AKMEOLOGIK YONDASHUV ASOSIDA O’QITUVCHINING INNOVATSION FAOLIYATINI MODELLASHTIRISH. REJA: 1.Akmeologiya tushunchasi. 2. Pedagogik akmeologiya va uning konseptual o'ziga xosliklari. 3. O’qituvchilarning innovatsion faoliyatini modellashtirish. Akmeologiya tushunchasi Akmeologiya (akme) - yunoncha oliy nuqta, o`tkir, gullagan, etuk, eng yaxshi davr degan ma`nolarni bildiradi. "Akmeologiya" atamasining ikkinchi qismi qadimgi yunoncha "logos" ga qaytadi, bu "ma'no", "aql", "bilim”, "o'rganish", "tadqiqot" degan ma'noni anglatadi. Shunday qilib, tom ma'noda, akmeologiya - bu cho'qqilar haqidagi bilim, inson taraqqiyotining eng yuqori darajasini o'rganadigan fan. Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko`rsatiladi: Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko`rsatiladi: - iste`dod nishonalari;
- o`quvlilik;
- qobiliyat;
- iste`dod;
- oila tarbiyasi sharoiti;
- o`quv yurti;
- o`z xatti-harakati.
Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Akmeologiya ilmiy nuqtai nazardan professionalizm va ijod munosabatida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: * ijodiy individuallik; * o`zining o`sish va takomillashish jarayoni; * o`z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi. Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o`qituvchining kasbiy mahorati cho`qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. Innovatsion faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o`qituvchining kasbiy mahorati cho`qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini beradi. O`qituvchi innovatsion faoliyatining eng muhim tavsifi kreativlikdir. Kreativlik termini angliya-amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo`ldi. U individning yangi tushuncha yaratishi va yangi ko`nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o`qituvchi shaxsidir. Innovatsion faoliyatda eng muhim masalalardan biri-o`qituvchi shaxsidir. O`qituvchi-novator sermahsul ijodiy shaxs bo`lishi, kreativlikni, keng qamrovli qiziqish va mashg`ullikni, ichki dunyosi boy, pedagogik yan giliklarga o`ch bo`lishi lozim. O`qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlash ikki yo`nalishda amalga oshirilishi lozim: - yangilikni idrok qilishga innovatsion shaylikni shakllantirish;
- yangicha harakat qila olishga o`rgatish.
Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: Pedagog-kadrlarning innovatsion faoliyatga texnologik tayyorligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - 1) o‘z faoliyat natijalarini tanqidiy baholay olish qobiliyati;
- 2) o‘z kasbiy kompetentlik darajasini oshirish;
- 3) yangi axborotni ijobiy idrok etish qobiliyatiga egalik;
- 4) tashkiliy madaniyat va psixologik muhitning innovatsion faoliyatga yo‘nalganligi.
O`qituvchining innovatsion faoliyati o`z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. O`qituvchining innovatsion faoliyati o`z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va kontseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi. Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi. V.A.Slastenin tadqiqotlarida o`qituvchining innovatsion faoliyatga bo`lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli: V.A.Slastenin tadqiqotlarida o`qituvchining innovatsion faoliyatga bo`lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli: - shaxsning ijodiy-motivatsion yo`nalganligi.
- Kreativlik.
- kasbiy faoliyatni baholash.
- o`qituvchining individual qobiliyati.
O`qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog`liq. O`qituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog`liq. Unga o`qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg`araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o`qituvchi o`z bilim va ilmiy faoliyatini ta`minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo`ladi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |