“Талабалар турар жойи тўғрисида”ги Низом


VI. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudirning vazifalari



Download 335,36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana12.06.2022
Hajmi335,36 Kb.
#658609
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
TTJ

 
VI. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudirning vazifalari 
28. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir faoliyatini bevosita boshqaruv raisi 
(mudir) yo’naltiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
29. Xo’jalik ishlari bo’yicha mudir lavozimiga tayinlanadigan shaxs oliy 
ma’lumotli va kamida 3 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim. 
30. Uning vazifalari quyidagilardan iborat: 
- talabalar turar joyi va uning hududidagi xo’jalik ishlarini olib boradi; 
- talabalarni zarur bo’lgan qattiq va yumshoq mebellar, xona jihozlari
yuvinish vositalari bilan ta’minlaydi; 
- mavjud xo’jalik muammolari va kamchiliklarni boshqaruv raisi (mudir) 
bilan birgalikda bartaraf etadi; 
- xonalarni, o’quv xonasini zarur jihozlar va vositalar bilan ta’minlab turadi; 
- talabalar turar joyi hududini obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, 
sanitariya ishlarini amalga oshiradi; 


- talabalar turar joyining sovuq va issiq suv, gaz va elektr energiyasi bilan 
ta’minlanishini nazorat qiladi, yuzaga kelgan muammolar bo’yicha tegishli 
tashkilotlari bilan bog’lanadi, kamchiliklarni bartaraf etadi;
- xona jihozlari (choyshablar, yostiq jildi, ko’rpa-to’shak, sochiqlar)ni davriy 
ravishda almashtirilishini amalga oshiradi; 
- tegishli hududdagi ekologiya, atrof-muhit tozaligi, daraxtlarni parvarishlash, 
ko’kalamzorlashtirish ishlarini olib boradi; 
- tegishli hududdagi elektr tarmoqlari, yoritgichlar ishlashini ta’minlaydi; 
- xavfsizlik va yong’in xavfsizligiga oid ishlarni amalga oshiradi; 
- sanitar xonalar (gigiena xonasi, dush, hojatxona) faoliyatini nazorat qiladi;
- xo’jalik sohasida xizmat qiluvchi texnik xodimlar - farrosh, vaxtyor, 
elektrik, santexnik, bog’bon va boshqalarning faoliyatini tashkil etadi, nazorat 
qiladi. 
 
VII. Jamoatchilik asosida jalb etilayotgan pedagog-tarbiyachi faoliyatini 
tashkil etish 
31. Institut rektori buyrug’i asosida talabalar turar joyi boshqaruviga jalb 
etiladi. 
32. Pedagog-tarbiyachi vazifasiga jalb etiladigan shaxs oliy pedagogik 
ma’lumotli va kamida 5 yillik ish stajiga ega bo’lishi lozim.
33. Pedagog-tarbiyachi ma’naviy-axloqiy tarbiya samaradorligi uchun 
mas’uldir. Pedagog-tarbiyachilarning ish vaqti smena asosida tashkil etiladi. 
34. Pedagog-tarbiyachilarning ish rejasi va dasturini ma’naviy-axloqiy tarbiya 
masalalari bo’yicha prorektor tasdiqlaydi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, 
yo’naltiradi hamda boshqaradi.
35. Pedagog-tarbiyachilar o’z faoliyatini “Talabalar turar joyi pedagog-
tarbiyachilarining huquqiy maqomi va qoidalari” to’g’risidagi hujjat asosida 
amalga oshiradi. 
36. Pedagog-tarbiyachining vazifalari: 
- talabalarning bo’sh vaqtlarida talabalar ongi va qalbiga milliy istiqlol 
g’oyasini singdirish bo’yicha dolzarb ma’naviy, huquqiy, axloqiy mavzular 
bo’yicha davra suhbatlari, treninglar va boshqa turli tadbirlarni tashkil etadi; 
- talabalar uchun sport-sog’lomlashtirish seksiyalari faoliyatini tashkil qiladi; 
- sotsiologik-psixologik so’rovlar o’tkazadi; 
- ijtimoiy-axloqiy muhitni nazorat qiladi; 
- talabalarning o’zini-o’zi boshqarish jarayonini tashkil etadi, ularning ishini 
muvofiqlashtiradi va boshqaradi; 
- milliy, umumbashariy qadriyatlarni targ’ib etadi; 


- sport (futbol, basketbol, shaxmat, shashka, stol tennisi va boshqa) turlari 
bo’yicha musobaqalar tashkil etadi; 
- ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga moddiy yordamlar berish bo’yicha 
rahbariyatga takliflar kiritadi.

Download 335,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish