilar belgilangan tartibda stipendiyalar, nafaqalar, yotoqxonalar, internatlar, imtiyozli yoki bepul ovqat bilan va boshqa imtiyozlar bilan ta’minlanadilar.
Ta’lim oluvchilarga kutubxona fondi, o‘quv-ishlab chiqarish, sport, maishiy xizmat va sog‘lomlashtirish bazalaridan, transport xizmatidan, teatr va boshqa tomosha muassasalarining xizmatidan belgilangan tartibda bepul yoki imtiyozli shartlarda foydalanish kafolatlanadi.
Davlat iqtidorli yoshlarga moddiy jihatdan ko‘mak berish, O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlardagi yotakchi ta’lim muassasalarida o‘qish tajriba oshirish imkoniyatini yaratish yo‘li bilan doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |