O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Mahammadali Mirabdullaev
Vokal va zamonaviy musiqa
(O‘quv – uslubiy qo‘llanma)
Namangan-2018
Musiqa janrlari ichida vokal janri eng qadimgi dastlab paydo bo’lgan tur hisoblanadi. Bundan tashqari insonlar tarafidan eng ko’p tingilanadigan bastakorlar tarafidan esa ko’p bora murojat qilinadigan san’at turi bo’lib sanaladi. Buning boisi bu san’atning quroli bo’lib bevosita inson ovozi xizmat qilishidir.
Ushbu o‘quv – uslubiy qo‘llanma “Vokal ” faniga tayyorlangan bo‘lib, unda bo‘lg‘usi vokal ijrochilarining ovozlari, uning gigienasi, qo‘shiqchining ijrochilik mahorati, talabalarni qo‘shiq ijrochiligiga tayyorlash bo‘yicha mavzular berilgan. O‘quv – uslubiy qo‘llanmadan Oliy o‘quv yurtlarining musiqa ta’limi yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar, musiqa o‘qituvchilari va pedagogik kollejlarning musiqa bo‘limi o‘quvchilari foydalanishlari mumkin.
Muallif: Mahammadali Mirabdullaev
Taqrizchilar: Orifjon Azizov – NamDU musiqa ta’limi
kafedrasi professori
Qosimjon Rahmatov-NamDU musiqiy ta’lim kafedrasi katta o’qituvchisi
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma NamDU o‘quv-uslubiy kengashining 2018-
yil - _ kuni o‘tkazgan yig‘ilishida _-bayonnomasi bilan
tasdiqlangan va nashrga tavsiya etilgan.
K I R I SH
Istiqlol sharofati bilan Yurtimizda ”ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot barpo etish” yo`lidan borar ekanmiz, jamiyatimizning barcha sohalarida tup o`zgarishlar amalga oshirilmoqda.
O`sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama mukammal inson qilib tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan biri bo`lib turgan bir paytda, hususan, talantlarga pedagogik maxorat sirlarini o`rgatib borish ota zarurligini hayot taqozo etadi.
Bo`lajak musiqa mutahassislari yosh avlod ongiga yuksak tuyg’ularni singdirish, ularda Ona-Vatanga muhabbat, go`zallikka intilib yashash uni asrash va yaratishga bo`lgan ishtiyoq uyg’otuvchi kasb egalari hisoblanadilar.
Bilamizki, Vokal so’zining ma’nosi nemis tilida unli tovush ma’nosini beradi. Vokal janri musiqa janrlari ichida eng qadimiysi hisoblanadi. Vokal janrini keng ma’noda tushunish kerak. Vokal yonalishining Vatani Italiya hisoblanadi.
Qadimda Italiya cherkovlarida qarovsiz qolgan etim bolalar orasidan musiqiy qobilyati bor bolalarni tanlab olinib, cherkov xori uchun qo’shiqchilar tayyorlangan.
Vokal janrining alohida musiqa janri bo`lib shakllanishida hristian diniga e’tiqod qiluvchi cherkovlarning hissasi katta bo’ldi. Eramizning VII-VIII asrlaridan boshlab juda ko`p kompazitorlar cherkov xorlari uchun Iso va uning izdoshlarini madh etuvchi ko`plab oratoriyalar, kontatalar, ariyalar yaratishgan.
Bizning O’zbekistonimizga Vokal janri 1930 yillardan keyin kirib keldi. Dastlab Moskva Opera studiyasida iqtidorli o’zbek yoshlaridan: Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Sattor Yarashev, Nasim Hoshimov, Karim Zokirov kabi zabardast san’atkorlar tahsil olib, etishib chiqdi. Keyinchalik Toshkent Davlat Konservatoriyasi ochilishi bilan vokal qo`shiqchilari shu yerda tahsil ola boshladilar. Ular orasidan xalqaro vokalizlar konkurslari lauriyatlari Ismoil Jalilov, Po’lat Minjirkeev, M.Hojiniyozov, Muyassar Razzoqova, Sofiya Soy kabi ko`plab yetuk opera ashulachilari yetishib chiqdi.
O’zbekistonda vokal janrini rivojlanishida taniqli kompozitorlardan Mutal Burhonov, Tolibjon Sodiqov, Muhtor Ashrafiy, Sulaymon Yudakov, Sharif
Ramazonov, Hamid Rahimov, Sobir Boboev, Matniyoz Yusupov kabi koplab kompozitorlar o`zlarining barakali sermazmun ijodlari bilan katta hissa qo`shdilar.
Vokal so’zining lug’aviy ma’nosi bizda qadimdan mavjud bo`lgan aytimga tog’ri keladi. Shunga ko`ra vokal istilohi tarixiy ijtimoiy ma’daniy - ma’rifiy jarayonlarning ajralmas bir bolagi sifatida qadim zamonlardan beri yashab kelayapti. O’zbek xalqi madaniy hayotiga XIX asrning ikkinchi yarmidan kirib kelib, san’at janrini ifodalay boshlagan vokal tushunchasi Evropada uzoq tarixga ega bo`lib, uning genezisi antik davr diniy marosimlari ijro jarayoniga borib bog’lanadi. Antik Yunon madaniyati tarixi shunga guvohlik beradiki, Yunonlarning e’tiqodiy marosimlari toat- ibodatlari asosan so`z, musiqalar, muayyan ritmlar sistemasini o’zida mujassam etgan. Yaratganga qilgan toat- ibodatlar, duo- iltijolar mana shu tarzda ijro etilsagina ijobat bo`ladi, degan aqida bugungi vokal san’atining dastlabki namunalarini yuzaga keltirgan. Qadim Yunonda ayni tarzdagi ijro difiramlar deb atalgan. Huddi shunday jarayonga doir fikrlarni biz qadim Shumer, Hitoy, Hind, Misr madaniyatiga doir tadqiqotlarni ham kuzatamiz.
Melodiy birinchi asrdan boshlab Evropaning madaniyat markazlaridan biri bo`lgan Italiyada ilk bor masihiylik e’tiqodi, shu asosda masihiylik cherkovlari va diniy marosimlar tizimi paydo bo`ldi. Ushbu tizimda ham, asosan, so`z ritmi uyg’unligida ijro etilgandagina diniy marosim to`laqonli amalga oshadi, degan an’ana davom ettirildi. Diniy marosimlardagi ibodat shakllari masihiylikning mashabi va muayyan hududiga qarab goh musiqa jo`rligida, gohida esa musiqa jo`rligisiz (akapella) ijro etilgan. Eng muhimi, ibodat marosimlari qay tarzda ijro etilishidan qat’iy nazar so`z ritm bilan uyg’unlashib kelganki, bu keyinchalik biz bugun vokal deb nomlayotgan janrga poydevor vazifasini bajargan.
Vokal tarixiga nazariy adabiyotlar guvohlik berishicha, Evropa vokali markaz va tarixiy jihatdan eng qadimiysi Italiya hisoblanadi. Bu dalil vokal san’atining asosi diniy marosimlar ekani haqida yuqoridagi fikrlarni asoslashi bilan bir qatorda, zamonaviy vokal san’atining o`chog’i nima uchun Italiya bo`lganligi tog’risidagi savollarga ham javob beradi.
Shuning uchun ham, zamonaviy vokal tarixini umumiy tasnif etganimizda ro`yhatning boshida Italiya vokal maktabi keladi. Evropa vokal san’atining
shakllanishi va taraqqiyotida qadim Italyan vokal maktabi asoschilari Petrov Tozi, Jiambattista Manchini, Jo`zeffo Sarlino, L.Yudoviko Sakkoni, Juliyo Kachchini (XVI- XVII asr) xizmatlari katta. Keyinchalik fransuz vokal maktabidan Jan Baptist Berar, Genrih Ferdinand Manshteyn, nemis vokal maktabidan Lilli Leman, rus vokal maktabidan M.I. Glinka, A.E. Varlamovlarning salmoqli faoliyatlarini qayd etish lozim. Shuni alohida qayd qilish joizki, professional vokal tarixida vokal san’ati amaliyotchilari bilan bir qatorda nazariyotchi olimlar ham faoliyat ko’rsatib kelishgan. Lekin bu o`rinda vokal nazariyotchilari bilan amaliyotchi vokalistlar o`rtasiga Hitoy devori qo`yib bo`lmasligini ta’kidlash lozim. Chunki vokal san’ati tarixida vokal nazariyasi va amaliyotini uyg’un holatda olib borgan shahslar ham talaygina. Bunga misol sifatida Manuel Garsia, M.I.Glinka, F.I. Shalyapinlarni keltirish mumkin.
Yuqorida qisqacha ekskurs qilingan Evropa vokali O’zbek san’ati tarixiga Turkistonni Chor Rossiyasi tomonidan ishg’ol etilganidan keyin kirib kelgan. Ammo bu degani o’zbek vokali tom ma’noda Evropa vokal san’atining ta’sirida shakllanadi degani emas. Balki, o’zbek vokal san’ati tarixi ham turkiy xalqlar madaniyatining uzoq tarixiga borib taqaladi. Ma’lum ma’noda vokal san’atining din va jamiyat e’tiqodi bilan bog’liqligi o’zbek vokal tarixi jarayonlariga ham tegishli. Hususan, maqom tizimining bevosita tasavvur falsafasidan kelib chiqishi mashhur mutasavviflar – Abu Homid G’azzoliy, Jamoliddin Rumiy, Farididdin Attor, Ahmad Yassaviy, Sofi Olloyor, Sulaymon Boqirg’oniy, Mashrablar ilmiy amaliy faoliyatida o`z aksini topadi. Maqom esa Sofining Olloh tomon intilish yolidagi qalb va zikr maromini o’zida aks ettiradi. Demak, vokal san’ati bir qadar murakkabroq va tizimliroq tarzda sharq xalqlari tarixida ham mavjud bo`lgan. Ayni jarayonlar amaliy manbalar asosida Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Abdulqodir Marog’iy, Darvesh ali Changiy, Komil Xorazmiy, Abdurauf Fitrat, Hamza Hakimzoda Niyo’ziy, Abdulla Avloniy tomonidan nazariy o`rganilgan va targ’ib etilgan. Faqat Shoro davriga kelib, Evropa uslubidagi vokal san’atini o’zbek aytim yo`llariga singdirish va ko`p hollarda o’zbek xonandalariga Evropa vokal yo`llarini tog’ridan-tog’ri ijro ettirish urfga kirdi. Muhiddin Qori Yoqubov, Bobarahim Mirzaev, Karim Zokirov singari xonandalar Shoro san’at siyosatining oqibati o`laroq tom ma’noda Evropa uslubidagi vokal
ijrochilari hisoblanishadi. Halima Nosirova, Saodat Qobulova, Sattor Yarashev, Ergash Yoldoshev, Abdulla Bozorov, Muyassar Razzoqova, Ismoil Jalilovlar ijrochilik faoliyatida esa ham Evropa, ham milliy vokal san’ati uyg’unlashganini kuzatamiz.
Vokal fani asosiy maqsadi va vazifasi asosiy sohalardan biri b`olib, ushbu fan vokal ansambli, xor partiturasini o`qish, estrada ijrosiga moslashtirish. Estrada san’ati dirijyorlik va xor solfedjiosi fanlari bilan bog’liq. Vokal fanining asosiy maqsadi bo`lajak vokal jamoalariga rahbarning kasbiy maxoratini oshirish, nafas olish, diktsiya, so`z tanlash, qo`shiqning yuksak saviyada ijro qilish malakasini hosil qilishdan iborat. Fanning asosiy vazifasi yosh mutahassislarga kelajakda havaskorlar bilan ishlash yo`llarini o`rgatish vokal ijrochiligi yutuqlarini amalda tadbiq qilish kabi ishlardan iborat
Nazariy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |