Ta‘limda bilimlarni puxta va mustahkam o’zlashtirish qoidasi.
Ta‘limning puxta o’zlashtirish qoidasi o’quvchi-talabalar tomonidan tizimli va ongli o’zlashtirilgan ilmiy bilimlarni mustahkam, esda saqlab qolish hamda olgan bilimlarni o’z turmush faoliyatlarida qullay olish malakalari bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Shunday ekan, puxta o’zlashtirishning xarakterli belgisi ta‘limni mustahkam esda saqlab qolishdir. Avvalo, bu qoida o’quvchilarning xotira faoliyatini, ya‘ni o’quv materiallarini esda qoldirish, esda saqlash va qayta esga tushirish kabi xotira jarayoni faoliyatiga bog’liqdir. O’quv materiallarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan mavzu mazmunini tizimli va ongli o’zlashtirilishiga bog’liq.
Shunday qilib, bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishda puxta va mustakamligiga hamma o’qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, va izchillik, nazariya bilan amaliyotning bog’liqligi, ko’rsatmalilik kabi qoidalarni amalga oshirish bilan erishiladi. Puxta o’zlashtirishning muvaffaqiyati ko’p jihatdan takrorlash va mashq qildirishga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |