duplikatsiyaning evolyutsion ahamiyati katta. Duplikatsiya xromosomadagi genlar sonini ko‘payishi va xilma-xil bo‘lishini asosiy sababchisidir. Xromosomalar deletsiyasi duplikatsiyaga qaraganda fenotipni ko‘proq o‘zgarishiga sababchi sanaladi. Deletsiya gomozigota holatda letal xossaga ega bo‘ladi. Translokatsiya va inversiya tufayli paydo bo‘lgan mutant formalar mutatsiyaga uchramagan formalar bilan chatisha olmaydi. Natijada populyatsiya ichida evolyutsion divergensiya ro‘y beradi. Gomologik bo‘lmagan xromosomalar orasidagi translokatsiya ba’zan yangi turlami kelib chiqishi uchun asos bo‘ladi. www.ziyouz.com kutubxonasi
Savol va topshiriqlar 1 . 0 ‘z-o‘zidan urug‘lanadigan oiganizmlaming populyatsiyasidagi genetik jarayonlar nimalardan iborat?