urugUanish, partenogenez, ginogenez, androgenez, gaplofaza, diplofaza. l.Hujayraning meyoz bo‘linishi Jinsiy hujayralar meyoz bo£linish orqali amalga oshadi. Meyoz ham mitozsingari interfazadan boshlanadi. Interfazada xromosomalar ikki hissa ortadi. Meyoz yadroning ikkita ketma-ket bo‘linishidan iborat. Birinchi - reduksion bo4inishda xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Ikkinchi ekvatsion (tenglashtiruvchi) bo‘linishda gaploid xromosomali jinsiy hujayralar-gametalar hosil boMadi. Birinchi reduksion bo‘linishga taalluqli bosqichlar rim raqami I bilan? ikkinchi ekvatsion bo‘linish bosqichlari II bilan belgilanadi. Reduksion bo‘linish yadroning profaza I dan boshlanib, telofaza I gacha davom etadi. Ekvatsion bo‘linish esa profaza II dan telofaza II gacha bo‘lgan davrni qamrab oladi.