J.A.Axunov assistent
Farg’ona politexnika istituti
+998975030509
QO’QON KO‘CHASIDA HARAKATLANAYOTGAN 255-BOLALAR BOG‘CHASI BOLALARINING TEZLIGINI TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’lim muassasalari joylashgan ko’chalarda piyodalar harakat xavfsizligini ta’monlash maqsadida bolalarning harakat tezligi o’rganilgan.
Kalit so’zlar: Tezlik, piyoda, zichlik, xavfli yo‘l bo‘lagi, jamlangan zichlik.
Mutaqillik yillarida O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 70 dan ortiq asosiy xalqaro hujjatlarga qo‘shildi va BMT tomonidan bu sohada qabul qilingan oltita asosiy xalqaro shartnoma qatnashchisi hisoblanadi.
Istiqlolning dastlabki davrida, ya’ni 1992 yil 9 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan xalqaro-huquqiy hujjatlardan ya’na biri – Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bo‘lib, davlat ushbu Konvensiyada e’tirof etilgan huquqlarni amalga oshirish uchun barcha chora-tadbirlarni izchillik bilan qo‘llayapdi[1]. Bunga misol vatanimizda 2010 yilni «Barkamol avlod yili» deb e’lon qilinishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining«Barkamol avlod yili» Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori e’lon qilindi. Qarorga asosan, «Sog‘lom ona – sog‘lam bola» dasturini izchil amalga oshirish yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatimizda shuday ishlar olib borilayotgan bir payitda bolalar bilan bog‘liq YTH lari sonini kamaytirish uchun qilingan ishlar muhum ishlardan biri hisoblanadi. Shu asnoda 255-bolalar bog‘chasiga keluvchi bolalarning tiransport qatnov qismidan o‘tishdagi tezligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borildi.
Transport vositalarining va oqimining harakat tezligi «A-H-Y-P-M» ko‘pdan bog‘liq bo‘lib, tezlikni tanlash ikkita mezon orqali amalga oshiriladi:
1) eng kam vaqt sarflash;
2) harakat xavfsizligini ta’minlash[2].
Piyodalarning harakat tezligi ham yuqorida keltirilgan ikkita mezon orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, piyodalar tezligining o‘zgarishiga yo‘l sharoiti, atrof muhit holati va transport vositalarining harakatlanish holatlari katta ta’sir ko‘rsatadi.
Qo’qon ko‘chasida olib borilgan tadqiqotlar tahlili quyidagi grafikda keltirildi:
1-rasm. Bolalar harakat oqimi tezligining taqsimot egriligi.
Taqsimot egriligi yordamida ko‘p qaytariladigan tezlik-modal tezlik aniqlangan bo‘lib, 1-rasmdan ko‘rinib turibdiki ushbu ko‘chaning transport qatnov qismini kesib o‘tuvchi bolalarning modal tezligi 6 km/soatga teng.
2-rasm. Bolalar harakat oqimi tezligining jamlangan egriligi.
Jamlangan egrilikdan aniqlanadigan tezliklarni quydagicha tahlil qilish mumkin. Bunda 15% tezlik harakatni tashkil qilishda eng past tezlik sifatida qabul qilingan bo‘lib, bizda bu ko‘rsatkich 3,5 km/soatga teng. 50% ta’minlanganlikdagi tezlik qiymati oqimdagi hamma bolalarning o‘rtacha qiymati ko‘rsatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 5,2 km/soatni tashkil etadi. 85% ta’minlanganlikdagi tezlikka asosan yo‘l belgilarini o‘rnatish va belgi chiziqlarini chizish ishlari bajariladi. 95% ta’minlanganlikdagi tezlik hisobiy tezlikka teng deb qabul qilinadi va bu qiymatga ko‘ra yo‘l elementlarini hisoblashda qo‘llaniladi.
Xulosa.
Agarda bamaylixotir yurib o‘tayotgan kishi o‘zini 1,5 m masofada to‘xtata olsa, yugurib o‘tayotgan kishi, yugurish sur’atiga qarab o‘zini 5-10 m gacha masofada to‘xtatadi[3].
Kuzatuvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki Qo’qon ko‘chasining transport qatnov qismini kesib utuvchi bolalarning aksariyat qimi qatnov qismidan yugurib kesib o‘tar ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
АННОТАЦИЯ
Таълим муассасалари жойлашган кўчаларда болаларнинг ҳаракат миқдорини ўзгаришини ўрганиш орқали мактаб минтақасидаги кўчалардан ҳарактланувчи транспорт ҳаракат оқимига болаларнинг қайндай даражада салбий таъсир кўрсатиши аниқланди ва бу ҳолатга керакли чора тадбирлар ишлаб чиқилди ва амалиётга жорий қилиш учун тавсия этилди.
АННОТАЦИЯ
ANNOTATION
Do'stlaringiz bilan baham: |