Talabalarning kreativ fikrlash ko‘nikmalariga egaliklarini baholash.
REJA:
1. Talabalarning kreativ fikrlash ko‘nikmalariga egaliklarini baholash.
2. Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalari.
Tayanch tushunchalar: sifat, kreativlik sifatlari, malaka,
ijodiy faoliyatni malakalari, kreativ sifatlarni rivojlantirish
yo‘llari, pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar,
shaxs kreativligini rivojlantirish tamoyillari, pedagoglarning
kreativligini ifodalovchi belgilar, pedagoglarning kreativlik
imkoniyatlari, pedagoglarning kreativlik imkoniyatining
mu.im darajalari, shaxsning kreativligi darajasini aniqlovchi
mezonlar
Talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay
muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta’lim olayotgan talabalarda asta-sekin
kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi, shuningdek, kreativ
tafakkurga ega o‘qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo‘ladi
(Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o‘quv-bilish muhiti
talabalarda ta’lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo‘lgan tanqidiy va kretiv
fikrlash ko‘nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012;
Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013)9.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalarning kreativ tafakkurga ega bo‘lishlari
ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog‘liq. “To‘laqonli
kreativlik xarakteriga ega ta’lim muhitini yaratish puxta o‘ylangan rejaga tayanadi.
O‘qituvchilar agarda o‘zlarining kreativ o‘qitish metod va strategiyalarini qo‘llash
(ya’ni keng ko‘lamda o‘ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta
samaradorlikk erishishni istasalar, buni talabalar ongiga singdirishlari va o‘z
vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley,
2005)”10. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina talabalar
o‘rganayotgan mavzuning mazmuni, o‘quv axborotlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani
tushunish imkoniyatiga ega bo‘ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et
al., 2000)”11.
Ta’lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator
tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman,
Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning
sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar:
“Ko‘p hollarda, o‘qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq
fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e’tibor va talablar qanday rivojlanishlari
mumkinligi haqida hech qanday ma’lumot bermaydilar. O‘qituvchining palapartish
yo‘riqlar berish yondashuvining samaradorligi talabalar o‘quv faoliyatini
oshirishga yo‘naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past
(Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda
fikrlash ko‘nikmasi bo‘yicha yo‘riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun
o‘qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko‘nikmalarni samarali
shakllantitrish yo‘llari bilan talabalarni tanishtirish, orqali talabalar o‘quv
faoliyatini nazorat qilish va uni yo‘naltirishi lozim”12. Mualliflar tomonidan
bildirilgan fikrlarning misollar yordamida
yoritilganligi o‘qituvchi va talabalarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil
etish to‘g‘risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: talabalar
“Immigratsiya hodisasining mohiyati”ni “Aqliy hujum” strategiyasi asosida
o‘rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o‘zi nimaligini, uni qanday qo‘llash zarurligi haqidagi
tushunchalarga ega bo‘lishlari lozim”
2. Kreativ ko‘nikmalar va talabalarda kreativ ko‘nikmalarni shakllantirish
jarayonining mohiyati. “Kreativlik otasi” nomi bilan mashhur Pol Torrans to‘rtta
kreativlik ko‘nikmasini aniqlagan (1987a). Uning olib borgan tadqiqotlari shundan
dalolat beradiki, mazkur kreativ ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni baholash
mumkin (7-bob):
1. Ravonlik. Ko‘plab g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi ko‘p degan so‘zga
asoslanadi.
2. Moslashuvchanlik. Turli g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi o‘zgartirish
degan so‘zga asoslanadi.
3. O‘ziga xoslik. Boshqalarga o‘xshamagan, ajralib turuvchi g‘oyani o‘ylab
topish ko‘nikmasi noyob degan so‘zga asoslanadi.
4. Yaratuvchanlik. G‘oyalarni kengaytirish ko‘nikmasi qo‘shish degan so‘zga
asoslanadi.
Kreativlik darslarida talabalardan ajoyib g‘oyalarni o‘ylab topish (o‘ziga
xoslik); ularni kengaytirish (ishlab chiqish); yoki boshqa g‘oyalar bilan solishtirish
va ulardagi bog‘liqlikni topish (moslashuvchanlik) talab etilganda, mazkur
ko‘nikmalar bir-biri bilan kesishadi.
Talabalarda kreativ fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘qituvchi alohida
o‘rin tutadi. Bu jarayonda “o‘qituvchining roli auditoriyada kreativlik muhitini
yaratishdan iborat. Pannels va Klakstonlar (2008) qayd etganlaridek,
muhit(auitoriya haqida gap ketganida maqsad va vazifalar) kreativlikni
shakllantirishga ta’sir etadi, boshqa tadqiqotchi Piirtoning (2004) fikricha esa, Pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning
darajalari. Kasbiy faoliyat samaradorligini baholashda pedagogning ijodkorligi –
krativ potensiali darajasini baholash muhim ahamiyatga ega.
Pedagogning krativlik potensiali darajasini aniqlovchi mezonlar quyidagilar
Do'stlaringiz bilan baham: |