Relyefning perspektiv usulda tasvirlanishi.
Shitrixlar usuli.Relyefni tasvirlashning perspektiv (uzoqdan manzarali tasvirlash) usulini XIX asr harbiy kartalarida qo'llash mumkin emasligi sezilib qoldi, chunki harbiylarga aniq kartalar zarur edi. Relyefning bunday tasvirlanishi piyoda qo'shinlarning, artelleriya va otliq askarlarning manyovrliligini ta'minlay olmay qoldi, bu esa relyefni shtrixlar bilan tasvirlash usuli paydo bo’lishiga asosiy sabab bo'ldi. Relyef shtrixlar bilan tasvirlanganda chiziqlarning ingichka va yo‘g‘onligiga qaraladi. Relyef qancha tik bo'lsa, qora chiziqlar shunchalik yo'gonlashtirilib ko'rsatiladi, bu yoritilganlikning o‘zgarganiigini bildiradi, ya’ni relyef elementlari qanchalik tik joylashgan bo‘Isa, shunchalik soya quyuq, nishabligi kamayib borgan sari soyalar shunchalik yoritilib beriladi.
Relyefni shtrixlar orqali tasvirlash sxemasi.
Soya nurlar plastikasi relyefni nufuzli tasvirlashda katta effekt beradi, bunda relyef shakllari soyalar bilan qoplanadi, masalan, otmivka usuli. Bu usulda joy tanlangan yoritish yo‘nalishi bo‘yicha och rang bilan bo‘yaladi. Eng ko’p effektni va hajmlilikni soya nurlar plastikasi beradi, unda bir tekisda yorug‘ joydan qorong‘isiga qarab rang o‘zgarib boradi. Qora yoki jigar rangli buyoq yorug‘lik tushmagan relyefning tik yonbag‘irlariga quyuq, tekis joyiga ochroq beriladi.
Balandlik otmetkalari — nuqtaning yoniga yozib qo‘yiladigan raqamlar bo‘lib, ular nuqtaning absolyut yoki nisbiy balandliklarini yoki chuqurligini bildiradi.
Relyefning soya nurlar orqali tasvirlanishi.
Gorizontallar usuli. Perspektiv, shtrixlar va bosliqa usullarda tasvirlangan relyefni o‘qish oson k o ‘rinsa-da, nisbiy balandliklarni to ‘g‘ri aniqlab bo’lmaydi. Shuning uchun XIX asr oxirlariga kelib gorizontallar usulidan foydalanila boshlandi (bu usul to‘g‘risida topografrya fanida topografik kartalar bo’limida ma’lumot berilgan).
Gorizontallar — bir xil balandlikli chiziqlardir. Ular dengiz tckis sathi yuzasiga qabul qilingan kesim halandligida relyef kesmalarini proyeksiyalashda qoldirgan iz kabi tasavvur etiladi. Gorizontallar hozirgi vaqtda topografik, umum geografik tabiiy va gipsomertik kartalarda relyefni tasvirlovchi asosíy usul hisoblanadi. Gorizontal vordamida kartaning hohlagan joyi balandligini aniqlash mumkin.
Gorizontallar yordamida joyning relycfining raqamli modelini tuzish va morfometrik ko‘rsatkichlarini olish mumkin. Relyefni tasvirlashda asosiy muammo gorizontallar oralig'ini tanlashdir. Topografik kartalarda maxsus qabul qilingan standartlardan foydalaniladi, u karta masshtabiga va tasvirlanayotgan hududga bog‘liq bo'lib quyidagi jadvalda ko'rsatilgan .
Relyef topografik, ibzor topografik mayda masshtabli umumgeografik kartalarda gipsomertik usulda tasvirlanadi. Lekin bular gipsometrik kartalarga kirmaydi. Gipsometrik karta deb, kartani asosini relyef tashkil qilib, gorizontallar orasi rang bilan tasvirlansa, xar bir qabul qilingan balandlik shkalasi rangda alohida ajratib turilsa va gidrografiya bilan bog’lik xolda tasvirlangan kartalarga aytiladi.
Gipsometrik kartalar geomorflogik kartalarni loyixalash ishlarida foydalaniladi. Gipsometrik usulda nashr qilingan kartalar asosida ba’zi bir injener geografik kartalar tuzilib, profil tuziladi.
Mayda masshtabli umumgeografik kartalarda gorizontallar oralig‘ini tanlash tasvirlanadigan hududlarga bogliqdir. Masalan, O‘rta Osiyoning relyefi har xil bo'lganligi uchun quyidagi shkalalar qabul qilingan: 0 m dan past joylar to‘q yashil rangda (asosan botiqlar tasvirlanadi), 0—100, metrgacha yashil rangda, 100-—00 metrgacha to‘qroq yashil rangda tasvirlanadi. 200-400 metrgacha och jigarrang, balandligi oshib borgan sari jigar rang quyuqlashib boraveradi (O ‘zbekiston hududi tasvirlanganda 1000-gorizontal albatta ko‘rsatiladi, chunki undan baland joylarda paxta ekilm aydi). Bunday usul gorizontallar oralig‘ini bo‘yab ko‘rsatish usuli deb yuritiladi. Bu usulda relyefni tasvirlash kartografiyada gipsometrik usul dcb ataladi. Bu usul izogipslarga (teng balandlik) asoslangan. Gipsometrik usulda tasvirlangan relyef 10-16-pog‘onalarda (shkalalarda) berilishi mumkin.
Rangli shkalaiarni ishlab chiqishning bir nechta prinsiplari mavjud:
—«Qancha baland bo’lsa shuncha qora» shkalalar — ularda tekislik balandligi oshgan sari ranglar ocb yashildan to‘q yashilga qarab o‘zgarib boradi; tog‘li hududlarda esa — och sariq-jigar rangdan to‘q jigar rangga qarab oshib boradi. Bunday shkalalar mantiqan to bg‘ri, chunki ular balandlik va qiyalik oshganini bildiradi, lekin uyg‘unligi kam va relyefning nafis (plastikali) tasvirlashi yetarli emas.
«Qancha baland bo^lsa shuncha yorug‘» shkalalar — ularda tekislik uchun tanlangan kul rangdan, baland tog’larning och sariq yoki deyarli oq rangiga qarab shkala tanlanadi. Bunday shkalalar juda ifodali, chunki tog‘lar quyosh balan yoritilgandck tuyuladi, bu esa relyef tasvirida nufuzilikni ta’minlaydi. Bu shkalalar Alp, Pomir, Tyan-Shan va boshqa tog'lar relyeflni tasvirlashda ishlatiladi. Noqu - laylik tomoni kartaning eng ko‘p yuklama joylashgan qismi — tekislik qorong‘ilashgani.
Do'stlaringiz bilan baham: |