Talabaning F. I. Sh Ilmiy rahbar



Download 1,59 Mb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi1,59 Mb.
#277832
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5247123848595246562

BOB: NAZARIY QISM

  1. Malumotlar bazasi haqida umumiy tushuncha

Baza bu – ishlov berilmagan elementlar bo`lib, ularning ichiga matn, son, tasvir, audio va videolar kirishi mumkin. Masalan, matn klaviaturada kiritiladi, ovoz kompьyuter mikrofoni orqali, fototasvirlar raqamli kamera, video va uning ovozi esa raqamli videokamera orqali yoziladi hamda kompьyuterning xotirasiga saqlanadi.

Axborot – bu ishlov berilgan ma’lumotdir. Aniqrog’i tashkiliy, aniq, sifatli va foydali ma’lumotlardir. Undan tashqari axborot hujjatlari audio ko`rinishida, tasvir va video ko`rinishda bo`lishi mumkin. Masalan, muloqot aloqasi (ya’ni yozilgan ovoz) elektron xat shaklida, do`stga, oila a’zolariga ularni eshitish uchun yuborilgan bo`lishi mumkin. Yana bir misol, do`stlar raqamli kamerada olingan fotorasmni Veb sahifada ko`rishi mumkin. Veb kamerada real vaqt rejimida video konferentsiya shaklida ko`rib, gaplashish mumin bo`ladi.

Ma’lumotlar bazasi deganda, ma’lumotlarni shunday o’zaro bog’langan to’plamini tushunamizki, u mashina xotirasida saqlanib, maxsus ma’lumotlarni bazasini boshqarish tizimi to’ldirilishi, o’zgartirilishi, takomillashtirilishi mumkin.

Keng ma’noda Ma’lumotlar bazasi(MB) deganda real dunyoning konkret obyektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushinish mumkin. Lekin ma’lumotlar xajmi oshib borishi bilan bu masalalarni xal etish murakkablashadi. Yuzaga kelgan muammo obyekt va ma’lumotlarni strukturalash, ya’ni tizimga solish yo’li bilan xal kilinadi. Obyekt-bu mavjud va farqlanishi mumkin bo’lgan narsadir. Obyektlarga tegishli bir qator ma’lumotlar borki, ularning to’plami MB bo’ladi. Masalan, xar bir akademik-lisey yoki kasb-hunar kolleji-bu obyektlar bo’lsa, ulardagi o’quvchilar haqidagi ma’lumotlar to’plami MOga misol bo’ladi. Xar qanday jiddiy MOning yaratilishi uning loyihasini tuzishdan boshlanadi. MB loyihalovchisining asosiy vazifasi obyektlar va ularni tavsiflovchi parametrlarni tanlash, ma’lumotlar orasidagi ma’lumotlarni o’rnatishdan iborat. MBni yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar bo’yicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari bo’yicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat qiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (tuzilmalangan) bo’lgandagina bajarish mumkin. Strukturalash-bu obyektlar va ma’lumotlarning o’zaro bog’lanishi tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.

Kompyuterlar axborotlarni ma’lumotlar bazasi asosida ishlov beradi. Masalan, universitetning ma’lumotlar bazasi deganda, o`quv xonalari, o`quv fanlari, o`quv soatlari, o`qituvchilar va talabalar haqidagi ma’lumotlarni o`z ichiga oluvchi baza tushuniladi. Talaba darsga kelganda, bazani boshqaruvchi maxsus xodim kompьyuterga bir nechta elementlar kiritib, uni darsga kirishiga ruxsat beradi. Maxsus xodim undan tashqari talabaning fototasvirini kompyuterga kiritish uchun raqamli kameradan ham foydalanadi. Bu talaba haqidagi rasm va boshqa ma’lumotlar kompyuterning asosiy xotira qurilmasi qattiq disk (HHD)da saqlanadi. Keyin esa kompyuter yangi ishlov berilgan talaba haqidagi ma’lumotni chop etish uchun printerga yuboradi (1.1-rasm). Talabaning ID raqami shaxsini tasdiqlovchi hujjati yakunlangandan keyin ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturiy ta’minoti yordamida diskning magnit yo`lagida kodirovka qilinadi. Ushbu dastur ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) deyiladi. Ushbu dasturda ma’lumotlarni qo`shish, modifikatsiya qilish, bazadan ularni o`chirish, ma’luotlar bazasi bo`yicha shakl (forma) va hisobot (otchet) tayyorlash mumkin bo`ladi.

1.1-rasm. Yangi talabaning ma’lumotlariga maxsus dastur yordamida ishlov berib, unga darsga kirishi uchun ruxsatnoma berish.




Download 1,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish