Mazkur misolda bir belgiga ikkita gen ya’ni I va C genlar ta’sir
ko‘rsatadi. Dominant ingibitor bir vaqtning o‘zida belgiga ta’sir etuvchi
ham dominant ham retsessiv genlaming faoliyatini to‘xtatishi mumkin.
Demak, mazkur misolda tovuq duragaylari genotipida I bo‘lgan taqdirda
C geni faoliyati to‘xtagani sababli pat rangli bo‘lmaydi.
i
retsessiv geni
gomozigota holatda boigandagina C geni patda rang hosil qiladi. Shunday
qilib, C geni belgiga bevosita, I geni esa bilvosita, ya’ni C geni faoliyatini
bo‘g‘ish orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: