Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezidagi turli yosh davrlari psixik
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda
psixologik xususiyatlarini o’rganadi.
Yoshning ulg’ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi
qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo’lining turli
bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-yosh davrlari psixologiyasi
fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta’lim va tarbiya jarayonining
psixologik mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganishdir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti maktabda bilim, ko’nikma va
malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo’ladigan
individual tafovutlarni, o’quvchilarda faol, mustaqilva ijodiy tafakkurni tarkib
toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |