Ta’lim mazmuni. Reja Ilmiy texnik jarayon va ta’lim mazmuni



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#499148
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
talim mazmuni (2)

 O’quv fan dasturi 
- har bir alohida fan uchun o’quv dasturi tuziladi. Dastur 
o’quv rejasiga asoslanadi. Fanning maqsadidan, o’quv rejasi bo’yicha ajratilgan soat 
va bilim hajmi uning tizimi mavjud jamiyatning g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini o’zida 
aks ettiradigan davlat hujjatidir. O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, 


ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi 
bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning 
o‘rganilish darajasini yorituvchi me’yoriy hujjat. 
O’quv dasturida bir sinfda alohida fanlar bo’yicha o’quvchilarga beriladigan 
ilmiy bilim, ko’nikma va malakalarning hajmi belgilab beriladi. Dasturda fanning 
mazmuni, mavzu ketma-ketligi ikkinchi mavzu birinchini to’ldirishi, izchillik bilan 
yoritiladi va ma’lum mavzular orqali ko’rsatiladi. O’quv dasturida shu fan bo’yicha 
o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar kichik 
mavzularda ifodalanib, mavzu maqsadi qisqacha izohlanadi. 
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs 
bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, 
malaka va ko‘nikmalarni o‘quvchilar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish 
jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi. 
O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik
 
bo‘lishi mumkin. 
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim 
standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat 
bo‘ladi: 
-
Ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, o‘quvchilarning bilim va malakalariga 
asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish 
xati; 
-
O‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni; 
-
Kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy 
soatlari hajmi; 
-
Dunyoqarashni Shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati; 
-
Fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar; 
-
O‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati; 
-
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. 
Namunaviy o‘quv dasturlari Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlanadi, 
tavsiyanoma xususiyatiga ega bo‘ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik 
litsey pedagogik kengashi tomnidan ishchi o‘quv dasturlari ishlab chiqiladi va 
tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional 
komponenti ta’riflanadi, o‘quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta’minlash 
imkoniyati, o‘quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi. 
Mualliflik o‘quv dasturlari davlat standarti talablarini hisobga olgan holda 
o‘quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo‘lishi, u yoki bu nazariyalarni 
o‘rganishga mualliflik yondashuvi, o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan 
mualliflik nuqtai nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida 
pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo‘lishi kerak va ular 


mavjud bo‘lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining 
Pedagogik kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o‘quv dasturlari 
o‘quvchilarning erkin tanlovi bo‘yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil 
etishda keng foydalaniladi. 
O‘quv fani ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning yosh, idrok etish 
imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo‘yicha umumiy yoki 
mutaxassislik bilimlarini berish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni 
ta’minlovchi manbadir. 
O‘quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy 
belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta’limning tarixiy rivojlanishi 
davomida ishlab chiqiladi. 
Fanning maqsadi va vazifasidan kelib chiqqan holda boblarga bo’linadi. 
Boblar katta-katta mavzularga, katta mavzular esa kichik mavzularga bo’linib, shu 
mavzu yuzasidai o’quvchi qanaqa bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashgirishi 
lozim bo’lsa, uning mazmuni qisqacha ifodalanib beriladi. O’quv dasturining o’zini 
amal qilinishi kerak bo’lgan prinsiplari mavjud, 

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish