TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA ELEKTRON O‘QUV ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH
REJA:
Jamiyat va ijtimoiy tizim tushunchalari.
Elektron o‘quv adabiyotlar.
Hozirgi kun jamiyatining ko’rinishlari va turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Jamiyat – kishilar hayotiy faoliyatining tarixiy rivojlanish shakli bo’lib, o’z tuzilishi jihatidan murakkab tizimni tashkil qiladi. Jamiyatni sotsial tizimning muayyan konkret shakli sifatida, uning funksional va rivojlanish qonuniyatini, har bir bo’lakchalarning o’ziga xos tomonlarini, o’zaro munosabatlarini ilmiy jihatdan o’rganib, to’g’ri boshqarish muhim ahamiyatga ega.
Chunki, o’z vaqtida keyingi oqibati o’ylanmagan, oldindan sotsiologik asosda tahlil qilinmagan va oldi olinmagan nuqsonlar jamiyat taraqqiyotida salbiy asoratlar qoldiradi.
Sotsiologiya tarixida jamiyat – o’z ijtimoiy ehtiyojlarini qondiruvchi kishilar birligi sifatida tushunilgan. Shu bilan birga, jamiyat ayrim ijtimoiy birlikgina emas, balki ijtimoiy munosabatlar majmuasi hamdir.
Sotsiologiya jamiyat to’g’risidagi ta’limot bo’lib, ijtimoiy tizimlar rivojlanishi va funksional qonunyatlar, harakatlantiruvchi kuchlarni o’rganuvchi fan hamdir. U turli ijtimoiy hodisalar, jamiyat va tabiat o’rtasidagi aloqadorlikni, shuningdek, shaxs, kishilarning ijtimoiy xulqi, uning elementlari va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.
Hozirgacha jamiyat hayotini sotsiologik jihatdan tadqiq qilish asosan, ikki yo’nalishda rivojlanib keldi. Birinchi yo’nalish O.Kontdan fransuz sotsiologi E.Dyurkgeym orqali rivojlantirilgan, amerikalik sotsiolog T.Parsonslarning sotsiologik ta’limotlarini o’z ichiga oladi. Bu yo’nalishda ijtimoiy tizim o’zgarishi tashqi kuchlar ta’siri orqali tushuntirilib, ko’proq psixologik omillarga e’tibor berilgan.
Ikkinchi yo’nalish: marksistik sotsiologik ta’limot bo’lib, unda ijtimoiy tizim ichki ziddiyatlar asosida ichki kuch ta’siri orqali tushuntirilib, materialistik mohiyatga ega bo’lgan moddiy munosabatlarning belgilovchi roliga asosiy e’tibor qaratilgan.
Har ikki ta’limot ham jamiyat hayotida muhim belgilarni o’zida mujassamlashtirib keldi.
Sotsiologik amaliyot funksional o’zgarishlarsiz, evolyusiyasiz, revolyusiya tushunchasi bilan, funksional munosabatlar tahlilisiz ijtimoiy tizimlar rivojlanishini faqat ziddiyat va konfliktlar orqali asoslashga urinuvchi bu ta’limot jamiyat hayotini bir tomonlama o’rganishga olib kelganligini davr ko’rsatmoqda.
Burjua sotsiologiyasi nomi bilan atalgan g’arb sotsiologik ta’limotida ham o’ziga xos ijobiy jihatlar bilan bir qatorda, ijtimoiy tizimlar rivojlanishining ichki ziddiyatli xususiyatlarini hisobga olmaslik ham jamiyatni bir tomonlama tushuntirishni bildiradi.
«Jamiyat hayotining industrlashuvi ob’ektiv ravishda, qaysi ijtimoiy tizimlar bo’lishidan qat’i nazar, ijtimoiy ierarxiyaning bir xil (yagona) tipiga olib boradi» degan amerika sotsiologlarining fikri tarixiy rivojlanish amaliyotida tasdiqlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |