Ta’lim to‘G‘risida qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish



Download 388,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/60
Sana22.01.2022
Hajmi388,26 Kb.
#400731
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020 (3)

38-modda. Ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish 

Ta’lim  tashkilotlariga  o‘qishga  qabul  qilish  barcha  talabgorlar  uchun  ta’lim  olishga  doir  teng 

imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi, shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno, 

ularga qonunchilikka muvofiq imtiyozlar berilishi mumkin. 

Ta’lim  tashkilotlari  talabgorlarni  va  (yoki)  ularning  ota-onasini  yoki  boshqa  qonuniy  vakillarini  ustav, 

litsenziya yoki xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risidagi tasdiqnoma (nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun), davlat 

akkreditatsiyasi  to‘g‘risidagi  sertifikat  (bundan  maktabdan  tashqari  nodavlat  ta’lim  xizmatlarini  ko‘rsatuvchi 

nodavlat ta’lim tashkilotlari mustasno), o‘quv dasturi hamda ta’lim faoliyatini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar, 

o‘quvchilarning huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirishi shart. 

Jismoniy,  aqliy,  sensor  (sezgi)  yoki  ruhiy  nuqsonlari  bo‘lgan  bolalar  o‘qishga  o‘z  ota-onasining  yoki 

boshqa  qonuniy  vakillarining  roziligiga  va  tibbiy-psixologik-pedagogik  komissiyaning  xulosasiga  binoan  qabul 

qilinadi.  

Ayrim  ta’lim  tashkilotlariga  (oliy  ta’lim  muassasalariga,  akademik  litseylarga,  Prezident,  ijod, 

ixtisoslashtirilgan  maktablar  va  boshqalarga)  o‘qishga  qabul  qilish  tanlov  asosida  amalga  oshiriladi.  Ta’lim 

tashkilotlariga  tanlov  asosida  o‘qishga  qabul  qilish  chog‘ida  tanlov  ishtirokchilariga  tanlovni  o‘tkazish  tartibi 

to‘g‘risidagi axborot taqdim etiladi. 

Davlat oliy ta’lim va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish davlat granti va (yoki) to‘lov-

shartnoma asosida amalga oshiriladi.  

Davlat ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 

tomonidan belgilanadi.  

Nodavlat  ta’lim  tashkilotlariga  o‘qishga  qabul  qilish  tartibi  ushbu  ta’lim  tashkilotlari  tomonidan 

belgilanadi. 

Chet  ellik  fuqarolarni  O‘zbekiston  Respublikasining  davlat  ta’lim  muassasalariga  qabul  qilish  to‘lov-

shartnoma asosida (bundan davlat granti ajratilgan hollar mustasno) amalga oshiriladi. 

Oliy  ta’lim  muassasalariga  davlat  granti  asosida  o‘qishga  qabul  qilish  parametrlari  O‘zbekiston 

Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.  

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish chog‘ida imtiyozli  kontingent uchun qo‘shimcha qabul 

parametrlari belgilanadi. 




Download 388,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish