ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar katta rol o’ynaydi); menejment mazmunida o’z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o’zaro dialektik birligi;
ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o’tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o’qituvchilar, o’quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.
Ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunining (1997 yil) 3-moddasida belgilangan ta’lim sohasida davlat siyosatining asosiy tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida O’zbekistonda ta’lim sohasini boshqarish respublika tasarrufidagi yuqori hukumat va uning boshqarish organlari hamda mahalliy hukumat va uning boshqarish organlari tomonidan amalga oshirilishi ko’rsatilgan.
Xalq ta’limi Vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi O’zbekiston Respublikasida ta’limni boshqarishning davlat yuqori organlari hisoblanadi. Vazirliklar o’zini vakolatlik doirasida:
ta’lim sohasida yagona davlat siyosatini ro’yobga chiqaradi; ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslub masalalarida ularga rahbarlik qiladi;
davlat ta’lim standartlari, mutaxassislarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligiga bo’lgan talablarning bajarilishini ta’minlaydi;
o’qitishning ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o’quv jarayoniga joriy etadi, o’quv va o’quv-usulbiy adabiyotlarni yaratadi va nashr etishni tashkil qiladi;
ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi va davlat ta’lim muassasalarida eksternat to’g’risidagi nizomlarini tasdiqlaydi;
davlat oliy ta’lim muassasasining rektorini tayinlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
pedagog xodimlarni tayyorlash, ularning malasini oshirish va qayta tayyorlashni tashkil etadi.
Xalq ta’limi Vazirligining mahalliy organlari quyidagilar sanaladi:
Xalq ta’limi bo’limlari, shuningdek, mahalliy hokimlik organlari tasarrufiga kiradi va unga bo’ysunadi.
Qoraqalpoq respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyati ikki yuqori organ nazorati ostida tashkil etiladi:
Yuqorida qayd etilgan organlar maktab faoliyati yuzasidan davlat nazoratini olib boradi va uning rivojini ta’minlash uchun ko’maklashadi. Ularning vakolatiga maktab direktorlari va ularning o’rinbosarlarini tayinlash ham ikradi.
Maktabni boshqarish ishiga maktab inspektsiyasi, ya’ni, vazirliklar va xalq ta’limi bo’limlarining maktab inspektorlari xizmati yordam beradi. Ular maktab faoliyatini o’rganadi, ta’lim-tarbiya jarayonining natijalarini tahlil qiladi, ilg’or tajribalarini aniqlaydi va ularni ommalashtirish chora-tadbirlarini belgilaydi, kamchiliklarni anihlab, ularni bartaraf etish yo’llarini izlaydi, maktab direktori va o’qituvchilarga metodik va moddiy yordam ko’rsatadi.
Ta’lim tizimini jamoatchilik asosida boshqarish o’qituvchilar, o’quvchilar, ota-onalar va jamoatchilik vakillaridan iborat pedagogik Kengashning umumiy o’rta ta’lim muassasasi faoliyatini samarali tashkil etishga yo’naltirilgan faoliyatidir.
Bir yilda bir marta o’tkaziladigan maktab konferentsiyasi ham jamoatchilik boshqaruviga kiradi. Konferentsiyada maktab Kengashi, uning raisi saylanadi, maktabning Ustavi qabul qilinadi.
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |