Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan o’quv-uslubiy qo’llanma



Download 262.09 Kb.
bet1/7
Sana18.01.2017
Hajmi262.09 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7

INSTITUT VA MAKTABLAR UCHUN O’ZBEK TILIDAGI ENG YAXSHI REFERATLAR TO’PLAMI VA INTERAKTIV XIZMATLAR



www.doc.uz

Talabalar uchun “madaniyatshunoslik” fanidan

o’quv-uslubiy qo’llanma

Ushbu "Talabalar uchun Madaniyatshunoslik fanidan o'quv-uslubiy qo'llanma" (1-qism) barcha yo'nalishdagi bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. 4 ma'ruzadan iborat bu qismda har bir ma'ruza so'nggida tayanch so'z va iboralar, mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar, mavzu bo'yicha test vazifalari keltirilgan bo'lib, talaba o'z bilimini sinab ko'rish imkoniyatga ega bo'ladi.

Tayyorlangan o'quv-uslubiy qo'llanmadan talabalar qadimgi jahon madaniyati, arxaik, intik davr madaniyati, Yevropa madaniyati, arab madaniyati haqidagi ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Shuningdek, turli xalqlarning ilm-fan sohasidagi kashfiyotlari, adabiyot, san'at, me'morchilikka qo'shgan hissasi, uslublar turli, ularning ahamiyati haqida bilib olishlari mumkin.

1-Mavzu: MADANIYATSHUNOSLIK KURSINING PREDMETI VA VAZIFALARI

Reja:

1. Madaniyatshunoslik kursining tadqiqot ob 'yekti va asosiy vazifalari.



2. Madaniyat tipologiyasi.

3. Madaniy rivojlanish qonuni.

4. Madaniyat va sivilizatsiya.

Madaniyatshunoslik-madaniyat rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Uning manbai insoniyat yaratgan barcha madaniy qadriyatlardir. Madaniyatshunoslikning asosiy vazifasiga insonning tabiat, jamiyat bilan birgalikdagi faoliyatini hamda kishilarning ma’naviy turmushiga oid barcha jarayonlarni tadqiq qilish kiradi. Uning tadqiqot manbai bo’lib:

• inson yaratgan san’at sohasi;

• kishilarning muomala vositasi bo’lgan til;

• jamiyat boyligi va mezoni bo’lmish bilim;

• ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tashkilotlar;

• jamiyatda sodir bo’luvchi demografik va etnik jarayonlar xizmat qiladi.

Madaniyatshunoslik umumnazariy fan hisoblanib, unga xos bo’lgan xususiyat-insonning madaniy hayoti hodisasini tartibli tizimga solib yondashish xisoblanadi. Shuningdek, madaniyat gumanitar bilimlarni o’zida mujassam qilgan holda namoyon bo’lishi bilan birga bilishning o’ta murakkab ob’yekti hamdir.

Madaniyat- bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar majmuigina bo’lib qolmay, ayni paytda u jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi, ya’ni jamiyatdagi bilim, mezon va qadriyatlarning yig’indisi madaniyatda gavdalanadi.

Madaniyatshunoslik fani mazmun va mohiyati jihatidan falsafa, falsafa tarixi, madaniyat nazariyasi va tarixi, arxelogiya, etnografiya, pedagogika, psixologiya, qadimgi dunyo tarixi, o'rta asrlar tarixi, sotsiologiya kabi fanlari bilan uzviy aloqadordir. Bu fanlarning har biri madaniyat deb atalmish ulkan ijtimoiy hodisani o'ziga hos tarzda o'z vazifa va maqsadlaridan kelib chiqqan holda o'rganadi.

Madaniyatning paydo bo'lishi va rivojlanishi kishilik jamiyatining eng qadimiy, ilk bosqichlariga borib taqaladi. Boshqacha aytganda, madaniyat insonning kelib chiqishi bilan uzviy aloqadordir. Madaniyat tarixi jamiyat tarixining ajralmas bir qismidir. Shuning uchun ham uning vujudga kelishi va rivojlanishini jamiyat tarixidan, jamiyatdagi ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlardan, moddiy boyliklar ishiab chiqarish usulidan ajratib olish mumkin emas. Jamiyat bor ekan, madaniyat ham mavjud bo'ladi. Insonning insonga xos xislat va fazilatlariga ega bo'lishi, tabiatga ta'sir etishi, ijtimoiy faoliyatga kirishuvi, madaniy va ma'naviy boyliklarni ishiab chiqishi va istemol qilishi madaniyatga, uning yutuqlaridan qanchalik foydalana olganligiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Madaniyatning rivojlanishi insonning o'zi qanchalik o'sganligini, uning bilishlari nechog'lik kengayganligini, qobiliyati naqadar takomillashganini ko'rsatadi.

Madaniyat- jamiyatning maxsuli, ijtimoiy hayotning eng muhim jabhalaridan biridir. Madaniyatsiz jamiyat bo’lmaganidek, madaniyat ham jamiyatdan tashqarida mavjud bo’lmaydi. Murakkab ijtimoiy voqelik sifatida madaniyatning o’ziga xos xususiyati shundaki, u insoniyat avlodlarining mehnati va bilimlarini o’ziga singdirib oladi, saqlaydi va doimiy boyitib boradi. Madaniyat ijtimoiy hayotning vorisligi, qadriyatlarini to’plashi va ularni kelgusi avlodlarga yetkazib berish bilan bog’liq bo’gan sohalarni ifodalaydi.

Avvalo shuni ta'kidlamoq kerakki, madaniyat so'zi arabcha "madina" va "iyat" so'z yasovchi qo'shimchasining qo'shilishidan hosil bo'lgan bo'lib, aynan "shaharga oid" degan ma'noni anglatadi. Lekin, bu so'z kirib borgan boshqa xalqlar tillarida, shu jumladan o'zbek tilida ham shaharlar ilm - fan, ma'rifaat o'chog'i bo'lib kelganligi ta'sirida bo'lsa kerak, u "ma'rifatlik", "bilimlilik", "tarbiya ko'rganlik" ma'nolarida ishlatila boshlagan.

Madaniyat tiplari tarixiy davrlarga qarab o’zgarib turadi. Davrlarning almashinishi bilan madaniyatda ham sifat o’zgarishlari yuz beradi. Konkret tarixiy davrda yashagan kishilarning dunyo to’g’risidagi tasavvurlari, bilimi, ma’naviy qadriyatlari to’g’risida atroflicha ma’lumotga ega bo’lishimiz uchun biz shu davrning madaniyatiga murojaat qilishimiz lozim. Shuning uchun madaniyatshunoslik fani turli xalqlarning madaniy rivojlanish tarixini jahon madaniy taraqqiyotining tarkibiy qismi sifatida o’rganish bilan birga konkret tarixiy davrning ijtimoiy taraqqiyotda tutgan ma’naviy rivojlanishi bosqichlari, umumiy qonuniyatlari, o’ziga xos xususiyatlarini ham o’rganadi.

Madaniyatshunoslik tinglovchilarni turli tarixiy davrlar madaniyatlari va sotial guruhlarning urf-odatlari, turmush tarzi to’g’risidagi bilimlar bilan boyitadi. Tarixiy va gumanitar bilimlarni tartibga keltiradi, ijtimoiy turmush voqeliklarni yagona mazmun asosida anglashga yordam beradi. Ko’plab betakror va mustaqil madaniyatlardan tashkil topgan jahon sivilizatsiyasining birligi va xilma-xilligini ko’rsatadi. Kishilarning fuqarolik va ma’naviy yetuklikka erishishlarida, fikrlar va qadriyatlar plyuralizmini ko’ra bilishda fan taraqqiyotini to’g’ri baholash qobiliyatini xosil qilishda muhimdir.

Madaniyatshunoslik fani muhim tarbiyaviy vazifani ham bajaradi. Insonda ziyolilik xissini tarbiyalash kursning diqqat markazida turadi. Kishi qanchalik ziyoli bo’lsa-degan edi D.S.Lixachev- u shuncha ko’p tushunadi va o’zlashtiradi, uning dunyoqarashi va qabul qilish doirasi shunchalik kengayadi. Kishining madaniy saviyasi qanchalik tor bo’lsa, u hamma yangiliklarga va “juda eski”likka nisbatan shunchalik befarq bo’ladi. O’zining eski odatlari bilan yashaydi. Dunyoqarashi tor bo’lib, hamma narsaga shubha bilan qaraydi. O’tmishning madaniy qadriyatlarini va o’zga millatlar madaniyatlarini bilish, uni saqlash, ko’paytirish, estetik qiymatlarini qabul qila bilishning rivojlanib borishi madaniy taraqqiyotning eng muhim vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Insoniyat madaniyati rivojlanishi tarixi bu nafaqat yangi, balki eski madaniy qiymatlarni izlab topish tarixidir. Shuningdek, o’zga madaniyatlarni bilish, ma’lum ma’noda gumanizm tarixi bilan qo’shilib ketadi. Bu boshqa xalqlarga nisbatan xurmat, to’g’ri ma’nodagi bardoshlilik, tinchlik tilash demakdir.

Madaniyatshunoslik fanining yana muhim vazifalaridan biri bu kishida ijodiy qobiliyatni rivojlantirishdir. Madaniyat faqatgina moddiy va ma’naviy qiymatlar yig’indisidan iborat emas, balki ijodiy faoliyatdir. Madaniyatshunoslik yangi ma’lumotlar berish bilan birga yoshlarda madaniyat voqeliklari bilan munosabatda bo’lish malakasini xosil qiladi. Xilma-xil ma’lumotlar berish bilan birga tinglovchilarda ilmiy tafakkur qilish uslublari uzliksizligi, mantiqiylikni shakllantiradi.

Madaniyat - insonning faoliyat jarayoni, uning oqibatida yaratilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlar, uning oqibatida shaxsni shakllantirish va kamolotida muhim omil bo'lgan ijtimoiy hodisadir.

Moddiy ishiab chiqarishning ikki asosiy turi - moddiy va ma'naviy ishiab chiqarishga qarab, madaniyat ham ikki turga - moddiy va ma'naviy madaniyatga bo'linadi. Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollarini, mehnat ko'nikmalarini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan barcha boyliklarni anglaymiz.

Ma'naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo'lib, u insonlar tomonidan yaratilgan ma'naviy boyliklarni, ijtimoiy ongning ilmiy, badiiy, huquqiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa shakliarini, tafakkuming barcha shakllari va dunyo qarashning asosiy sohasini, jamiyatdagi g’oyalar va ta'limotlarni, badiiy asarlar, estetik qarashlarni ham qamrab oladi, bundan tashqari ma'lumot berish, ta'lim - tarbiya, falsafa, din, huquq, etika, estetika, san'at va adabiyot singarilar ham kiradi.

"Sivilizatsiya" lotincha "Sivis" so'zidan olingan bo'lib fuqarolikka oid, da’vatga oid degan ma'nolarni anglatadi. Sivilizatsiya tushunchasini shotland tarixchisi va faylasufi A. Fergyusson (1723 - 1816) jahon tarixiy jarayonining ma'lum bir bosqichini ifodalash uchun ishlatgan bo'lsa, fransuz ma'rifatparvarlari aql - idrok va adolatga asoslangan jamiyat, degan ma'noda ishlatgan edilar. Ayrim olimlar uni madaniyatning, bazan faqat moddiy madaniyatning sinonimi sifatida ishlatgan bo'lsalar, nemis fayiasufi O.Shpengler esa aksincha uni madaniyatning antipodi ma'nosida, ya'ni madaniyatning halok bo'lish jarayoni, bosqichini xarakterlash uchun ishlatilgan.

Hozirgi zamonda ko'pincha texnika, texnologiya muvaffaqiyatlari majmuasi va u bilan bog'liq holda yuzaga kelgan qulaylik (komfort) sivilizatsiya deb tushiniladi.

Sivilizatsiya - bu jamiyat ma'naviy va intellektual salohiyatining miqdor va sifat jihatdan funksional tarkibiy yangilanish jarayonidir O'z mazmun doirasiga madaniy, ma'naviy, iqtisodiy o'zgarishlarni aks ettiradi. Sivilizatsiya evolyusion va revolyusion yuksalish tartibida amalga oshishi mumkin. Demak, sivilizatsiya madaniyatning konkret namoyon bo'lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi. Sivilizatsiya madaniyatsiz, madaniyatning sivilizatsiyasiz. undan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin emas. Chunki inson ma'lum bir sivilizatsiya bag'rida o'tmish aviodlari tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy madaniyat boyliklarini o'zlashtirishgan holda shakllanishi, kamol topishi mumkin.

O'zbekiston mustaqilligi sharoitida madaniyatshunoslik fanining dolzarb tadqiqot ob'yekti - bu XXI asr bo'sag'asida turgan insoniyatning farovon hayoti, baxti masalasidir. Chunki oily mavjudod bo'lgan inson hayoti bugungi kungidek xatarili bo'lmagan.

Insonga tahdid solayotgan energetik, xomashyo, oziq -ovqat va chuchuk suv, ekologiya, demografik, termoyadro urushi xavfi, issiqlik halokati, rak va spid muammolari, terrorizm va giyohvandlik kabi muammoiar insoniyat boshiga yangi katta kulfatlar solishi mumkin.

Shu sababdan ham prezidentimiz I.A. Karimovning barcha asarlarining mazmun - mohiyati va tadbiq etilayotgan istiqlol mafkurasining ijtimoiy - siyosiy mazmuni inson muammosi, uning baxtli hayoti, qadriyati, istiqboli, sog'lom hayot kechirishi kabi muhim masalaiartashkil etadi.

Madaniyatshunoslik kursi mavzu matnlarining zamonaviy ruhda, eng so'nggi va ilg'or axborotiari bilan boyitilgan holda o'qitilishi, talablarining jahon andozalariga xos tarzda bilim olishiga imkoniyat yaratadi. Bu jarayon o'z navbatida yuqoridagi muammolaming bartaraf etilishiga salmoqli ta'sir etadi.

Madaniyat funksiyalari. Madaniyatning o'zi serqirra bo'lganidek, u bajaradigan funksiyalar ham xilma - xildir. Birinchi navbatda bilish funksiyasini alohida ko'rsatish lozim. Har bir guruh, millat jamiyat madaniyatida tevarak olamni bilish natijalari aks etadi. Odatda ma'lum bir davr madaniyatini shu davrda olarnni anglash, bilish darajasidan kelib chiqqan holda baholaymiz. Olamni bilish natijalari aksariyat hollarda sof madaniyat chegarasini yorib chiqib keng ma'nodagi tarixiy jarayonning tarkibiy qismiga, jamiyat taraqqiyotining mnhim omiliga aylanib ketadi. Masalan: kosmik uchish vositalarini yaratish, koinotga parvoz qilish insoniyatning azaliy orzusi edi. Nihoyat kosmik uchish apparati yaratildi, inson koinotga ham parvoz qildi.

Madaniyatning bilish funksiyasi bilan axborotlarni o'zlashtirish (informativ) funksiyasi uzviy bog'liqdir. Madaniyatning axborot funksiyasi mazmuni to'plangan ijtimoiy tajriba, malakani uzatishda ko'rinadi. Bu tajriba bilim, ma'lum bir rivoyatlar, aqidalar, fan, adabiyot, san'at asarlari orqali yangi avlod tomonidan qabul qilib olinadi, o'ziashtiriladi.

Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to'plangan tajribani gorizontal shaklda uzatilishining mohiyati tushunib olinganda yanada aniqroq ochildi. Agar tajribani uzatishning bunday shakli bo'lmaganda edi, har bir xalq, aytaylik, velosipedni, muzlatgichni o'zicha yangidan yaratavergan bo'lardi. Hayotda esa unday emas. Bir xalq madaniyatida erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy -madaniy hayotning tarkibiy qismiga aylantiriiadi.

Madaniyatning informativ funksiyasi kishilar o'rtasida muomala, muloqot, o'zaro ta'sir bo'lganidagina yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning informativ funksiyasi uning aloqa -kommunikativ funksiyasi bilan uzviy bog'liqdir.

Madaniyat muloqot orqali mavjuddir. Ayni paytda madaniyat inson muloqot sohasining kengayishiga xizmat qiladi, kishilar o'rtasidagi to'g'ridan - to'g'ri bevosita muloqot o'tmish avlodlarga mansub kishilar, shuningdek, bizga tanish ham qarindosh bo'lmagan zamondoshlarimiz bilan bilvosita muloqoti bilan to'ldiriladi. Biz Forobiy, Beruniy, Ibn Sino falsafiy risolalari, Lutfiy va Navoiy g'azallarini, Qodiriy va Cho'Ipon romanlarini, A. Oripov va E. Vohidovning go'zal sher va dostonlarini o'qib, ularning dunyoqarashi, fikrlash tarsi bilan oshno bo'lamiz, fikran so'zlashamiz.

Shuni takidlash lozimki, bevosita muloqot ham, bilvosita muloqot ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta'sir ko'rsatavermaydi. Ayrim hollarda muloqot shaxs rivojlanishiga salbiy ta'sir qilib, boshqa hollarda shaxsning ma'naviy komoloti uchun xizmat qilishi mumkin. Ayni paytda muloqot shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin.

Hozirgi ilmiy - texnika inqilobi asrida axborot vositalari: matbuot, radio, televieniye ta'sirida bilvosita muloqotning doirasi nihoyatda kengayib bormoqda. Demak, shaxs rivojlanishida bilvosita muloqotning roli ham o'smoqda. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining faoiiyati doimo jamiyatning qattiq nazorati ostida bo'imog'i lozim.

Madaniyat nafaqat kishilar o'rtasidagi muloqotni amalga oshirishga yordam beradi, baiki kishilarning faoliyatini va ular o'rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniyatning tartibga solish (regulyativ) funksiyasi namoyon bo'iadi.

Madaniyatning regulyativ funksiyasi kishilaming jamiyatdagi sharoitlarga muvoffaqiyatli ko'nikishi uchuun xizmat qilgani turli me'yoriarda namoyon bo'ladi. Axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy normalar ana shular jumlasidan. Madaniyatni tartibga solish, hayot tarzini shakllantirish madaniyatning muhim funksiyalaridan biridir. Bu funksiyasi tufayli madaniyat kishilarning muloqotini, ishlab chiqish va turmushdagi munosabatlarni ma'lum normalarga bo'ysundiradi. Va nihoyat, madaniyatga baholash (aksiologik) funksiyasi ham xos. Har bir yangi madaniy qadriyatga biz o'zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ijobiy yoki salbiy, chiroyli yoki xunuk, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Kundalik hayotda har birimiz ko'pgina bizga manzur yoki manzur bo'lmagan jarayon, voqealarga duch kelamiz, adabiyot, san'at, kino, asarlarini yahshi yoki yomon hodisalar sifatida baholaymiz. Bunday baholash paytida albatta har bir shaxsning o'z qarashlari, qadriyatlari tizimi muhim o'rin o'ynaydi.

Tayanch so’z va iboralar

Madaniyat, ma’naviyat, ziyolilik, mentalitet, funksiya, salohiyat, qadriyat, sivilizatsiya, meros, moddiy, milliylik va umuminsoniylik, intellekt, Shpengler.

Madaniyat – madinalik, shaharlik, ta’lim – tarbiya.

Ma’naviyat – insonlarning o’zaro munosabatlari, ularning hayotiy tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimi.

Intellekt – (lot.intellectus) aql, idrok, zehn.

Shpengler O. – nemis idealisti, faylasufi, hayot falsafasi vakillaridan biri.

An’ana – ajdodlarning tarixan to’plagan ma’naviy qadriyatlarini avlodlarga uzatish vositasi.

Ommaviy madaniyat – madaniyat mavjudligining murakkab, hamma vaqt bir xil talqin qilinmaydigan o’ziga xos shakli.

Sivilizatsiya – serqirra va murakkab mazmunga ega bo’lgan ijtimoiy – falsafiy tushuncha.

Marosim – shaxs, gurux, jamiyat hayotidagi muhim hodisalarni nishonlash shkli.

Qadriyat – narsa va xodisalar, jamiyat moddiy va ma’naviy boyliklarining ahamiyatini ifodalash uchun qo’llaniladigan tushuncha.

Mavzu bo'yicha takrorlash uchun savollar

1. Madaniyatshunoslik fanining predmeti, u nimani o'rganadi?

2. Madaniyat qanday turlarga bo'linadi?

3. Madaniyat funktsiyalarining ahamiyati?

4. O'zbekistonning Yunesko faoliyatidagi o'rni?

Mavzu bo'yicha test vazifalari

1. “Madaniyat” atamasini lug’aviy ma’nosi nima?

a) tarixiy voqealar

b) qayta ishlov berish, o’zgarish

v) donishmandlikni sevish

g) odamni strukturaviy tuzilishi

d) tafakkur qonunlari

2. “Madaniyat”ni asosiy turlarini belgilang?

a) siyosiy va huquqiy

b) tarixiy va nazariy

v) moddiy va ma’naviy

g) ijtimoiy va iqtisodiy

d) ilmiy va mafkuraviy

3. Madaniyatshunoslik fanining predmeti nima?

a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlari haqidagi ta’limot

b) madaniyatning kelib chiqishi, umumiy rivojlanish tarixi va qonuniyatlari haqidagi fan

v) tafakkur shakllari haqidagi fan

g) iqtisodiyot qonuniyatlari haqidagi fan

d) inson psixologiyasi va uning qonunlari to’g’risidagi fan

4. Madaniyatshunoslik fanining vazifalarini aniqlang.

a) tarixiy rivojlanish qonuniyatlarini yoritib beradi

b) hozirgi davr mafkurasini shakllantirish

v) falsafaning asosiy masalasini o’rgatish

g) madaniyat tarixi va nazariyasini o’rgatish, madaniyatli insonni yetishtirish

d) go’zallik sirlarini o’rgatish

2-Mavzu: MADANIYATSHUNOSLIK VA JAHON MADANIYATI MASALALARI

Reja:

1. Qadimgi jahon madaniyati (Misr, Hindiston, Xitoy va antik davr).



2. Diniy madaniyat. (O'rta asr Yеvropa madaniyati).

3. Yevropa o’rta asr va Uyg’onish davri madaniyati.

Qadimgi Misr madaniyati. Qadimgi Misrning manbalari, Qadimgi Ikkidaryo oralig'ining tarixi singari, Misrning uzoq o'tmishini muntazam suratda va chuqur o'rganishga faqat XIX asrdagina imkon tug'ildi.

Ungacha Bibliya (Tavrot) dagi ayrim ma'lumotlardan, yunon va lotin mualliflarining asarlaridangina foydalanishga to'g'ri kelgan, ammo bu mualliflarining Misming yozma. hujjatlaridan foydalana olmaganlar, faqat o'zga xalqning og'izdan - og'izga o'tib kelgan hikoyalarigina bayon qilingan.

Gerodotning bizga ma'lum "tarix" ida Misrning o'tmishi u qadar muntazam bo’lmasada, Bobil - Ossur tarixidan ko’ra hiyla mufassal bayon etilgan.

Misr iqlimining nihoyatda quruqligi tufayli bunda hatto juda mo’rt materiallardan ishlangan qadimgi yodgorliklar ham g'oyat yahshi saqlangan. Chunonchi bunda qog'ozdan oldin kashf etilgan (haqiqiy qog'ozni qadimgi xitoyliklar ixtiro qilganlar) papirusga, yog'ochga va polotnoga yozilgan yozuvlar topildi. Toshtaxtalardagi yozuvlar ayniqsa yaxshi saqiangan, ammo bu yozma yodgorliklarning ko'pi bir tomonlama diniy - sehriy mazmundagi yozuvdir.

Diniy aivanalar. Nil vodiysida ayniqsa mustahkam va turg'un bo'lgan Koxinlar g'oyat katta kuchga ega bo'lib, uiar bilan podsho hokiniyati o'rtasida ba'zan ixtiforlar bo'lib tursa-da, fir'avnlarning ilohiyligi tog'risida ta'limotlar va aholi ommasini "Quyosh farzandi" ga (Misr hukmronlarini shunday deb ataganlar) itoat qilishga undaganlar.

Xullas, Misrdagi har xil diniy - e'tiqodlar eski urf -odatlarni qo'llab - quvvatlagan va mulkdorlar hokimiyatiga itoat qitishga chaqirganlar. Shubhasizki, Misrning dini yillar davomida o'zgarib, ijtimoiy siljishlarga va siyosiy o'zgarishlarga moslashib turgan. Ammo tugab borayotgan urug'-qabilachilik urf-odatlari bilan hali bog'liq bo'lgan qadimgi mamlakatlardagidan ko'ra uzoqroq va qattiq saqlangan, Misrda nihoyat darajada ko'p tarqalgan yirtqich va uy hayvonlariga sig'inish, shuningdek, har xil qushlarga, baliq va hashoratlarga sig'inish yunon sayyohlarini hayratda qoldirgan.

Misr dinining yana bir o'ziga xos hususiyati narigi dunyoga juda katta ahamiyat berilganligidir. Shumer bilan Bobilda narigi dunyoni ko'ngilsiz va mudhish deb, o'lganlarni bu dunyoni qo'msaydigan baxtsiz banda, deb tasawur qilgan bo'lsalar, bu haqda Misrdagi ta'limot boshqacha bo'lgan. Masalan, ular bu dunyodagi uy - joy musofirxona bo'lib, uzoq yashab bo'lmagani uchun ularni mustahkam qilib qurishning ham hojati yo'q, undan ko'ra o'zingga "abadiy yotoq joy"ni maqbarani oldindan tayyorlab qo'yishing kerak, degan qoidaga amal) qilganlar.

Mumiyolashga alohida e'tibor berilgan. Jasadni mumiyolashning qimmat va arzon usullari bo'lgan. Fir'avn va katta mansabdorlarning mumiyolari ayniqsa yaxshi saqlangan. Ichak-chovoqlari olinib alohida idishlarga (kanoplarda) saqlangan. Ichak -chavoqdan tozalangan gavda 70 kuncha nomakobda turgan, keyin xushbo'y qatron (smola) quyilib ustidan polotno o'rtikka o'ralgan.

ADABIYOT. Qadimgi Misrliklarda bizga xalq ertaklari va haqiqiy voqealar tasviridan iborat juda ko'p badiiy adabioyt asarlari yetib kelgan, ular keyinchalik saroy va ibodatxonalarning markazlari tomonidan ozmi-ko'pmi ishlaganlar. Sinuxet to'g'risidagi qissa ayniqsa mashxur bo'lgan.

"Hayotdan ko'ngli so'vigan odamning o'z ruhi bilan suhbati" degan asar hayotning ma'nosi va maqsadi to'g'risidagi falsafly asarning go'zal namunasidir. Bu she'riy dialogning ishtirokchilaridan biri (hayotdan ko'ngli so'vigan) kishilarning shavqatsizligi va makrliligidan noliydi va adolat qidirib narigi dunyoga ketmoqchi bo'ladi.

Boshqa suhbatdosh (ko'ngli so'vjganning ruhi) unga skeptik qarashlarni bayon qiladi. U dunyodan hech kim qaytib kelgan emas, uning bu dunyodagidan ko'ra yahshimi yoki yomonmi ekanini hech kim bilmaydi. Yaxshisi baxtni bu dunyodan qidirish kerak. Lekin ko'ngli so'vigan kishi tasalli bermoqchi bo'lib aytgan gaplarini eshitishni xohlamaydi. Pirovard natijada u bu dunyodagi hayotdan ko'ra narigi dunyoning ustunligiga skeptik ruhini ishontirishga muvaffaq bo'ladi.

Dunyodagi eng dastlabki yozuv ham Misrda kashf etiigan. Memorchiiik, san'at, xalq og'zaki ijodi va yozma adabiyot sohasida ham misrliklar katta yutuqlarga erishganlar. Ularning eng qadimgi yozuvlari belgi - rasmlar shaklida bo'lgan va u leroglifiar deb atalgan. O'sha vaqtdagi Misr yozuvi 750 ta ierogliflardan iborat bo'lgan, Masalan: suv so'zi uchta to'Iqin, quyosh esa doira shakli ichiga nuqta qo'yilishi biian belgilangan.

Qadimgi Misrda musiqa va raqs ham juda erta taraqqiy topgan. Bu davrda puflab chalinadigan nay, urib chalinadigan qayroq, arfa kabi turli asboblar bo'lgan. Juda ko'p badiiy syujetlar boshqa xalqlarga (o'zgartirilgan holda) misriiklardan o'tgan. Sfinks obrazi Yevropa san'atida klassik o'braz bo'lib qolgan. Misrning obelisklarining haqiqiy nusxasi (haykali) Rim va Parijda qad ko'tarib turibdi. Qizil granitdan yasalgan va Misrdan keitirilgan (eramizdan avvalgi XV asrga mansub) sfinksiar Sank-Peterburgda Neva qirg'og'iga husn berib turibdi.

Misrda drama ham erta tashkil topgan. Ibodathonalarda diniy dramalar qo'yilgan. Teatrlarda Oserisning o'limi va qayta tirilishi ko'rsatilgan. O'seris tirildi, u narigi dunyodagi podsholikda iloh va sudya bo'lib o'ldi.

Demak, teatrning kashf etilishi sohasida ham Misr dunyoda birinchi o'rinni egallagan mamlakat.

Gizada va Sakkarda qadimgi podsholik davriga oid podshoh piramidalari yonida juda katta nepropol topilgan, bu nepropollarda podshoning qarindosh urug'lari katta mansabdor va amaldorlar qo'shilgan juda ko'p maqbaralar joylashgan. Shaharning harobalaridan ham juda ko'p uy-ro'zg'or buyumlari va san'at asarlari topilgan. Masalan, Kaxun shahrining xarobalaridan O'rta Posdsholik zamonidan qolgan ko'pgina mehnat qurollari va qurol-yaroqlari topilgan.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa