O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDA UMUMTA’LIM, UMUMKASBIY VA MAXSUS FANLARNING ISHCHI О’QUV DASTURLARINI ISHLAB CHIQISH BО‘YICHA
YО‘RIQNOMA
TOSHKENT–2021
O‘ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIYVAO‘RTAMAXSUSTA’LIMVAZIRLIGI
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OShIRISH INSTITUTI
PROFESSIONAL TA’LIM MUASSASALARIDAUMUMTA’LIM, UMUMKASBIY VA MAXSUSFANLARNING ISHCHI O‘QUVDASTURLARINIISHLABCHIQISHBO‘YICHA YO‘RIQNOMA
Toshkent–2021
Yo‘riqnoma Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ilmiy-pedagogik Kengashning 2021-yil 7-avgustdagi 7-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan.
Tuzuvchilar:
O.Sarmanov
Oliy va o’rta maxsus talim vazirligi Ta’limi standartlari va malaka talablarni ishlab chiqishni tashqil etish bo’limi yetakchi mutaxassisi
Sh.Sharofaddinov
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining direktor o‘rinbosari
E.Ergashev
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bo‘lim boshlig‘i
H.Ustaboboyeva
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi
Taqrizchilar:
MUNDARIJA
Kirish 4
Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqishda foydalaniladigan atamalar. Glossariy 5
Umumiy qoidalar 7
Ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi 8
O‘quv fan (modul)lari ishchi o‘quv dasturi bosqichlari va ishlab chiqishga
qo‘yiladigan talab 9
Ishchi dasturining tarkibi 9
Asosiy qism 11
Yakuniy qoidalar 14
Ishchi dasturni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar 14
Kirish
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil
6 sentabrdagi “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5812-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 avgustda “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466- sonli qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentabrda “Professional ta’lim muassasalari uchun o‘qitish materiallari to‘plamlarini yaratishni tashqil etish to‘g‘risida”gi 465-son buyrug‘iga muvofiq ishlab chiqildi.
Mazkur yo‘riqnomaning asosiy maqsadi professional ta’lim muassasalarida fan(modul)larning ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda pedagoglarga metodik tavsiya berish.
Professional ta’lim tizimidagi o‘quv fan (modul)larning ishchi o‘quv dasturlarni va malaka talablari yangi modeli va mazmunini kompetensiyaviy yondoshuvlar asosida ishlab chiqish, takomillashtirish professional ta’lim darajasi (boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus)ning o‘qitish materiallarini va didaktik materiallarni yaratishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quv fan(modul) va o‘quv amaliyotining ishchi o‘quv dasturi tegishli mutaxassislik tayyorlash uchun asosiy hujjat hisoblanadi. Shuningdek, ishchi o‘quv dasturi fan(modul) dasturining o‘qitish natijasi belgilangan aniq ketma-ketlik asosida va umumiy, kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga mo‘ljallangan. Mazkur yo‘riqnomada ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bosqichlariga qo‘yiladigan talablar belgilab qo‘yilgan.