Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning psixologik asoslari. Pedagogik texnologiyalar tushunchasi va uning o’ziga xos jihatlari - Shaxsning boyligi, uning hayotga faol munosabati, boshqa kishilar bilan bo`ladigan aloqalarining turli-tumanligiga bogliq bo`ladi.
Shaxs tashqi turmush sharoitlari ta’sirida shakllanadi.
Shaxsning jarayonlari, holatlari va xususiyatlari o`zaro chambarchas bogliqdir.
Shaxsning psixologik tuzilishi –jarayonlar, holatlar va xususiyatlarning o’zaro chambarchas
bog’liyligini hamda aloqadorligi odamdan barcha sifatlarning bir butunligini ta’min etadi.
Shaxsning muloqot doirasi qanchalik keng bo’lsa , uni hayotining turli sohalari bilan aloqasi shunchalik turli tuman bo’ladi, shaxs ijtimoiy munosabatlar dunyosiga shunchalik chuqurroq kira oladi va uning ma’naviy dunyosi ham boy bo’la boradi.
Shaxs, siyosiy, g`oyaviy munosabatlar ta’sirida ham bo`ladi.
Jamiyat haqidagi g`oyalar tizimi shaxsning psixologiyasi,
uning dunyoqarashi, ijtimoiy ustnovkalarini shakllantiradi.
Insonning shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar Muomala texnikasi va strategiyasi Dastlabki bosqich –odamning o`z-o`zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo`lsa ham o`zini anglasa, demak, o`z-o`ziga ko`rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi. Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o`z-o`zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o`z-o`zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o`zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin.
Har qanday muloqot
rasmiy yoki norasmiy bo`ladi.
Odamlarning asl tabiatiga mos bo`lgani uchun ham norasmiy muloqot doimo odamlarning hayotida ko`proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. Lekin bunday muloqotga ham qobiliyat kerak, ya’ni uning qanchalik sergapligi, ochiq ko`ngilligi, suhbatlashish yo`llarini bilish, til topishish qobiliyati.
Norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning mazmuni o`sha suhbatdoshlarning fikr-uylari , niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari bilan belgilanadi. M: do`stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yo`lovchilar suhbati
Rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va xulq-atvoridan kelib chiqadi. Masalan, rahbarning o`z xodimlari bilan, professorning talaba bilan muloqoti.
Uchinchi bosqich avlodlar o`rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o`z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo`ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilgor vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim-tarbiya va kundalik muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |