9-mavzu: Kapital, zahiralar hisobi va auditi “Tour Salon” MCHJ ustav faoliyatini amalga oshirish maqsdida ustav kapitali, zahira kapitali va qo'shilgan kapital yaratiladi. Taqsimlanmagan foyda esa xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyati natijasida vujudga keladi. Ulami tekshirishdan maqsad, xo'jalik yurituvchi subyektning ro'yxatga olingan sanasidan boshlab uni tugatish yoki qayta tuzishgacha bo'igan davr mobaynida faoliyatning qonuniyligini tasdiqlash, baqaror faoliyat olib borishi, raqobatbardoshligi va ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni ta'minlashdan iborat.
Ushbu tarifdan kelib chiqqan holda auditor quyidagi savollarga javob berishi lozim:
1. Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatini olib borishi uchun zarur bo'igan barcha hujjatlami qanchalik o'z vaqtida va to'liq rasmiylashtirgan:
a) faoliyatni boshlash;
b) faoliyatni davom ettirish;
v) faoliyatni tugatish.
2. Ta'sis etuvchilar bilan to'liq hisob-kitob qilinganmi:
a) ustav kapitalini shakllantirish bo'yicha;
b) oraliq hisob-kitoblar bo'yicha;
v) yakuniy hisob-kitoblar bo'yicha.
3. Soliq bo'yicha barcha qonunchilikka rioya qilinganmi.
Ushbu savollarga javob olishda auditorlik tashkiloti xo'jalik yurituvchi subyektni tekshirish jarayoniga jiddiy ta'sir ko'rsatadigan quyidagi omillami hisobga olishi lozim:
8-jadval Tashkiliy-huquqiy shakli; mulkchilik shakli; mansubligi; statusi (sho"ba, qaram, xolding, kichik korxona); faoliyat turi; hududi.
Tashkiliy - huquqiy shakli - O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar bular OAl, YOAl, MCHl vah.k.
Mulkchilik shakli - O'zbekiston Respublikasi hududida ro'yxatga olingan xo'jalik yurituvchi subyektlar Fuqarolik kodeksiga binoan davlat, xususiy va h.k.
Mansubligi - xo'jalik yurituvchi subyektlar O'zbekiston, xorij, xorijiy investisiyali bo'lishi mumkin.
Statusi - xo'jalik yurituvchi subyektlar sho"ba, qaram, xolding, kichik korxonalar ko'rinishida bo'lishi mumkin.
Faoliyat turi - xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatni amalga oshirishda maxsus ruxsatnomaga, yoki lisenziyaga ega bo'lishi mumkin yoki bun day hujjatlarsiz amalga oshirilishi mumkin.
Faoliyat ko'rsatish hududi - O'zbekiston Respublikasi hududi bilan cheklanmasligi mumkin. Ushbu yo'nalishlaming tahlilidan tekshiruvning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
Ushbu yo'nalishlaming tahlilidan tekshiruvning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
1) Xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatning huquqiy asoslarini tasdiqlash;
2) Xususiy kapital to'g'ri shakllantirilganligini tasdiqlash;
3) Ta'sis etuvchilar bilan oraliq va yakuniy hisob-kitoblaming to'g'riligini tekshirish;
4) Ustav kapital to'liq va o'z vaqtida shakllantirilganligini tekshirish;
5) Ta'sis etuvchilar bilan o'z vaqtida va to'liq hisob-kitoblar qilinganligini tekshirish;
6) Buxgalteriya (moliyaviy) hisobotning ishonchliligini tasdiqlash: ustav kapitalning miqdori va tuzilishi; ustav kapitalga ulushlari bo'yicha ta'sis etuvchilaming qarzlari; aksionerlardan sotib olingan xususiy aksiyalaming mavjudligi; ta'sis etuvchilarga to'lanadigan dividendlar bo'yicha qarzlari;
7) Ustav kapitaliga ulushlari bo'yicha kiritilayotgan moddiy qiymatliklaming baholanishi, ulaming to'g'riligi va hisob-kitoblaming asoslanganligini tekshirish.
Ustav, qo'shilgan, zahira kapitali va zahiralami shakllanishi va harakatining auditorlik tekshiruvini o'tkazish uchun auditor (auditorlik tashkiloti) tomonidan quyidagi asosiy hujjatiar axborot manbai bo'lib hisoblanadi va ulardan foydalaniladi:
-iqtisodiy subyekt ustavi;
-ta'sis shartnomasi;
-ta'sischilar majlislarining bayonnomalari;
-davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risidagi guvohnoma;
-korxonalami xususiylashtirish va aksionerlashtirish bilan bog'liq bo'lgan hujjatlar;
-statistika, davlat soliq idoralarida ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida guvohnoma;
-bankning xizmat ko'rsatishi to'g'risidagi shartnomasi;
-ta'sis hujjatlariga kiritilgan va ro'yxatga olingan o'zgarishlar;
-emissiya prospekti;
-aksiyadorlik jamiyatlari uchun aksiyadorlaming reestri;
-aksiyadorlaming yillik majlisi bayonnomalaridan ko'chirma;
-aksiyadorlar, ta'sischilaming majlis bayonnomalaridan ko'chirma;
-direktorlar (nazorat) Kengashi majlislarining qarorlaridan ko'chirma;
-ijro direksiyasining buyruqlari va farmoyishlari;
-ma'lum bir faoliyatni amalga oshirish uchun lisenziyalar va ruxsatnomalar;
-ta'sischilar va aksiyadorlar bilan yozishuvlar;
-ichki ustavlar;
-ustav kapitaliga natura va nomoddiy ko'rinishida kiritiladigan ulushlaming baholash uslubi;
-xo'jalik yurituvchi subyekt davlat ro'yxatidan o'tganidan keyingi boshlang'ich faoliyat davri bo'yicha hisobot;
-yillik hisobot;
-xo'jalik yurituvchi subyektning tugalishi yoki qayta tuzish sanasidagi hisoboti.