tutishida, qiyinchiliklarni yenga olishda, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan
shug’ullanishdan o’zini tiya olishda, unda o’qishga ishtiyoq tarkib toptirishda
50
Ta’lim jarayonida o’qish motivlari «nima uchun?», «nimaga?», «qanday maqsad bilan?»
kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o’quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan,
maqsadga erishish uchun zarur yo’l va usullar tanlashga yordam beradi. O’quv faoliyatida o’quv
motivlar o’quvchilar tomonidan tanlanib, ular o’quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan
bevosita bog’liq bo’ladi. yosh davrlarida turlicha bo’ladi.
O’quv faoliyati motivasiyasining manbalari mavjud bo’lib, ularga quyidagilar
kiradi.
Ichki manbalar. Ular insoniy
tug’ma yoki orttirilgan ehtiyojlari
bilan belgilanadi. Ulardan eng
muhimi tug’ma informasiyaga
bo’lgan ehtiyojdir. Orttirilgan
ehtiyojlar esa gnostik va ijtimoiy
ijobiy ehtiyojlar hisoblanadi.
Tashqi manbalar.
Ular shaxsning
ijtimoiy hayot
shart – sharoitlari
bilan belgilanadi.
Shaxsiy manbalar: bu shaxsning
qadiryatlari sistemasi ustanovkalari
g’oyalaridir. Bu manbalar har bir
shaxs faoliyatida u yoki bu darajada
mavjud. Ularning barchasi
faoliyatning ketishiga ta’sir etib
ta’lim jarayoning motivasiyasini
tashkil etadi.
Talabalar ularning birinchisi bo’lib, jamiyatning shaxsdan talab qiladigan doimiy hulq -atvor
bildiradi. Bog’cha, maktab, oila boladan juda ko’p ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Ijtimoiy kutish har birimizdan ma’lum bilimlar, ko’nikmalar darajasini bo’lishi, zarurligini
jamiyat kutishini bildiradi. Masalan bir yoshli bola yurishi kerak, 7 yoshdan u o’qishi kerak, 15
yoshdan u kasb tanlashi kerak deb hisoblaymiz. Imkoniyatlar–shaxs faoliyatini belgilovchi ob’ektiv
shart– sharoitdir. Masalan, bolaning undan boy kutubxona uni kitob o’qishga undaydi.
V.A. Krutetskiy o’spirinlarda uchraydigan motivlarning qo’yidagilarni alohida ifodalaydi:
a) Biror o’quv faniga qiziqish; b) Vatanga foyda keltirish istagi;
v) Shaxsiy qobilyatni ro’kach qilish; g) Oilaviy an’analarga rioya qilish;
d) Do’st–birodarlarga ergashish; ye) Moddiy ta’minlash va hokozalar.
Bilimlarni o’zlashtirish jarayoni va uning psixologik komponentlari
Ta’lim jarayonining natijasi o’zlashtirish, ichki va tashqi faoliyatni maqsadga muvofiq
ravishda o’zlashtirishdir. Ta’lim bir odamning boshqasiga bilim va ko’nikmalar berishidir. Bilim,
ko’nikma va malakalar ta’lim jarayoning natijasidir.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, turli individual tipologik xususiyatlarga ega o’quvchilar uchun
ta’limning yagona qulay, optimal sharoitlarini yaratish mumkin emas. Ammo o’zlashtirishning
samaradorligini oshirishda muammoli ta’lim, noan’anaviy ta’lim usullarini qo’llash muhim
ahamiyatga ega.
Ta’lim jarayonida o’zlashtirishning muvaffaqiyati quyidagilarga bog’liq:
Ta’lim
mazmuni
O’quv rejalari,
dasturlari, darsliklar va
o’quv qo’llanmalar
ning mavjudligiga
Ta’lim metodikalarini
takomillashganligi
O’qituvchi
mahoratiga
O’quvchining
individual
psixologik
xususiyatlari
Motivasiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik
jarayoni bo’lib, unga tashabbus, yo’nalganlik tashkilotchilik, qo’llab - quvvatlash
kiradi.
51
Ta`lim oluvchilarning
ta`lim faoliyatiga ko`ra
ta`limnning quyidagicha
metodlari ajratiladi.
Ta’limning noa’nanaviy usullari. Mustaqil tafakkurni rivojlantirish
1.Tushuntiruv ko’rsatmalilik metodi - bu metod reproduktiv metod bo’lib, unda faoliyat o’qituvchi
tomonidan olib boriladi. O’quvchilar ta’lim jarayonida bilim oladilar, tanishadilar. Bu metod juda
keng tarqalgan
metodlardan biri
bo’lib uni takomillashtirilgan usullari mavjud, bu-
programmalashtirilgan ta’limdir.
2.Reproduktiv metodda o’quvchi faoliyati ko’rsatib, unda o’quvchiga berilayotgan bilimni qayta
xotirada tiklab, olingan bilmni nusxa sifatida qabul qiladi.
3.Muammoli ta’lim metodi -o’qituvchi tomonidan tashkil etilib, u produktiv xarakterga egadir.
Ushbu metod orqali o’quvchi bilim va malakalarini shakllantiradi. Ushbu metodning takomillashtirish
yo’llaridan biri ishchan o’yinlarni tashkil etishdan iboratdir.
4.Qisman izlanish metodi –O’qituvchi nazorati ostida tashkil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u
produktiv xarakterga ega, bunda o’quvchi ijod qiladi.
5.Tadqiqot metodi –O’qituvchi ilm yoradamisiz tashkil etiladigan ta’lim metodi bo’lib, u
o’quvchining mustaqil izlanishi, fikrlashi va bilmlar transformasiyasini talab etadi.
Ta’lim jarayoni tashkil etishning o’ziga xos metodlaridan biri ishchan o’yinlardir. Ishchan o’yinlar
munosabatlar sistemasini modellashtirish, faoliyat xarakteristikasini tashkil etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: