Turli bosqichli ta'lim texnologiyasi talabalarning individualligini ko'rish va uni saqlashga imkon beradi, o'quvchining o'ziga ishonishiga yordam beradi, uning maksimal rivojlanishini ta’minlaydi[3]. Tarjima kompetensiyasini shakllantirish uchun ushbu texnologiyani hisobga olgan holda diagnostik testlar, chet tilida rasmni tasvirlash topshiriqlar tuziladi, bu bizga talabalarning rivojlanishining haqiqiy va vizual rasmini olishga imkon beradi. To'g'ri tanlangan vazifalar yordamida o'qituvchi talabalarning darajasini aniqlaydi. Topshiriqlar ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Masalan, talabalarining tarjima kompetensiyasi shakllantirish uchun turli bosqichli ta'lim texnologiyasida foydalanish yaxshi samara beradi. Dars boshida talabalarning bilim darajasini aniqlash uchun diagnostik test o'tkaziladi. Keyingi topshiriq ularni guruhlarga bo’lib berilgan rasmni tasvirlashdir: kuchli guruh talabalar rasmni tasvirlaydi, zaif talabalar guruhi rasmga asoslangan holda savollarga javob beradi.
Yana bir topshiriq, talabalarga chet tilidagi matn beriladi: kuchli talabalar guruhi matndan o’z ona-tilidagi ma'lum fe'llarni topishlari kerak, zaif guruh matndagi otlarni topishi kerak.
Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi bir guruh o‘qituvchilar R. Slavin, Rojer Jonson va Devid Jonsonlar tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu texnologiya chet tilini o'qitishda talabalarga yo'naltirilgan yondashuv turlaridan biri bo'lib, har qanday muammoni hal qilish uchun birgalikda ishlaydigan talabalar guruhlarini tashkil qilishni o'z ichiga oladi.
Masalan, tarjima faolyatini shakllantirishda quyidagi vazifalarni bajarish yaxshi natija beradi: o'quv materialining ma'lum bir qismini bir-biriga qayta aytib berish; juft so‘zlarni ma’nosiga ko‘ra bog‘lash va tarjima qilish va hokazo.
Shuni yodda tutish kerakki, har bir o'quvchining ishini alohida emas, balki butun guruhning ishini baholash kerak. Bunda jamoaviy ruhni shakllantirish uchun zarur. Bu guruhning barcha a'zolarini bir-biriga ergashishga va bir-biriga yordam berishga undaydi.Shunda har bir kishi o'zini har qanday sinov, nazorat tekshiruviga tayyor his qiladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) umuman olganda o'quv jarayonining ko'lamini kengaytiradi, talabalarning mustaqil ishlarini faollashtirishga va bilish faolligini oshirishga yordam beradi va ta’limning amaliy yo'nalishini oshiradi. Bunda biz avtomatlashtirilgan tarjimani emas, balki tarjima matnini tayyorlash, tahlil qilish, tarjima qilish va tuzatishda kompyuterning imkoniyatlari haqida tushunamiz.[2]
AKTdan foydalanishda tarjima kompetensiyasini shakllantirishning samarali mashqlari quyidagilardir: ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari; video fragmentlar bilan ishlash; elektron lug'atlar va boshqalar. Bunday topshiriqlar tarjima malakasini shakllantirish bo'yicha darslarni to'ldirishga imkon beradi va talabalarning mustaqil ishlashiga, tarjima ko'nikmalarini oshirishga va grammatik va leksik ko'nikmalarni rivojlantirish bo'yicha ham kata ahamiyatga ega.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiquvchilar (Charlz Templ, Kurt Meredit, Jinni Still, Dona Ogle) bu texnologiya shaxsni ko'p qirrali shakllantirishga, axborotga tanqidiy munosabat, ma'lumotni tanlash qobiliyati vazifani hal qilish yordam beradi deb hisoblashgan.[6]
Tarjima kompetensiyasini shakllantirishda bu texnologiya yordamchi vazifasini bajaradi va buni biz asosiy poydevor qilib ololmaymiz. Lekin ushbu texnologiya she'rlarni, badiiy asarlardan parchalarni, matbuot materiallarini, ilmiy-ommabop nashrlarni, ko'rsatmalardan parchalarni, shuningdek, teledasturlarni, masalan, axborot dasturlarini, intervyularni, reportajlarni badiiy tarjima qilish ko'nikmalarini egallashda ajralmas hisoblanadi.
Ba’zi olimlarning fikricha test-sinov texnologiyasi tarjima kompetensiyasini shakllantirishning ma’lum bir bosqichida leksik va grammatik bilimlarning o'zlashtirilishini nazorat qilishda qo’llaniladi. Test-sinov texnologiyasidan foydalangan holda nazoratni amalga oshirish chet tili bo'yicha barcha xalqaro imtihonlar talablariga javob beradi. Bundan tashqari, ushbu texnologiya darajani aniqlash imkonini beradi.
Tarjima kompetensiyasini shakllantirishda yangi texnologiyalarni yaratishda asosiy maqsad shuki, talabalarning chet tilini bilash darajasini ko’tarish va chet ellik tengdoshlar bilan muloqot qilishda kundalik, madaniy va ma'rifiy faoliyatning turli sohalarida ijtimoiy va kommunikativ muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan kommunikativ-muloqot kompetentsiyani o'zlashtirish; shuningdek, dunyoqarashini kengaytirish va umumiy madaniy bag'rikenglik va turli mamlakatlar va xalqlarning ma'naviy qadriyatlariga hurmatni rivojlantirishdir.[4]
Ushbu texnologiyalardan foydalanish o'quv jarayonini boshqarish imkonini beradi va talabalarni faol o'quv jarayoniga jalb qiladi, rag'batlantiradi. Qaysi texnologiyani tanlash va undan foydalanish pedogogik vaziyatni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. Chet tillarini o’qitishda turli xil pedagogik texnologiyalar va faol o'qitish usullaridan foydalanish talabalarning o'quv faoliyatiga qiziqishini uyg'otadi, bu bizga samarali, ijodiy o'rganish muhitini yaratishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |