Ta'lim tizimini modellashtirish texnologiyasi hamda ta'lim tizimida dasturli ta'lim. Reja


Texnologik karta o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi



Download 87,5 Kb.
bet4/8
Sana01.07.2022
Hajmi87,5 Kb.
#727048
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
talim tizimini modellashtirish texnol

Texnologik karta o’quv jarayonini loyihalashtirishning asosi.
O’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o'ziga xos tomonini, joy va sharoitni, o’qitishning texnik vositalarini, eng asosiysi, talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, talabani ta'limning markaziga olib chiqish kerak.
O’qituvchi tomonidan har bir darsni yaxlit holatda ko'ra bilish va uni tasavvur etish uchun bo'lajak dars jarayonini loyihalashtirib olish kerak. Bunda o’qituvchiga u tomonidan bo'lajak darsni texnologik xaritasini tuzib olish katta ahamiyatga egadir. Chunki darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o'qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, talabalarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi.
Bunday texnologik xaritani tuzish oson emas, chunki buning uchun o’qituvchi pedagogika, psixologiya, xususiy metodika, pedagogik va axborot texnologiyalaridan habardor bo'lishi, shuningdek, juda ko'p metodlarni bilishi kerak bo'ladi. Har bir darsning rang-barang, qiziqarli bo'lishi avvaldan puxta o'ylab tuzilgan darsning loyihalashtirilgan texnologik xaritasiga bog’liq. Darsning texnologik xaritasini qay ko'rinishda yoki shaklda tuzish, bu o’qituvchining tajribasi, qo'ygan maqsadi va ixtiyoriga bog’liq. Texnologik xarita qanday tuzilgan bo'lmasin, unda dars jarayoni yaxlit holda aks etgan bo'lishi hamda aniq belgilangan maqsad, vazifa va kafolatlangan natija, dars jarayonini tashkil etishning texnologiyasi to’liq o'z ifodasini topgan bulishi kerak. Texnologik xaritaning tuzilishi o’qituvchini darsning kengaytirilgan konspektini yozishdan xolos etadi, chunki bunday kartada dars jarayonining barcha qirralari o'z aksini topadi.
Texnologik xaritada ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchilar faoliyati (o’quv jarayoni) bosqichlarining ketma-ketligi va mazmuni hamda ularda qo’llanila-digan vositalar tavsiflanadi. Texnologik xarita bo'lajak mutaxassislarning mustaqil ishlashiga va ta'lim jarayonini nazorat qilishga yordam beradi.
Texnologik xarita mazmunini faoliyat (texnologik bosqichlar) tashkil etadi va ular quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  • ta'lim oluvchilarga o'rganilishi kerak bo'lgan mavzuni e'lon qilish. Uning mantiqiy-tuzilmaviy tartibini namoyish qilish va sharhlash. Yangi material bilan tanishtirish;

  • o’quv elementlarini o'rganish ketma-ketligi va usullarini bayon qilish;

  • ta'lim oluvchilar egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar to’g’risida axborot berish;

  • testlar va amaliy topshiriqlarning variantlarini, ularni baholash mezonlarini taqdim etish, ya'ni yakuniy nazoratning «ochiqligini» ta'minlash;

  • o'zlashtirilgan bilimlarning ta'lim jarayonida yoki kelgusi kasbiy faoliyatda qaerda kerak bo'lishi to’g’risida axborot berish.

Bu holda «ta'lim beruvchi-ta'lim oluvchi»ning o'zaro munosabatidagi muammo ham hal etiladi. Ta'lim oluvchi ta'lim beruvchining tayyor bilimlar bilan qurollantiradigan ta'sir ob'ektidan mustaqil o’quv faoliyatining sub'ektiga aylanadi. U mustaqil bilim olishga va o'zining o’quv faoliyatini rejalashtirishga, uning natijalariga erishish darajasini belgilashga qiziqtiriladi.
O’qituvchi tomonidan o'zi o'qitayotgan fanning har bir mavzusi, har bir dars mashg’uloti bo'yicha tuzilgan texnologik xarita unga o'z fani, predmetini yaxlit holda tasavvur etib yondoshishga, tushunishiga (bir semestr, bir o’quv yili bo'yicha), yaxlit o’quv jarayoninig boshlanishi, maqsadidan tortib, erishiladigan natijasini ko'ra olishiga yordam beradi. Ayniqsa, texnologik xaritani talabaning imkoniyati, ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuzilishi, uni shaxs sifatida ta'limning markaziga olib chiqishga imkon yaratadi. Bu esa o’qitishning samaradorligini oshirishga olib keladi.




  1. Download 87,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish