Ta’lim sohasidagi qonun hujjatlarida ta’lim tizimini boshqarish



Download 177,86 Kb.
bet2/2
Sana27.06.2022
Hajmi177,86 Kb.
#708670
1   2
Bog'liq
3-mavzu dil

 
Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va boshqa direktiv hujjatlarning shubhasiz bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi.
Ta’limga tatbiqan bu tamoyilning roli juda katta, chunki tarmoqning xususiyati ijro intizomi darajasigagina emas, balki moliyaviy intizomga hamda vazirdan tortib o‘qituvchigacha bo‘lgan barcha xodimlarning ichki intizomiga oshirilgan talablar qo‘yilishini taqozo etadi.
Rag‘batlantirish tamoyili, eng avvalo, moddiy va ma’naviy rag‘batlardan foydalanish asosida mehnat faoliyatini motivatsiyalashni ko‘zda tutadi. Moddiy rag‘batlantirish xodimlarning mehnat natijalaridan shaxsiy iqtisodiy manfaatdorligiga, ma’naviy rag‘batlantirish esa - asosan xodimlarga psixologik ta’sir ko‘rsatishga tayanadi. Xodimlarning turli ma’naviy ehtiyojlari, ya’ni mansublik, taalluqlilik va muvaffaqiyatga bo‘lgan ehtiyojlari undovchi sabablar bo‘lishi mumkin. 
Iyerarxiklik (ko‘p pog‘onalilik) tamoyili boshqaruv mehnatining vertikal taqsimlanishini, ya’ni, boshqaruv darajalarining bo‘linishini hamda boshqaruv quyi darajalarining yuqori darajalarga bo‘ysunishini ko‘zda tutadi. Boshqaruvning tashkiliy tuzilmalarini shakllantirishda, boshqaruv apparatini tuzishda, kadrlarni joy-joyiga qo‘yishda ushbu prinsip hisobga olinadi.
Boshqaruv tizimi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan funksiyalarning barcha ta’lim muassasalari uchun bir xilda ro‘yxati mavjud emas. Masalan, bolalar bog‘chasi bilan ta’lim muassasasi birlashtirilgan ta’lim majmua-muassasasini boshqarish ta’lim muassasasi o‘z holicha faoliyat ko‘rsatadigan holatga nisbatan qo‘shimcha funksiyalarning bajarilishini taqozo qiladi. Ta’limni individuallashtirish, ta’lim jarayonining integratsiyalashuvini va variativligini ta’minlash vazifalari qo‘yiladigan ta’lim muassasasini boshqarish bunday vazifalar qo‘yilmaydigan ta’lim muassasasidagiga nisbatan keng ko‘lamdagi funksiyalarni bajarishni talab qiladi. Agar ta’lim muassasasi biron-bir tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa, bu unda tegishli boshqaruv funksiyalari amalga oshirilishi lozimligini anglatadi.
Boshqaruv vazifalari axborot bilan ishlash orqali amalga oshiriladi, shu bois boshqaruv jarayoni qator hollarda axborotni to‘plash, saqlash, ishlash va uzatish jarayoni sifatida belgilanadi. Ammo bunda asosiysi - aynan boshqaruvning o‘ziga xos mazmunini tashkil etuvchi narsa ochib berilmaydi. Televizon ko‘rsatuvlarni tayyorlash va translyatsiya qilishda ham axborot to‘planadi, saqlanadi, ishlanadi va uzatiladi, biroq bu boshqaruv jarayoni hisoblanmaydi.
Boshqa hollarda boshqaruv jarayoni qarorlarni ishlab chiqish jarayoni sifatida tushuniladi. Bu to‘g‘ri bo‘lsa-da, yetarli emas. Har bir inson o‘z hayotida ko‘plab qarorlar qabul qiladi, biroq bu boshqaruv qarorlari emas. Boshqaruv - bu shunchaki qarorlarni ishlab chiqish emas, balki ko‘plab odamlar birgalikda unumli ishlashi uchun zarur va yetarli bo‘lgan shart-sharoitni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rishdir.
Ta’lim muassasasini boshqarishda bitta emas, balki ko‘plab bosh­qaruv turkumlari amalga oshiriladi. Bu turkumlar iyerarxik tuzilmaga ega - xususiy turkumlar nisbatan umumiylari tarkibiga kiradi. Masalan, ta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonini boshqa­rishning umumiy turkumida boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni rejalashtirish, tashkil etish, unga rahbarlik va uni nazorat etish turkumlari ajratib ko‘rsatiladi. Bu turkumlar ham, o‘z navbatida, murakkab tuzilmaga ega. Masalan, boshlang‘ich ta’limni boshqarish turkumi ichida va ayrim sinflar, predmetlarni o‘rganishni rejalashtirish, tashkil etish, rahbarlik qilish, nazorat qilish turkum­lari ajratiladi.
Boshqaruv jarayonida, ayni paytda, turli boshqaruv turkumlari ishi amalga oshiriladi. Kimdir mashg‘ulotlar jadvaliga tuzatishlar kiritishi, kimdir o‘qituvchining ishini nazorat qilib borishi, yana kimdir pedagogika kengashining ish rejasini muhokama qilishi mumkin. Bu boshqaruv turkumlarini nafaqat bexabar kuzatuvchi uchun, balki aksariyat boshqaruv sub’yektlari uchun ham nooshkor holga keltiradi. Ammo boshqaruv faoliyatining yaxlitligi uchun javob beruvchi ta’lim muassasasi rahbari ushbu turkumlarni tuzib, ularning har birini kuzatib borishi kerak.
Boshqaruv samaradorligi deganda erishilgan va erishish mumkin bo‘lgan unumdorlik o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi xususiyatni tushunamiz.
Bunday ta’rifni faoliyat ko‘rsatishni boshqarishga nisbatan ham, rivojlanishni boshqarishga nisbatan ham ishlatsa bo‘ladi. Lekin bu holatlarning har birida turli natijalar va turli xarajatlar hisobga olinishi kerak. Ta’lim muassasasi o‘zi uchun ta’lim sifati iloji boricha yuqori darajada bo‘lishini ta’minlay oladi (bu yuqori samaradorlik hamda faoliyat yuritishni boshqarishdan dalolat berishi mumkin), ammo ayni paytda u yangiliklarni o‘zlashtirish va o‘zining salohiyatini kuchaytirish uchun obyektiv tarzda ta’limning mavjud imkoniyatlaridan foydalanmasligi mumkin. Bu ta’lim muassasasini rivojlantirishni boshqarish samaradorligi pastligidan dalolat beradi.
Download 177,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish