Ta’lim menejmenti o’ q u V – uslubiymajmu a



Download 2,31 Mb.
bet121/160
Sana22.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#574267
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160
Bog'liq
2 5384125690360632943 (1)

Psixologiya – pedagogika lug‘atida uzluksiz ta’lim shaxsning ijodiy imkoniyatlarini olg‘a rivojlantirishi va uning xar tomonlama rivojlanishi, shuningdek ma’naviy dunyosining boyishini ta’minlovchi butun umr va bosqichma – bosqich davom etuvchi jarayon sifatida keltirilgan.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi ushbu tushunchaga to‘liq konseptual ma’no bergan. “Uzluksiz ta’lim Uzbekiston Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnik va madaniy extiyojlarini qondiruvchi ustivor soha sifatida kadrlar tayyorlash tizimining asosi xisoblanadi”. Shuningdek, “Uzluksiz ta’lim ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsning shakllanishiga va raqobatbardosh yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda oldinga intilish uchun barcha shart – sharoitlarni yaratib beradi”.
Ta’lim tizimida uzluksizlikni ijtimoiy va kasbiy – shaxsiy rivojlanish vositasi sifatida uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amalga oshirishning umumiy tamoyillarini shakllantirishga imkon yaratuvchi muayyan bir vazifani bajarilishi tushuniladi:

  1. Maqsadga yo‘naltirilganlik, u asosan uslubiy xususiyatga ega bo‘lsada insonning tabiiy rivojlanishini differensialash va uning rivojlanishi bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyati uchun zarur bo‘lgan, uzluksiz ta’lim mazmuni asosini tashkil etuvchi uzluksiz ta’lim tizimi chegaralarini asoslashga xizmat qiladi.

  2. Ta’limga individual yondashuv xar bir insonning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, nafaqat alohida yondashuv va ta’lim uslublari, balki ta’lim mazmunining individualligini talab etadi.

  3. Uzluksiz alohida shaxsga nisbatan qo‘llaniladi va unga individual ta’lim traektoriyasini tanlash imkoniyatini berilishini ko‘zda tutadi.

  4. Uzluksiz ta’lim konsepsiyasini amaliy amalga oshirishning tizimiyligi uzluksiz ta’lim tizimini yaratish, tashkiliy tamoyillar va uni tuzilishida tizimiy yondashuv asosini anglatadi.

Malaka oshirish uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi sifatida ko‘rib chiqilayotganda, uzluksiz ta’lim muammolaribo‘yicha birinchi nazariy usullar XX asrning birinchi yarmida ingliz tadqiqotchilarining ilmiy ishlarida paydo bo‘lganligini yoddan chiqarmaslik lozim. Mazkur muammoga bag‘ishlangan birinchi ilmiy ishlarda, asosan nazariy va amaliy masalalarda deyarli kam ishlab chiqilgan katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish xaqida so‘z yuritilgan. Avvalo, uzluksiz ta’lim katta yoshdagi insonlarga bazaviy ta’lim berishdagi bo‘shliqlarni bartaraf etishga imkon yaratuvchi yoxud olingan kasbiy bilimlarning eskirishi bilan bog‘liq zaruriy ta’lim o‘rnini to‘ldiruvchi ta’lim sifatida ko‘rib chiqilgan.
Katta yoshdagi insonlarga nisbatan uzluksiz ta’lim deganda “xam umumiy va maxsus o‘quv muassasalarining istalgan turi, xam shaxsning o‘z – o‘zini rivojlantirish vositasi sifatida bilim va malakalarini takomillashtirish va unga ega bo‘lishdagi tizimlashtirilgan, maqsadga yo‘naltirilgan faoliyatni tushunmoq zarur”.
Uzluksiz ta’lim konsepsiyasi hayotining barcha bosqichlarida insonning rivojlanishini ko‘zda tutadi va fikrimizcha, birinchidan, hozirgi vaqtda yechimini talab etayotgan muammolar, yangi avlodning o‘sib yetilish davrigacha qoldirilishi mumkin emasligin va shuning uchun bugungi hayot uchun to‘liq javobgar bo‘lgan kattalar bilimliligini oshirish bo‘yicha chora – tadbirlar qabul qilish zaruriyati bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Ikkinchidan, zamonaviy mavjud dalillar shundan iboratki, inson maktabda va keyinchalik oliy o‘quv yurtida olgan bilim malaka va ko‘nikmalari, uning butun umri davomida yetarli bo‘lmaydi. Va nihoyat uchinchidan, o‘zining kasbiy va umummadaniy bilimlilik darajasini yangilash va kengaytirishga intilayotgan yoshi katta insonlarning doimiy ravishda rivojlanib borish namunasi – bu o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun katta tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan omil hisoblanadi. O‘quv tarbiya jarayonida taqlid qilish, yuqtirish, ishontirish mexanizmlari yaxshi ishlaydi.
P.Langran katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish muhimligini ifodalagan holda shunday fikr bildiradi: “Agar ta’limni bir butunlikda va uning yangilanish xususiyati tomonidan ko‘rib chiqilsa, ta’lim kelajagi kattalarni o‘qitishga bog‘liqligini anglaymiz”.
BMT xujjatlarida katta yoshdagi insonlarga ta’lim berishning konseptual holatlari keltirilgan: “Katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish jamiyatning bir bo‘lagi xisoblangan katta yoshdagi insonlar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimlarini boyitish, texnik va kasbiy malakalarini takomillashtirish yoki bo‘lmasa o‘z extiyojlari va o‘zlari yashayotgan jamiyat extiyojlarini qondirish uchun yangi yo‘nalishlarda qo‘llashlari uchun ta’limning rasmiy yoki boshqa jarayonlarni o‘z ichiga olgan majmuasini mujassamlashtirgan. Katta yoshdagi insonlarga ta’lim berish nazariyasi va amaliyotiga asoslangan yondashuvlar qabul qilingan ta’limning ko‘p shaklli madaniy jamimyatda mavjud bo‘lgan xam mantiqiy, xam uzluksiz ta’lim, nomantiqiy ta’lim va norasmiy va ikkilamchi ta’limning barcha spektrini qamrab olgan”.
XX asrning ikkinchi yarmida nazariy va amaliy g‘oyalarni umumlashtiruvchi yangi gumanitar soha – uzluksiz ta’lim jarayoni sifatida katta yoshdagi insonlarga ta’lim berishning nazariy va amaliy muammolari yechimini ochib beruvchi androgogika ilmiy – amaliy yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Ushbu yo‘nalishga asos solgan M.Sh.Nouls katta yoshdagi insonlarni o‘qitishning asosiy vazifalarini quyidagicha ifodalab berdi:

  1. Ta’lim olayotgan (o‘qitilayotgan emas) katta yoshdagi inson ta’lim jarayonida yetakchi rol o‘ynaydi;

  2. Katta yoshdagi inson shakllangan shaxs sifatida o‘z oldiga aniq ta’limiy maqsad qo‘ygan holda mustaqillikka, o‘z – o‘zini rivojlantirishga, o‘z – o‘zini boshqarishga intiladi;

  3. Katta yoshdagi inson ta’lim jarayonida foydalanishi mumkin bo‘lgan kasbiy va xayotiy tajriba, bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi;

  4. Katta yoshdagi inson olgan bilim va ko‘nikmalarini darhol amaliyotda qo‘llash imkoniyatlarini izlaydi;

  5. Ta’lim jarayoni ahamiyatli darajada vaqt, makon, maishiy, kasbiy, ijtimoiy omillarga bog‘liq bo‘lib u yoki buni chegaralab qo‘yadi yoki uni rivojlantirishga imkon yaratadi;

  6. Ta’lim jarayoni ta’lim oluvchi va ta’lim beruvchining barcha bosqichda hamkorlikdagi faoliyati ko‘rinishida tashkil etiladi.

M.Sh.Nouls vazifalarni rivojlantirgan holda, katta yoshdagi insonlarga ta’lim berishning zamonaviy nazariyasi va amaliyoti quyidagi tamoyillarga asoslanadi deb hisoblaydi:

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish