Ko’rsatilgan masalalar hal etilganda talaba faqatgina ma’ruza tinglagani emas, balki uning mazmunini tushungan holda kitobni faqat o’qib chiqish emas, uning mazmun-mohiyatini anglab etishi, psixologik tahlil qilishga, olgan bilimlari asosida odamlar xulqini baholay oladigan va ilmiy bilimlaridan o’zining kundalik amaliyotda foydalanishga tayyor bo’lib chiqadi. Oliy o’quv yurtida o’qitish talabalarning sessiyalar oralig’ida o’zi mustaqil bilim olishini to’g’ri tashkil etishga bog’liq bo’ladi. Mustaqil bilim olish tartib, kitob o’qishga, navbatdagi vaqtinchalik tadbirga aylanmasligi uchun (talaba yarim yilda oldiga sessiya oldidan esa kitob o’qishga kirishadi) unga bu ishni doimiy amal qiladigan tizimga aylantirishga yordam berishi kerak.
Tajribalardan ko’rinadiki talabalar hatto konsultasiyalar olish uchun navbatchi o’qituvchilar bilan uchrashuvga ham kelmaydilar. O’quv materialini o’zlashtirishda qiyin nazariy masalani tushunib olish uchun zarur bo’lgan jiddiy vaziyatda talaba birinchi navbatda o’ziga o’zining o’quv o’rganish faoliyatini qurish mahoratiga tayanadi. Lekin nima bo’lishidan qat’iy nazar baribir birinchi kurs talabasi hali o’qishni bilmaydi. Mustaqil bilim olish mahoratiga tezda o’rganib olishi uchun unga ishlash metodlari va usullarining ba’zilaridan foydalanishga yordam beradi.

Bu metodlarni ko’rib chiqish uchun mustaqil ishlashni tashkil etuvchi qismlariga ajratib chiqamiz:
Bu metodlarni ko’rib chiqish uchun mustaqil ishlashni tashkil etuvchi qismlariga ajratib chiqamiz:
- ma’ruza konspektlarini o’qish;
- o’quv va ilmiy adabiyotlarni o’qish sharhlash va konspekt tuzish;
- imtihonlarga (sinovlarga) tayyorlanish.
Ma’ruzalar konspektlarini o’qish bir necha maqsadlarga ega:
- birinchisi – ma’ruzalarda nimalar haqida gapirilganligini esga olish;
- ikkinchisi, talabaning ishlarini ma’ruzalarda eshitganliklarini tushunishini mustahkamlovchi va guruhlashtiruvchi hayotiy misollar va fikrlar bilan to’ldirish;
- uchinchisi, qisqacha ma’ruzani to’la ochib berishi mumkin bo’lmagan, lekin qandaydir xujjatlar va adabiyotlarni o’qish paytida talabalar alohida e’tibor berishlari kerak bo’lgan ma’lumotlarni darslikdan o’qib olish.