ommaviy tus olgan. Dastlab 1925 yili rus olimlaridan G.A.Nadson va G.S.FUippovlar achitqi zamburuglariga rentgen nurlarini ta’sir etib mutatsiya olish mumkinligini isbotladilar. 1927 yilda esa amerikalik olim G.Meller drozofila meva pashshasida sun’iy mutatsiya hosil etdi. Keyinchalik L.N.Delone va A.A.Sapegin rentgen nuri ta’sirida irsiy o kzgaruvchanlik hosil qilish va uni tezlashtirish mumkinligini isbotladilar. Rentgen va gamma nurlar ta’sirida gen va xromosoma mutatsiyalari paydo bo‘ladi. Tirik oiganizmlaiga radiatsiyaning ta’sir etish kuchi uning nurlantirilayotgan to‘qima hujayralariga singishi bilan o ‘lchanadi. Organizmlarning nurlanish dozasini bilish muhimdir. Nurlanish dozasi odatda havoning nurlanish hajmi bilan aniqlanadi. Nurlanish dozasi birligi qilib bir rentgen (K)