Ta’lim jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishida, xususan, globallashuv va axborotlashtirish jarayonida juda muhim rol o’ynaydi. Talabalik davridagidayoq bo’lajak kadrlarning kompitentligini shakllantirish va rivojlantirish zamonaviy sivilizatsiya va axborotlashgan jamiyatining eng muhim vazifalariga aylanib bormoqda. Ushbu jarayonda informatika o’qituvchisining kasbiy tayyorgarlik va vakolatlar ko’rsatkichi axborotlashgan jamiyatni rivojlantirishning muhim omillari bo’lib xizmat qiladi. Shunday ekan, talabalarga global tarmoq rivojlanib borayotgan ayni vaqtda, ularning tarmoq texnologiyasiga oid kompitentligini shakllantirish va rivojlantirish muhim masala hisoblanadi.