Ta’lim muassasalarida 9-may — Xotira va qadrlash kunini nishonlash yuzasidan tavsiya



Download 39,5 Kb.
Sana22.10.2019
Hajmi39,5 Kb.
#24062
Bog'liq
xotira

Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!

Ta’lim muassasalarida 9-may — Xotira va qadrlash kunini nishonlash yuzasidan tavsiya

O‘tganlarni yod etish, jasorat va xayrli ishlarini yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatish xalqimizga xos xislatdir. Har yili 9-may sanasida nishonlanadigan Xotira va qadrlash kuni yurtdoshlarimiz hayotida muhim ahamiyat kasb etib, barcha maskanlarda ajdodlarimiz yodga olinadi va keksalarga alohida izzat-ikrom ko‘rsatiladi. 

Prezidentimizning 2015-yil 18-fevraldagi «Keksalarni e’zozlash yili» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalar asosida mamlakatimizda yoshi ulug‘ insonlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy shart-sharoit yaratilmoqda. Fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga va Vatanimizni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan urush va mehnat faxriylari manzilli ijtimoiy himoya qilinib, qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Xotira va qadrlash kunini munosib o‘tkazish maqsadida tashkiliy qo‘mita a’zolari maxsus chora-tadbirlar rejasini tuzishadi. Sanaga bag‘ishlab o‘tkaziladigan tadbirlarda quyidagilarga e’tibor qaratish lozim:

— «Xotira haftaligi» (4–9- may) kunlarida o‘quvchilarga xotira, qadr-qimmat tushun­chalarining mazmun-mohiya­tini keng tushuntirish;

— faxriy pedagoglar, urush qatnashchilari va mahalladagi keksalar holidan xabar olish;

— tadbir o‘tkaziladigan joylar, qabriston­larda hashar uyushtirish,

— urush va mehnat faxriylari ishtirokida «Ezgu ishlar mangu barhayot», «Kattalar jasorati — yoshlar e’zozida», «Mardlik va jasorat tarannumi», «Asr bilan yuzma-yuz» kabi mavzularda uchrashuv va davra suhbatlari o‘tkazish;

— uchrashuvlarda Prezi­denti­mizning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q», «Vatan sajda­goh kabi muqaddasdir», «Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz», «Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak», «O‘zbekiston musta­qillikka erishish ostonasida» kabi asarlari haqida o‘quv­chilarga tushuncha berish;

— ta’lim muassasalaridagi «G‘amxo‘rlik guruhlari» hamda mahalla faollari hamkorligida «Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin!» shiori ostida aksiya tashkil etish;

— maktabga harbiy xodim­larni taklif etib, uchrashuv o‘tkazish;

— Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti mehnat faxriylari hamda Vatan oldidagi muqaddas burchini o‘tash chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘l­ganlar nomi va suratlari joylashtirilgan maxsus xotira kitobini tuzish;

— umumta’lim maktab­larida «Xotira va qadrlash


kuni — tarixiy xotiraning tiklanishi, inson qadr-qimmatiga e’tibor» mavzusida tarbiyaviy soat mashg‘ulotlari hamda «Mardlik va jasorat» darslarini tashkil etish.

Ta’lim muassasalarida


(5—9-sinflar uchun) «Mardlik va jasorat» mavzusidagi tarbiyaviy soat mashg‘u­lotlari O‘zbekiston Res­publikasi Davlat madhiya­sini ijro etish bilan bosh­lanadi.

O‘qituvchi: — Inson — hayot gultoji. Uning qadri baland. Keksalarni ardoqlash, ularning hurmatini joyiga qo‘yish azaliy qad­riyatdir. Qani, kim bobo yoki buvisi haqida gapirib beradi?

O‘quvchilar birin-ketin javob bergandan so‘ng «Mahallangizdagi urush va mehnat faxriylaridan kimlarni bilasiz?», «Ularga qanday yordam ko‘rsatgansiz?» degan savollar o‘rtaga tash­lanadi. Shundan keyin ularga bilet tarqatiladi. Guruhlarga bo‘lingan o‘quvchilar savol­larga javob izlaydi.



Birinchi guruh savoli: — Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakatimiz aholisining qanchasi frontga ketgan va qanchasi halok bo‘lgan?

Javob: — Urush paytida 6,5 millionga yaqin o‘zbek xalqining 1,5 milliondan ziyod farzandi frontga ketgan. Unda 500 mingga yaqin yurt­doshimiz halok bo‘lgan, minglab norg‘ul yigitlar bedarak yo‘qolgan. Ko‘p­chiligi mayib-majruh bo‘lib qaytgan.

Ikkinchi guruh savoli: — Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan o‘zbekistonlik jang­chilar xotirasi uchun yurti­mizda barpo etilgan qanday yodgorlik majmualarini bila­siz?

Javob: — Prezidentimiz tashabbusi bilan 1999-yili poytaxtimizda Xotira maydoni barpo etildi. Unda «Motam­saro ona» haykali (haykal­tarosh Ilhom Jabborov), xiyobonning shimoli-janubiy tomonida barpo etilgan ayvonga urushda halok bo‘lgan o‘zbekistonlik barcha jangchilarning ism-familiyasi bitilgan 35 jilddan iborat “Xotira” kitobi o‘rnatildi.

2000-yil 12-mayda Yunu­sobod tumani Bo‘zsuv kanali sohilidagi «Alvastiko‘prik» deb nom olgan jarlik o‘rnida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi bunyod etildi. Keyinchalik bu yerda muzey va jamg‘arma tashkil qilindi.

2010-yil 12-yanvarda Toshkent shahridagi Qurolli Kuchlar muzeyi oldida «Jasorat bog‘i» barpo etildi.

Uchinchi guruh savoli: — Urush va mehnat faxriylarini qo‘llab-quvvatlashga qanday e’tibor qaratilmoqda?

Javob: — Prezidentimiz­ning 2014-yil 13-oktabrdagi «1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2015- yil 19-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi» esdalik yubiley medali bilan mukofotlash to‘g‘risida»gi farmonlari hamda 2011-yil
30-maydagi «2011—2015- yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni ijtimoiy himoya qilishni yanada kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori asosida urush va mehnat faxriylariga davlat miqyosida g‘amxo‘rlik qilinmoqda.

O‘qituvchi dars yakunida barcha guruh a’zolarining bilimini baholaydi.



Respublika ta’lim
markazi

Download 39,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish