« Ranglarning to‘qtigi va issiqligini oshirib borish» shkalalari ularda yashil, sariq, to‘q sariq, qizil kabi ketma-ketlikda ranglar shkalaga tanlanadi. Bunda tog‘lar rangi yarqirab ko‘zga tashlanib turadi. tekislikniki esa ozroq xira ko‘rinadi, bu bilan balandlik pog‘onalari yaxshi farqlanadi va relyef nufuzliligi ta’miñlanadi. Bunday shkalalar ko‘plab gipsometrik kartalarni tuzishda ishlatilgan.
Batimetrik shkalalar - bu shkalalarning turlari unchalik ko‘p emas, ular sayoz joylarning och ko‘k rangidan chuqur joylarning to‘q ko’k rangi bo‘yicha jihozlanadi. Bir xil rangli shkalalar 5-6 ta, ko‘p ranglisi esa 16 tagacha pog‘onaga ega boklishi mumkin. Odatda Yer usti va dcngiz osti relyefi pog'onalari bitta shkalaga birlashtirilib, kartalarda keltiriladi. Gipsom etrik usulda tasvirlangan relyefni o ‘qish uchun karta legendasida berilgan chuqurlik va balandliklar shkalasidan foydalanish zarur. Bu shkala asosida kartadagi 2 nuqta orasining ko‘ndalang kesimini (profilini) chizib, relyefni yanada aniqroq va chuqurroq o‘rganish mumkin. Bunday ko‘ndalang prolil O‘zbekiston geografik atlasining (1999) Tabiiy geografik kartasida (8—9-betlar) 2 xil masshtabda (gorizontal masshtab 1:4 m in, vertikal masshtab 1:100 000) va 2 xil yo‘nalishda berilgan.
O’zbekiston SSR atlasi.
Atlas kartografik ma'lumotnoma sifatida keng kitobxonlar doirasi uchun mo'ljallangan. Umumiy geografik xaritalarda aholi punktlarining joylashuvi va soni, aloqa yo‘llari, gidrografiyasi, relyefi batafsil ko‘rsatilgan. Kartada relyef gorizontalllar usulida tasvirlanib, ular oralari gipsometrik usulda ranglar orqali jihozlangan. Relyefning xarakterli nuqtalari balandlik otmitkalarida tasvirlangan.
Ushbu xarita uchun, eng baland nuqtamiz 6000 dan baland, to’q qizil rangda tasvirlangan. O’zbekiston hududi uchun 1000 dan baland nuqtalar gorizontallari aniq ko’rsatiladi, chunkin undan baland joylarda paxta ekilmaydi.
Xaritada gorizontallar orasi ranglari to’qlashib ranglar issiqligi ishib borgan. Eng past nuqtamiz och yashil ranhdan boshlangan.100 va 200 metrlar orasidagi baland nuqtalar och sariq rangda tasvirlangan. 600 dan boshlab ranglar to’qlashib borgan. Xaritada tog’lar ranglari yaqqol ko’zga tashlanadi. Tekislik hududlar ( Navoiy, Qoraqolpoq) ranglari anvha och rangda berilgani uchun etibor kam talab qiladi. Xaritada balandlik pog’onalari yaxshi farqlanadi va relyef nufuzligi yaxshi tasvirlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |