Katta yoshdagi ta’lim oluvchi
|
O‘quvchi bolalar, yoshlar
|
Avvalambor xususiy muammolarga intiladi.
|
Umumiy muammolarga intiladi.
|
O‘qitish o‘qiyotgan insonga, uning hayotiy ehtiyojlariga, uning bugungi amaliy faoliyatiga yo‘naltirilgan.
|
O‘qitish avvalgi avlodlar tajribasini o‘zlashtirishga, kitoblarga, ularning mazmuniga, avvalgi avlodlar o‘zlashtirib bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni yig‘ishga yo‘naltirilgan.
|
O‘quv dasturi o‘qitiluvchilarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.
|
O‘qitish avvaldan aniqlangan dastur asosida tashkil qilinadi.
|
O‘zining shaxsiy tajribasi asosida o‘qiydi, uni yangi axborotlar bilan solishtiradi va shuning hisobiga o‘z tajribasini boyitadi.
|
Boshqalarning tajribasini o‘zlashtirish hisobiga tajribasi ortadi.
|
Unga amalda qo‘llash uchun zarur bo‘lgan narsalarni o‘zlashtiradi.
|
Mashg‘ulotlarda eshitgan, o‘qigan narsalarini o‘zlashtiradi.
|
Asosiy diqqat o‘zining kasbiy malakasini, o‘zining fuqarolik burchini va statusini oshirishga, mehnat sharoitlari va ijtimoiy faoliyatni yaxshilashga, o‘zining qiziqishlarini (o‘zining bolalarini tarbiyasi sifatida, sportga, tabiatga, texnikaga, bog‘dorchilikka va b.sh.q.) qondirishga, bo‘sh vaqtini yanada to‘liqroq tashkil qilishga qaratiladi.
|
Asosiy diqqat o‘qishning muvaffaqiyatliligiga, baholarga, sinovlar vva imtihonlarni topshirishga tayyorligiga qaratiladi.
|
Voqelik, o‘zining hozirgi hayoti va yaqin kelajagi bilan bog‘liq narsalarni alohida qiziqish bilan o‘rganadi.
|
Maktabdagi bilimlar o‘tmishga tayanadi va odatda ularni ishlatadigan payda ular ma’lum darajada eskiradi, buni anglash esa o‘qishga bo‘lgan qiziqishni pasaytiradi.
|
Alohida diqqat va chuqurlashtirilgan tadqiqotlar o‘quv materialining tinglovchini qiziqtirgan sohalariga qaratiladi, bu sohalarda u unga taqdim etilayotgan o‘quv materiali doirasidan tashqarida o‘z tadqiqotlarini kengaytirishi mumkin.
|
Diqqat dastur va o‘qituvchi belgilagan bilim sohalari bilan chegaralangan.
|
O‘qituvchilar katta odam uchun yangi axborotlar sohasida maslahatchi va gid bo‘lib xizmat qiladi, u dalda beradi, xushmuomalalik bilan tuzatishlar kiritadi, mustaqil o‘zlashtirish uchun axborotlarning yangi manbalarini ko‘rsatib beradi va taklif qiladi.
|
O‘qituvchining o‘zi yangi axborotlarning manbai bo‘lib xizmat qiladi, u axborotlarni tarqatadi va ularni egallashni boshqaradi.
|
O‘qituvchi tinglovchilar tomonidan talab qilingan va o‘zlashtirila olinadigan axborotlarni beradi, bu hajmni o‘qitilayotganlarning imkoniyatlari va ehtiyojlari bilan solishtiradi.
|
O‘qituvchi avvaldan aniqlangan dasturiy bilimlar hajmini beradi.
|
Eng yuqori nufuzli bo‘lib o‘zining tajribasi hisoblanadi, ana shu orqali o‘qituvchilar va kitoblar, yangi axborotlar baholanadi.
|
O‘qitishda o‘qituvchi va kitoblar isbotlanmaydigan nufuzga ega.
|
Baholarga keng e’tibor qilmaydi, ular ikkinchi darajali rol o‘ynaydi, asosiy diqqat o‘qishning foydaliligiga qaratilgan.
|
Baholarga yo‘naltirilgan, asosiy diqqat yaxshi baholarga erishishga qaratilgan.
|
O‘quv dasturi o‘quv jarayonida ob’ektiv (masalan, tashqaridan yangi axborotning kelishi) va sub’ektiv (tinglovchilarning ehtiyojlari, qiziqishlari, imkoniyatlarining o‘zgarishi) sabablarga bog‘liq ravishda qisqarishi, kengayishi, o‘zgarishi mumkin.
|
O‘quv dasturi o‘qitish jarayonida o‘zgarmaydi.
|
O‘quv dasturi tinglovchilarning ehtiyojlari, ta’lim muassasasining imkoniyatlari va ushbu yo‘nalishning ijtimoiy- iqtisodiy vazifalarini birgalikda hisobga olgan holda tanlanadi.
|
O‘quv dasturi ta’limni boshqarish organi tomonidan tasdiqlab beriladi va shu doirada o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
|
Olingan bilimlarni o‘z faoliyatida o‘sha zaxoti qo‘llash maqsadida o‘qiydi.
|
O‘qish davomida yig‘ilgan bilimlarni kelajakda qo‘llash ko‘zda tutiladi.
|
O‘qish samaradorligi va o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish uning vertikal oqimi (o‘qituvchidan ta’lim oluvchiga) bilan gorizontal oqimini (boshqa o‘quvchilar bilan munozarada keng tarzda fikr almashish) birgalikda hisobga olinganda oshadi.
|
O‘quv axborotlarining asosiy oqimi vertikal yo‘nalishda kechadi.
|
Teskari aloqa mashg‘ulotlarda o‘quv faolligining rivojlanishi orqali amalga oshadi.
|
Teskari aloqa kuzatuvchi (so‘rov, baholash) yoki bosqichli (sinov, imtihon) nazorat yo‘li bilan amalga oshiriladi.
|
O‘qitishdagi o‘quv faolligi ijtimoiy- o‘zgartiruvchi tomonga rivojlanadi.
|
O‘quv faolligi ta’limning yagona maqsadi bo‘lib xizmat qiladi.
|