III. Pedagog-tarbiyachilar faoliyatining
asosiy mezonlari
Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachisi, avvalo, talabalarning hurmat
e’tiborlarini qozonishi, ularning eng yaqin sirdoshi va maslahatgo’yiga aylanishi,
quvonch va tashvishlariga sherik bo’lishi lozim.
Talabalar turar joyi pedagog-tarbiyachilari hayotiy tajriba, ko’p qirrali
bilimga, ma’naviy-ma’rifiy sohada yuksak salohiyatga ega bo’lishi, o’zi va
o’zgalarni hurmat qila bilishi, ruhan tushkunlikka tushmaslik, qiyinchiliklardan
cho’chimaslik, o’rnak bo’lish, talabalarni aniq maqsadlar sari yo’naltirish
qobiliyatini namoyon qilishi zarur.
Pedagog-tarbiyachi o’zini o’ta mas’uliyatli va sharafli bo’lgan barkamol
avlodni tarbiyalashga daxldor, uning kelajagi va kamolotiga hissa qo’shuvchi
shaxs sifatida bilishi lozim.
IV. Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari
Pedagog-tarbiyachilarning vazifalari quyidagilardan iborat:
- talabalar ongiga insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy-ma’naviy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini singdirib borish;
- talabalar turar joyi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida ma’naviy va ma’rifiy
ishlar rejasiga binoan, davlatimiz, xalqimiz bayramlari va tantanali sanalarga
bag’ishlab ko’zga ko’ringan jamoat arboblari, olimlar, yozuvchilar, shoirlar va
san’at arboblari bilan uchrashuvlar, suhbatlar va savol-javob kechalarini
o’tkazishda faol ishtirok etish, institut ma’naviyat va ma’rifat bo’limi bilan
kelishilgan holda talabalarning muzeylar, teatrlar va ko’rgazmalarga tashrifini
tashkil etish;
- talabalarning huquqiy ongini oshirish, qonunlarga rioya qilish va
huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida yilning har choragida huquq-targ’ibot
organlari – prokuratura, sud va militsiya xodimlari bilan institut rahbariyati
tomonidan
rejalashtirilgan
uchrashuvlarni
yuqori
saviyada
o’tkazilishini
ta’minlash;
- talabalarni institut hayoti, boy tarixiy an’analari, jamoat tashkilotlari
faoliyati, shuningdek bo’lajak mutaxassislar sifatida qo’yilgan talablar bilan
tanishtirib borish;
- talabalar turar joyi mudiri bilan hamkorlikda har bir qavatda qavat
boshlig’ini tayinlash, tozalik, sanitariya hamda yong’in xavfsizligi qoidalariga
rioya qilish haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borish;
- talabalar yashaydigan xonalarni o’z vaqtida yumshoq jihozlar va
choyshablar bilan ta’minlash, ularni belgilangan muddatda almashtirilishini
nazorat qilish, ulardan asrab-avaylab foydalanish kerakligini tushuntirib borish;
- talabalar turar joylarida joriy qonun-qoidalarning bajarilishi institut,
fakultetlar rahbarlari, talabalar turar joyi mudiri ko’rsatmalariga qat’iy rioya
etilishi borasida talabalar bilan davra suhbatlari o’tkazib borish;
- talabalar turar joyidagi “Ma’naviyat va ma’rifat” xonasida turli gazeta va
jurnallar bo’lishi, ularning saqlanishini nazorat qilish;
- talabalar turmush hayotini doimiy kuzatib borish, jamoatchilik ishlarida faol
ishtirok etgan talabalarni rag’batlantirish, ozoda va tartibli xonalarni
mukofotlashga tavsiya etish;
- talabalar turar joyi bo’yicha yashovchilar ro’yxati, ular haqida to’la
ma’lumotlar banki bo’lishi, ularning sog’lig’i, ruhiy holati, ijtimoiy ahvolini
o’rganib borish va kam ta’minlangan talaba va o’quvchilarga moddiy yordam
ko’rsatish lozimligini rahbariyat oldiga qo’yish, tegishli barcha ma’lumotlarni
kompyuter tizimiga kiritilishi bo’yicha taqdimotlar tayyorlash;
- ish jarayonida aniqlangan maishiy-xo’jalik sohasidagi kamchiliklar,
nosozliklar, ya’ni issiq va sovuq suv, yoritgichlar bilan ta’minlash, umumiy
foydalanish joylari va tartibbuzarliklar haqida talabalar turar joyidagi alohida
navbatchilikni qayd etish daftariga yozish va talabalar turar joyi Boshqaruv raisiga
xabar berish kabi vazifalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |