3-savol bayoni:
«Takt» so’zining lug’aviy ma’nosi «tegish nuqtasi», degan ma’noni bildiradi. Bu axloqiy tushuncha bo’lib, odamlar orasida o’zaro munosabatlarni yo’lga qo’yishga yordam beradi. Pedagogik nazokat (takt) umumiy nazokat tushunchasidan farq qilgan holda, faqatgina o’qituvchining shaxsiy xususiyatlarini ko’rsatib qolmasdan, (hurmat, bolalarni sevish, xushmuomalalik) o’quvchiga to’g’ri yondoshish yo’lini tanlashda, ya’ni bu tarbiyalanuvchi bolalarga amaliy ta’sir ko’rsatadigan vositadir.
Demak,pedagogik nazokat bu- o’qituvchining o’quvchilarga maqsadga muvofiq ta’sir ko’rsatishi, mohirona, samarali muloqot o’rnatish me’yoridir. Pedagogik nazokat o’quvchilar bilan muloqotda haddan oshib ketishga (chegaradan chiqib ketishga) yo’l qo’ymaydi. Tarbiyaviy vositalardan foydalanishda albatta me’yor qoidasiga rioya qilish kerak bo’ladi.Xuddi tibbiyotda dorini retsept bo’yicha tegishli mikdorda qabul qilish kerakligi kabi, o’qituvchi so’zi ham me’yorida bo’lishi kerak. Me’yoridan ortiqchalik teskari natijalarga olib keladi. Haddan tashqari talabchanlik- quloq solmaslikka, ko’ngilchanlik – qo’pollikka olib kelishi mumkin.
Dars jarayonida pedagogik takt.
O’qituvchi va o’quvchilar orasidagi kelishmovchiliklarni tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, bo’larning asosiy sabablaridan biri – ularni tashqi ko’rinishiga, aqliga, qobiliyatlariga qo’pol holda tanbeh berishda ko’rinadi.
Pedagogik faoliyatda quydagilarga amal qilinsa ma’qul bo’ladi:
O’quvchilarga samarali ta’sir ko’rsatish uchun o’qituvchi o’z shaxsini to’g’ri baholay olishi kerak.
O’qituvchi va o’quvchi orasidagi munosabatlar, o’zaro hurmat, o’quvchi va pedagog aloqasini mustahkamlash asosida qurilmog’i kerak.
Pedagogga o’z mavqeini mustahkamlash uchun sharoit yaratish ham kerak bo’ladi, ya’ni o’quvchi shaxsining kuchli tomonlarini, qiziqishlarini, ishbilarmonligi, bilimdonligi, dunyoqarashi kengligi va h.k larni burttirmasdan ko’rsata bilish kerak.
Bolalardagi ozgina yutuq, oldinga siljishni payqagan holda maqtash kerak bo’ladi. Bir o’quvchini maqtagan holda, tenbeh beriladigan bo’lsa alohida aytish lozim.
Ish jarayonida ko’zda tutilgan siljish amalga oshmayotgan taqdirda ham o’quvchilardan shikoyat qilavermaslik kerak.
O’quvchilar bilan bo’lgan muloqotda shuni esda tutmoq lozimki, hamkasablarining obruyini qadrlash kerak bo’ladi.
O’quvchi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish manbaining asosi pedagog-dir. Ijtimoiy-psixologik nazariyani o’rganib chiqish va pedagogik muloqot tajribasiga asoslangan pedagogik ta’sir ko’rsatishning ikki yo’li qabul qilingan:
Ishontirish.
Pedagogik ta’sirchanlik.
Bu ikkala yo’l bir maqsadga qaratilgan, lekin ular o’z xususiyatlariga egadir. O’sib kelayotgan bola shaxsi ijtimoiy muhit va tabiat bilan bevosita o’zaro munosabatda bo’ladi. Ular munosabatining natijasi esa ishontirishdir. Ishontirish negizida bilimlar tizimi, dunyoqarash, ko’nikma va malakalar yotadi. Ishontirish-pedagogik ta’sir ko’rsatish natijasi ekanligini ko’rib chiqqan holda uni ikki turga bo’lish mumkin:
Haqiqiy ishontirish.
Yolg’on ishontirish.
Haqiqiy ishontirish- borliq va voqelikka mos kelgan, bola shaxsini zamon talabiga javob beruvchi komil etib shakllantiradi.
Yolgon ishontirish esa bola shaxsidagi salbiy xatti-harakatlarini tahlil qilishda o’z ifodasini topadi.
Pedagogik jarayonda ta’sirchanlik o’qituvchi uchun eng zarur sifatlardan biridir. Pedagogik ta’sirchanlik o’quvchi shaxsiga mos munosabatda bo’lish orqali yo’lga qo’yiladi. Pedagogik ta’sir etishda ibrat namunaning, rag’batlantirish va jazolashning, o’z-o’ziga talabchanlikning va boshqa ta’sir ko’rsatish yo’llaridan unumli foydalanishning ahamiyati katta. A.S. Makarenko «mening asosiy usullarimdan biri, bola shaxsini hurmat qilish va talabchan bo’lishlikdan iborat edi»,- deb yozgan edi. Yoshlarga ta’sir etishda kattalarning shaxsiy namunalari alohida ahamiyatga ega. O’qituvchi o’zida yo’q fazilatlarni o’quvchida tarkib toptira olmaydi. Ayniqsa xulq-atvordagi o’qituvchining ibrat-namuna bo’lishi, pedagogik ta’sirchanlikning asosiy shartlaridan biridir. Yoshlarga ishoch bildirish orqali ta’sir etiladi. Pedagogik ta’sir etishda rag’batlantirish va jazolashning roli katta bo’lib, undan ustalik bilan foydalanishni, o’z vaqtida ob’ektiv qo’llanishni takozo etadi. Rag’batlantirish, jazolash usullari bolaning holatiga to’la mos kelganda foydali bo’ladi.
Ta’sirchanlik quyidagi turlarga bo’linadi:
A. Boshqa inson tamonidan
B. O’z-o’ziga ta’sir etish.
V. Maqsadli va maqsadsiz.
G. Ijobiy va salbiy.
D. Ochiq va yashirin.
E. Gipnoz ostida, oddiy holatda.
T a’sir etish usullari: ochiq, to’g’ri, buyruq, bevosita, ishora, hukm qilish, ma’qullash.
Do'stlaringiz bilan baham: |