Talablarni asta-sekinlik bilan oshirish (progressivlashtirish) prinsipi reja


Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari



Download 38,5 Kb.
bet2/2
Sana12.06.2022
Hajmi38,5 Kb.
#658849
1   2
Bog'liq
TALABLARNI ASTA-SEKINLIK BILAN OSHIRISH (PROGRESSIVLASHTIRISH) PRINSIPI

Topshiriqlarni qiyinlashtirish shartlari va nagruzka-larni oshirish shakllari.
Kuchiga yarashalilik, individuallashtirish va sistemali-lik prinsiplarida biz jismoniy tarbiya jarayonida talablarni oshirishning ayrim shartlari ustida to‘xtaldik. Talablarni oshirish yangi vazifalar va unga boliq bo‘lgan yuklamalarning shuullanuvchilar uchun kuchiga yarasha qilib tanlash, organizmga keragidan ortiq talab qo‘ymaslik, jinsi, yoshi xamda individ-ning boshqa xususiyatlariga mos kelsagina, ijobiy natijalarga olib kelishi mumkinligini tushunib oldik. Yana asosiy shartlaridan biri ketma-ketlilik (mashqlarning birini-biri-ga moslab ulash, o‘zaro boliqlik), mashulotlarning munta-zamliligi va nagruzkani dam olish bilan optimal navbatlash-tirish bilish xisoblanadi.
Shu o‘rinda puxtalilikning axamiyatini xam eotibordan chetda qoldirmasligimiz kerak. Bunda gap jismoniy sifatlarni rivojlantirish asosida yotuvchi egallangan malaka va ko‘nikma-larning puxtaligi va organizmning moslashuvi (adaptatsiyasi)ni puxtaligi ustida boradi. Nisbatan yangi, murakkab va oir mashqlarga o‘tish shakllangan malakalarning mustaxkamlanishi darajasi va nagruzkalarga moslashuvi orqali borishi lozim. Mustaxkamlanmagan malaka nagruzkaning kattaligidan tez buzilishi mumkin (shuningdek, interferensiya taosiridan xam). Chunki yangi mashqlarga o‘tish paytida xam shu xolga duch kelish mumkin. Bu, o‘z navbatida, yangi malakalarning shakllanishiga to‘siq bo‘ladi, sababi malakalar oyoqqa turish uchun yetarli darajadagi tayanchni topa olmaydilar. Shu bilan bir qatorda, nagruzka dinamikasi va morfofunksional o‘zgarishlar orasida xavfli muvofiqlik vujudga kelishi mumkin.
U yoki bu nagruzkaga organizm birdaniga yoki ozgina vaqt ichida (maolum daqiqalarda) moslashmaydi. Shuullanganlikning yangi, nisbatan yuqori darajasiga ko‘tarilishiga imkon beruvchi adaptatsiya davri uchun maolum vaqt o‘tib ulgurishi kerak. Turli funksional va strukturadagi o‘zgarishlar uchun, ko‘rsatib o‘til-gandek, bir xil vaqt (muddat) talab qilinmaydi.
M. Perish sxemasi bo‘yicha eng avvalo muskullar va bezlar tarkibida fizik-ximik o‘zgarishlar, shuningdek, nerv sistema-sining boshqarish funksiyasida xam maolum o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Nerv muskul tizimining aktiv xujayralarida funksio-nal va strukturaviy o‘zgarishlari uchun nisbatan uzoqroq (kamida bir xafta) vaqt eng ko‘pi esa, bir oy, tayanch bolov apparati xujayralaridagi o‘zgarishlarga moslanish uchun kerak bo‘ladi. Moslashuvning bu kabi muddatlari albatta nagruzkalarning xajmiga xam boliqdir.
Xulosa qilib aytganda, nagruzkalar dinamikasi turlicha shakllar tavsiya qiladi: asta sekin to‘ri chiziq bo‘ylab, poonasimon, to‘lqinsimon shaklda oshirilishi taolim jarayoni amaliyotiga kiritilgan.
To‘ri chiziq bo‘ylab oshirish o‘z ichiga nagruzkani xaftadan-xaftaga mutanosib ravishda, moslab asta-sekin oshi-rish, mashulotlar orasidagi interval axamiyatli darajada katta bo‘lmasligi eotiborga olinishga aytiladi.
Nagruzka dinamikasini poonama-poona oshirish qatora-siga o‘tkazilgan bir necha mashulotlarda nisbatan stabillashuv sodir bo‘lganidan so‘ng navbatdagi poonaga o‘tish tushuniladi. Navbatdagi poonaga “sakrash” paytida to‘ri chiziq bo‘ylab oshirishga nisbatan nagruzka dinamikasi aytarli keskin oshiriladi; lekin bunda organizmdagi nagruzkaga moslanish jarayonlarining borishini yengillashtiruvchi stabillashuv xola-ti nisbatan sezirarli ifodalanadi. Nagruzkaning ana shunday shakldagi dinamikasi nisbatan axamiyatli bo‘lgan darajadagi yuklamalarni o‘zlashtirish imkonini osonlashtiradi.
Yuklamani asta-sekin oshirishning to‘lqinsimon dinami-kasi shunday xarakterlanadiki, avvaliga aytarli past, birmuncha sekin, lekin bir tekisda asta-sekin berib borilayotgan nagruzkada birdaniga keskin ko‘tarish qilinadi va astasekin pasaytirilib eng oldingi, dastlabki boshlangan nagruzkaga qaytiladi. Chunki, funksional moslashuv orqada qolishi mumkin. Moslashuv belgilari kuzatilgach, nagruzka yanada katta “to‘lqin” bilan oshiriladi. Bunda astasekinlikni buzilmas-ligi muximdir. Shunday qilib nagruzka xajmi va intensiv-ligini eng katta to‘lqinga olib chiqib yuklama miqdorini oshirish mumkin.
Umuman, uzoq muddat (bir necha yillar) davom etgan mashulotlarda nagruzkaning dinamikasi xaqiqatdan xam to‘l-qinsimon yoki unga o‘xshash shaklga (formaga) kiradi.
Boshqa so‘z bilan aytganda, jismoniy tarbiya jarayonining nisbatan uzoq davom etmagan davrlarida, agar u qanchalar qisqa bo‘lsa, nagruzkaning to‘ri chiziq bo‘ylab va poonasimon tarzda oshirishning umumiy darajasi xajmi va intensivligi shuncha yuqori bo‘lishi mumkin.
Bu sodir bo‘ladigan qator tabiiy fiziologik jarayonlar sabablari bilan belgilanadi va ular moxiyat jixatidan yetakchi rolp o‘ynaydi: birinchidan, organizm fizioloik jarayonlari-ning tabiiy ritmini ifoda etuvchi xizmat xolatining davriy tebranishi va xayotning umumiy rejimi, faoliyati; ikkinchidan, moslashuv jarayonlarining qonuniyati; uchinchidan, nagruzka xajmi va intensivligini oshirishdagi qarama-qarshiliklardir.
Keyingi ikki xolatga aniqlik kiritamiz. Organizm shakli (formasi) va vazifasi (funksiyasi)ning stabilligi o‘ziga xos kuchga ega bo‘lib, turli organ va sistemalardagi moslashuv jarayoni bir vaqtning o‘zida bo‘lmay, qayta qurishga moslashish dinamikasi, nagruzka dinamikasidan “orqada” qolgandek bo‘ladi: avvaliga nagruzkalar oshiriladi, so‘ngra yangi oshirilgan talablar orqali kelib chiqarilgan moslashuv jarayoni yo‘lga qo‘yiladi. Agar mashulotdan mashulotga yoki belgilangan mashulotlarning bir seriyasidan boshqa seriyasiga nagruzka ortiraverilsa nagruzkaning umumiy xajmini yuqoriligiga ko‘ra, ertami-kechmi baribir organizmning imko-niyati va unga qo‘yilayotgan talablar orasida uzulish sodir bo‘ladi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun nagruzkani umumiy xajmi-ning to‘lqinsimon «ko‘tarish” va “pasaytirish”larni qo‘llab nisbatan kechroq moslashuvchi organizmdagi o‘xshash xolatni vujudga keltirishimiz lozim.
Yuklamaning xajmi va intensivligi, boshqachasiga, jismoniy ishning miqdoriy yiindisi va uning zo‘riqish bilan bajarilishi darajasi orasidagi ziddiyat birvarakayiga maolum chegaraga, qirraga egaligi bilan ifodalanadi.
Xajmning keyinchalik oshirilishi mashqning yoki mashu-lotning intensivligi, stabillashuv, so‘ngra uning pasayishi bilan boliq yoki uning aksi bo‘lishi mumkin: Zarur bo‘lgan darajada intensivlikni oshirish uchun qaysidir etap davomida stabillashtirish va nagruzka xajmini oshirmaslikka to‘ri keladi.
Biroq, jismoniy tarbiya jarayonida xajm xamda inten-sivlikni umumiy tendensiyasini oshirib borish bir oz ushlanishiga to‘ri keladi, bo‘lmasa, jismoniy sifatlarning doimiy va xar tomonlama rivojlanishini taominlab bo‘lmaydi. Bu qarama-qarshilik nagruzka dinamikasi yordami bilan xal qilinadi. Xar bir to‘lqin vaqti bilan bir-biriga tushmaydigan xajm dinamikasi va intensivlik dinamikasi ajralgandek bo‘ladi. Boshlanishida agar vaqtning katta bo‘laklari xususida gapirilganda (xafta yoki oy nazarda tutiladi) nagruzkalarning xajmi nisbatan ko‘paytirilishi sodir bo‘ladi; bunda inten-sivlikning tempi unchalik oshirilmaydi. So‘ngra maolum darajadagi stabillashuvdan so‘ng xajm qisqartirilib, inten-sivlik shu etap uchun eng yuqori darajada ko‘tariladi. “To‘lqinlarning xajm va intensivligi pasayishi” – yengillash-gan yakunlovchi daqiqa xisoblanadi. So‘ngi to‘lqinlar xuddi shu tuzilishda bo‘ladi. Lekin nagruzka o‘sishining umumiy tenden-siyasi yuqori darajada o‘tadi.
Bu tendensiya ko‘p yillik mashulotlar davomida saqla-nadi, maolum vaqt o‘tishi bilan u umumiy tendensiya bo‘la olmay qoladi (funksional, adaptatsiya imkoniyatlari kuchli pasayishi-ning kuchayishining xisobiga) va yillik mashulotlarning ayrim etaplari ramkasida qo‘llaniladi. Shunday qilib shu kungacha nagruzkaning umumiy dinamikasi ko‘p yillik aspekti “to‘lqinsimon” tarzda qo‘llanilishi amaliyotda ko‘proq kuzatil-moqda.
Nagruzalarning to‘lqinsimon oshirilishi - xaftalik, oylik, yillik fon asosida bo‘lib, unga xam to‘ri chiziqli, xam poonasimon shakldagi nagruzkalarning fonidan foydalanish jismoniy tarbiyaning turli etaplaridagi konkret vazifalarning xal qilinishi sharoiti bilan boliq. Nagruzkani to‘ri chiziq bo‘ylab oshirishda, umumiy darajasi nisbatan yuqori bo‘lmagan nagruzkalar va ayniqsa, asta-sekinlik bilan ishga tortishda qo‘llaniladi. Poonama-poona dinamika yuqoridagi-ning aksi, bajarilgan ishlar bazasida shuullanganlikning oshishini stimullashtirish vazifasi xal qiladi.
Jismoniy tarbiya prinsiplari xususida aytib o‘tilgan fikrlarni diqqat bilan taxlil qilsak, ularning mazmuni bir-biri bilan shunday tutashgan biri-biriga singib ketgan va xatto o‘zaro moslashib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Bunga ajablanmasa xam bo‘ladi, chunki ularning barchasi bir jarayonni ayrim ajratilgan tomonlari va qonuniyatlarini ifodalaydi, moxiyatiga ko‘ra ular aloxida, lekin shartli ravishda aloxida aspektdagi prinsiplardek ifodalanadi.
Onglilik va faollilik prinsipi jismoniy tarbiyaning boshqa barcha prinsiplarining amalga oshirilishi umumiy shartlari tarzida qabul qilinishi mumkin. Chunki, shuulla-nuvchilarning ishga ongli va aktiv munosabati o‘quv materialini kuchiga yarashaliligiga, egallangan bilim, malaka va ko‘nikmaning puxtaligi, avvalgilarining keyingilariga bolanishi va xokazolar bilan xarakterlanadi. Boshqa tomondan, shuullanuvchilarning aktiv faoliyati orqali belgilangan maqsadga olib borishi, ko‘rgazmalilik, kuchiga yarashalilik, individuallashtirish, sistemalilik, talablarni asta-sekinlik bilan oshirish prinsiplaridan kelib chiqsa, xaqiqatdan xam ongli deb qabul qilinadi.
Kuchga yarashalilik va individuallashtirish prinsipla-rini xisobga olmasak, mashulotlarning ketma-ketligi va nagruzkaning oshirishning ratsional yo‘llarini tanlay olmay-miz. O‘z navbatida, kuchiga yarashalilik chegarasini belgilash sistemalilik va talablarni oshirish prinsipi asosida amalga oshiriladi bundan kelib chiqadiki, ko‘rsatilgan prinsiplar-ning xech biri boshqalarini inkor qilish bilan to‘laligicha amaliyotga tadbiq qilinmaydi. Ularning o‘zaro birligi asosida xar birining taosir doirasi tarbiya jarayoniga kutilgan samarani berishi mumkin.
Download 38,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish