Ta'lim muassasasida ma'naviy tarbiyaviy va axloqiy ishlarni ilmiy-metodik asosda tashkil etilishi



Download 27,58 Kb.
Sana21.06.2022
Hajmi27,58 Kb.
#688038
Bog'liq
JyXmPXaKljwXSfNOEh9vvLU5mjebmElfnviDT7kf


Mavzu :
TA'LIM MUASSASASIDA MA'NAVIY – TARBIYAVIY VA AXLOQIY ISHLARNI ILMIY-METODIK ASOSDA TASHKIL ETILISHI”

Darsimizning rejasi :


1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «YOSHLARNI MA'NAVIY-AXLOQIY VA JISMONIY BARKAMOL ETIB TARBIYALASH, ULARGA TA'LIM-TARBIYA BERISH TIZIMINI SIFAT JIHATIDAN YANGI BOSQICHGA KO‘TARISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA»gi 05.09.2018-yilda qabul qilingan PF- 3907 qarorining mazmun – mohiyati

2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi 26.03.2021-yilda qabul qilingan PF-5040 sonli qarorining mazmun – mohiyati


Kun shiori :


«Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi»
Sh.M.Mirziyoyev

Darsning maqsadi : O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3907-sonli va 2021-yil 26- martdagi “MA'NAVIY-MA'RIFIY IShLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ 5040-sonli qarorlari bilan tanishtirish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3907-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qarorga muvofiq quyidagi islohatlar amalga oshirildi :
Mamlakatimizda barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan, maktabgacha ta'limning zamonaviy tizimi, 11 yillik umumiy o‘rta ta'lim joriy qilindi, zamonaviy oliy ta'lim muassasalari hamda nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etildi va tashkil etilmoqda. Oliy ta'limning bakavriyat va magistratura yo‘nalishlariga qabul kvotalari oshirildi.
Yoshlarning bandligini ta'minlash va ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangi tizim asosida tashkil etish va amalga oshirish maqsadida «Yoshlar — kelajagimiz» Davlat dasturi qabul qilindi.
Yoshlar bilan doimiy muloqot qilish mazkur sohadagi dolzarb muammolarni aniqlash va hal etishda davlat organlari va jamoat tashkilotlari faoliyatining ajralmas qismiga aylanib bormoqda.
Bugungi kunda yosh avlodni tarbiyalash borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, ta'lim-tarbiya sifatini mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchilik kasbining nufuzini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Yoshlarni ma'naviy axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora tadbirlar dasturi tasdiqlandi:
-yuksak ma'naviyatli, qat'iy hayotiy pozisiya, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan fidoyi va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash;
-yoshlarni yot g‘oyalar ta'siridan himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash;
-pedagog xodimlarning qadr-qimmati va nufuzini oshirish, ularning moddiy-ma'naviy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish;
-yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlar sodir etilishining oldini olish;
-yoshlar jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish;
-o‘quvchi-yoshlarni ijtimoiy muhofaza qilish, ijtimoiy ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga ijtimoiy – iqtisodiy, moddiy yordam berish, kasbga yo‘naltirish, tadbirkorlik malakasini rivojlantirish o‘quv markazlari, kredit olish va ish bilan ta'minlash maqsadida “Ayollar daftari”, “Temir daftar” lar shakllantirildi.
2.(3). Umumiy o‘rta ta'lim muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
a) 2018 yil 1 sentyabrdan:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun 1,1 baravarga; yuqori sinf o‘qituvchilari uchun o‘rtacha 1,24 baravargacha;
direktor, uning o‘rinbosarlari va axborot-resurs markazi (kutubxona)
mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.
b) 2019 yil 1 yanvardan:
oliy toifali o‘qituvchilar uchun 1,25 baravarga; birinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,2 baravarga; ikkinchi toifali o‘qituvchilar uchun 1,15 baravarga; mutaxassis o‘qituvchilar uchun 1,1 baravarga;
direktor, uning o‘rinbosarlari, axborot-resurs markazi (kutubxona)
mudirlari va kutubxonachilari uchun 1,1 baravarga oshirildi.
3.(4). Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida, ulardagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2018 yil 1 sentyabrdan boshlab psixolog shtat birligi
250 nafargacha — 1 shtat birligida;
250 nafardan 800 nafargacha — 1,5 shtat birligida;
800 nafardan 1600 nafargacha — 2 shtat birligida; 1600 nafardan 3000 nafargacha — 2,5 shtat birligida; 3000 nafar va undan ortiq — 3 shtat birligida.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim muassasalarida oliy ma'lumotli psixologlar uchun bazaviy tarif stavkalar 2018 yil 1 sentyabrdan ushbu muassasa mutaxassis o‘qituvchilar bazaviy tarif stavkalarining 90 foiziga tenglashtirildi, 2019 yil 1 yanvardan esa 1,1 baravarga oshirildi.
4.(5). Umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilish qat'iyan man etildi. Bu borada shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, 2018 yilning oktyabr' oyidan Xalq ta'limi vazirligi hamda "KUNDALIK" kompaniyasi maktabda elektron jurnal va kundaliklarni joriy etish bo‘yicha loyihasi tizimga joriy etildi.
Bu nafaqat elektron kundalik va jurnal, balki o‘quv jarayonining barcha ishtirokchilari: o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar, maktab rahbarlari va nazoratchi idoralari uchun yaratilgan raqamli ta'lim platformasidir. U onlayn rejimda darslar jadvalini tuzish, har bir dars uchun rejalar tuzish, davomat va o‘zlashtirish, hisob-kitobini yuritish, avtomatik ravishda hisobotlarni shakllantirishga imkon beradi. O‘quvchi va ota-onalar Kundalikda baholar va uy vazifalarini ko‘rishlari, xavfsiz tarmoqda muloqot qilishlari va qo‘shimcha ta'lim resurslaridan foydalanishlari mumkin.
5.(7). O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibi joriy etildi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma'naviy-ma'rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Xususan, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma'naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Mavjud muammolarni hal etish, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarasi va ta'sirchanligini oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida:
Quyidagilar ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
-ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish;
-oila, ta'lim tashkilotlari va mahallalarda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash;
-targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas'uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san'atning barcha turlari, noshirlik-matbaa mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma'naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm, aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
2. Quyidagilar Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining (keyingi o‘rinlarda — Markaz) qo‘shimcha vazifalari etib belgilanishi ma'lumot uchun qabul qilinsin:
a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:
mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma'naviy tahdidlarning mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta'sirini o‘rganib borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta'sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
ma'naviy-ma'rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta'sirchan targ‘ibot texnologiyalari hamda usullarini ishlab chiqish;
ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish, shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash;
maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta'lim tizimi, mahalla va boshqa tuzilmalar kesimida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish, aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;
ma'naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlash bo‘yicha ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
Ushbu qarorga ko‘ra 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha umumta'lim muassasalarida yoshlar yetakchisi lavozimi 1 ta shtat birligi hisobida saqlanib qolindi.
Ta'lim tashkilotlarida madaniy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha har bir umumta'lim muassasasida joriy etilgan ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimini moliyalashtirish uchun 2021 yil 1 apreldan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 0,5 shtat birligi ajratildi hamda uning ish haqi miqdori umumta'lim muassasasi oliy ma'lumotli o‘qituvchisi uchun o‘rnatilgan bazaviy tarif stavkasi miqdorida belgilandi;
davlat oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallarida, talabalar sonidan qat'i nazar, yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) lavozimi joriy etildi.
. Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab oliy ta'lim tizimining tegishli ta'lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga bakalavriat bosqichida «Ma'naviyatshunoslik», magistratura bosqichida «Kasbiy ma'naviyat» fanlari kiritilishini hamda magistratura ta'lim bosqichida «PR-menejer» mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanishini yo‘lga qo‘yish belgilandi.

Nazorat savollari:


1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 avgustdagi «Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora tadbirlari to‘g‘risida» PQ-3907-sonli qarorini qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad nima ?
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26- martdagi “MA'NAVIY-MA'RIFIY IShLAR TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PQ 5040-sonli qaroridagi ustuvor vazifalar nimalardan iborat?
Download 27,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish