Taʼlim tizimidagi yangiliklar Hamma sohalarda boʻlganidek mamlakatimizda taʼlim tizimida ham izchil ravishda juda koʻp islohotlar boʻlyapti. Prezidentimiz Sh Mirziyoyev tomonidan bu sohaga juda katta eʼtibor berilyapti. Yaqinda xalq taʼlimi vaziri Sh. Shermatov ishdan ketib AKT vaziri lavozimiga oʻtkazildi va uning oʻrniga asli kasbi diplamat boʻlgan Baxtiyor Saidov vazir etib tayinlandi. 1) Yaqinda 7-dekabrda Prezidentimiz topshirigʻining ijrosi bilan Adliya vazirligi pedagog xodimning aniq maqomini belgilovchi qonun loyihasini ishlab chiqdi va uni muhokamalar partaliga ga joylashtirdi 2) Maktablarga katta inspektor lavozimi joriy etiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining "Taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori loyihasida maʼlum qilingan. Yana yaqinda "Xalq taʼlimi tizimida qanday oʻzgarishlar boʻlishini istar edingiz?" nomli soʻrovnoma oʻtkazildi. Juda koʻp tanqid qilinadigan soha bu xalq taʼlimi tizimidir. Bilamizki xalq taʼlimi tizimida muammolar koʻp. Lekin bu muammolarni yechish uchun faqat tanqid qilavermay har kim oʻz fikrini bildirishi kerak.
Ayni damda Xalq taʼlimi tizimini istiqbolli rivojlantirish boʻyicha kelgusi 5 yillik uchun Milliy dastur ishlab chiqilayotgan ekan. Bundan maqsad maktablarda oʻquvchi va oʻqituvchilar uchun yetarlicha sharoitlar yaratish tartib-intizomni taʼminlash va eng asosiysi taʼlim sifatini oshirishdir. Taʼlim sifatini oshirish uchun yaqinda Prezidentimizning Janubiy Koreyaga qilgan tashrifi davomida bu davlatning taʼlim tizimi yaqindan oʻrganilib Janubiy Koreya bilan taʼlim sohasida hamkorlik qilish haqida bir qancha hujjatlar imzolandi. Yaqin yillar ichida mamlakatimizda Janubiy Koreyaning taʼlim tizimidagi innovatsiyalar oʻzimizda tajriba sifatida qoʻllanilishi koʻzda tutilmoqda. Yangi tayinlangan xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov Respublika taʼlim markaziga tashrif buyurdi Baxtiyor Saidov: "taʼlimda har qanday islohot yaxshi lekin qishloq joyidagilar innovatsiyalardan qanchalik foydalana oladi" degan savolni oʻrtaga qoʻydi.
Endi bevosita oʻzimizning ish faoliyatimiz maxsus maktab-internatlar faoliyati to'grisidagi yangiliklar. Maktablarida inklyuziv taʼlimni tashkil etish tartibi belgilandi. "Alohida taʼlim extiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisidagi hukumat qarori (638-son 12.10.21-yil) qabul qilindi.
Bu qarorning ijrosi sifatida Respublikamizda umumiy oʻrta taʼlim maktablarda 42 ta inklyuziv taʼlimga yoʻnaltirilgan sinf va yettita korreksiyon sinflar 2021-2022 oʻquv yilida tashkil etildi va tajriba oʻzini samarasini koʻrsatdi. (Viloyatimizda Kogon tumanidagi maktabda tashkil qilingan) UNICEF tomonidan "Nogironligi bolgan bolalar uchun inklyuziyani taʼminlash" forumida xalqaro ekspertlar ushbu sohadagi ilgʻor tajriba bilan oʻrtoqlashishdi.
Ishtirokchilar Oʻzbekistonda BMTning nogironligi boʻlgan insonlar huquqlari haqidagi konvensiyasini bajarish uchun xalqaro standartlarni qoʻllash yoʻllarini muhokama qilishdi.
Alohida eʼtibor nogronligi boʻlgan insonlar oʻz salohiyatlarini toʻliq amalga oshirishlari uchun toʻsiqlarsiz muhit yaratish yoʻlida davlat organlari shuningdek fuqarolik jamiyati tashkilotlari oldida turgan birinchi navbatdagi vazifalar muhokama qilindi.
Jahondagi ayrim tajribalar maktablar haqida qiziqarli faktlar:
Rossiyada birinchi maktabni Pyotr 1 tashkil qilgan. unda faqat oʻgʻil bolalar oʻqigan.
Amerika oʻquvchilari birinchi sinfda dars boshlanishdan oldin vatanimga sodiqman deb qasamyod qilishadi.
Chexiyada eng yomon baho- "5", aʼlo baho-"1" ekan.
Narvegiyada oʻquvchilar 8-sinfgacha baholanmas ekan.
Hindistonda bolalar 4 yoshdan maktabga borishadi shuningdek Hindiston maktablari eng koʻp oʻquvchilarni bagʻriga olishi bilan mashhur. Ayrim maktablarda oʻquvchilar soni 28.000 taga yetadi.
Finlandiya maktablarida dars oʻtishda oʻqituvchiga yordamchi ham qatnashadi bu yerda har qanday ob-havoda ham oʻquvchilar tanaffusda sinfdan tashqariga chiqishga majbur.
Xitoy maktablarida dars boshlanishidan oldin oʻqituvchiyu oʻquvchi birgalikda badantarbiya qilishga majbur.
Kuba mamlakatlarida oʻquvchilar qishloq xoʻjalik ishlariga oʻrgatiladi.
Oʻquvchilarga forma kiydirish birinchi boʻlib Angliyada oʻylab topilgan.
Yaponiyada oʻquv yili sakura gullagan paytdan boshlanadi.