Quruqlik toshbaqalari – Bizda O’rta Osiyo toshbaqasi va Galapagos orollarida yashaydigan fil toshbaqa, va boshqalar kiradi. Kosasi juda ham yaxshi rivojlangan, shuning uchun ham dushmani hujumidan qo’rqmasdan kun bo’yi ovqat izlab yura oladi. Deyarli dushmani yo’q. Shuning uchun ham ular uzoq yashaydi.
O’rta Osiyo toshbaqasi 20-25 yil, Kavkaz toshbaqasi 35-40 yil, Fil toshbaqasi 100 yil yashaydi (fil toshbaqasi oirligi 200 kg boradi).
Bundan tashqari yumshoq terili toshbaqalar ham uchraydi. Bular: Afrika Shimoliy Amerika va Janubiy-Sharqiy Osiyodagi chuchuk suvlarda yashaydi. Bularda kosa bo’lmaydi. Tanasi teri bilan qoplangan bo’ladi. Suvda yaxshi suzadi (barmoqlari orasida parda bor) suv ostida juda chaqqon yura oladi. Bir necha soatlab suv ostiga keta oladi, chunki qon tomirlari kapillyalarga boy va alohida bezlar ko’rinishidagi nafas olish organlari bor. Suv bo’yidagi qumlarda tuxum qo’yadi. Go’shti uchun ovlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |