Xalq ta`limi tizimida pisixalogik xizmat
Inson faoliyati meyorda boshqarilishi maishiy, huquqiy, tibbiy texnik,bank va boshqa shu tarzdagi xizmat turlariga zarurat sezadi. Shular singari insonning o`zini-o`zi boshqarishi,o`zini-o`zi nazorat etishini taminlashda psixologik xizmat katta axamiyatga ega.
Psixologik xizmat masalalari ishlab chiqarishning barcha tarmoqlariga tibbiyotda kriminalistikada,beznisda, reklama va axborotlar tarqatishda, sportda va ta`lim tizimiga jadallik bilan kirib bormoqda.
Respublikamizda ta`lim tizimiga psixologik xizmat keng joriy etilayotgan soxa sifatida qarash mumkin.Ta`lim tizimiga psixologik xizmatni joriy etish ta`lim-tarbiya jarayonini to`g`ri tashkil etish, o`qituvchi va o`quvchi shaxsini shakllanishini nazorat etish xulq-atvoridagi og`ishlarni oldini olish, o`quvchilarning o`lashtirishi va aqliy saviyasini baxolash, iqtidorli va aqliy taraqiyotidan ortda qolayotgan o`quvchilarga psixologik yordam ko`rsatish, pedagogik jamoada psixologik muxitni shakllantirish va shu singari bir qator ishlarni yo`lga qo`yishi bilan haraktirlanadi.
Shu bois bu soha eng izchil yo`nalish sifatida psixiologik tashxisni yo`lga qo`yish kerak bo`ladi.
Psixologik tashxis ta`lim muassasalaridagi mutaxasisning ish faoliyatida mo`ljal olishga va psixologik xizmatning boshqa turlari bo`yicha chora tadbirlarni belgilashga yordam beradi.Buning uchun psixologik tashxisni to`g`ri tashkil eta olish kerak.
Psixologik tashxis yoki psixologik testlarni joriy etish bir asrdan ko`proq tarixiy davrga ega.
Chunki, ilk psixologik tashxis vositalari ham ta`lim muammolariga qaratilganligi bois (fransuz psixologlari Beni Simonning “aqliy yoshni aniqlash” shkalasi) u insonning tarixiy taraqiyotning keyingi bosqichlarida yangidan yangi tashxis vositalariga zarurat sezmoqda.
Ta`limda psixologik tashxisni joriy etishning murakkab va nozik tomonlari bor. Hozirgi kunda ta`lim tizimida psixologik xizmatni yo`lga qo`yishda amaliyotchi psixologlar tayyorlashga aloxida etibor berilmoqda.
Ularning mutaxasis sifatida tayyorgarlik darajasi psixologik xizmatni, xususan, psixologik tashxisni tashkil etishga yetarlicha tasir ko`rsatadi.
Talim muassasalarida zexn testlar(entiliktual testlar) dan foydalanish eng nozik masalalardan biri sanaladi. Bunday testlardan foydalanish mavjud variantlarni to`g`ridan to`g`ri tadbiq etish emas, ularning qo`yilgan maqsadni baxolashga yordam berishini tekshirish lozim va so`ngra qo`llash maqsadga muvofiq.
Aynan o`quvchining aqliy saloxuyatini yoki o`qituvchini shaxsiy xususiyatlarini tashxis etish zamirida katta mano bor. Ushbu ma`no o`zining xaqiqiy timsolini hosil qila olishi psixologik xizmat ko`rsatayotgan mutaxasisning salohiyatiga bog`liq bo`ladi.
Qisman xato ham inson taqdiri va qadr-qimmatiga zarba berishi
mumkin. Biz shu bois ta`lim tizimida psixologik tashxisni tashkil etishda bir qator holatlarni inobatga olish kerak deb hisoblaymiz.
Shaxsni kuzatish,o`rganish,u bilan Psixologik tuzatish, maslaxat ishlarini olib borish, uning u yoki bu kasb koriga yaroqlilik jihatlarini maxsus o`rganis, shaxsni har tomonlama rivojlantirish imkoniyatlarini aniqlash vashu kabi tadqiqot natijalariga asoslangan holda manfatdor shaxslarga tegishli tavsiyalar berish, hozirgi zamon amaliy psixalogiyasi zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalardan hisoblanadi . Bu borada dunyoning rivojlangan mamlakatlari amaliyotchi psixologlari faoliyatida o`rganishga, o`zlashtirishga arzigulik tajribalar to`plangan.
Mamlakatning ravnaqi, ilm-fan, siyosatning rivojlanishi, el-yurt farovonligining oshishida bunday olamshumul yutuqlarga erishishning asosiy omili bizning nazarimizda o`sha davrlarda inson omiliga alohida e`tibor berilganligi, xalq xo`jaligining barcha yo`nalishlarida hodimlar-ni, raxbarlarni tanlab olishda, shaxsning individual psixologik imkoniyatlarini hisobga oluvchi, hozirgi zamon tili bilan aytganda Psixologik xizmat, psixodiagnostik tadbirlarning amalga oshirilganligiga sababdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |