Talabalar tafakkurini rivojlantirishning gender xususiyatlari Bo’tayorova Ma’rifat



Download 46 Kb.
bet1/2
Sana09.03.2022
Hajmi46 Kb.
#487214
  1   2
Bog'liq
MAQOLA


Talabalar tafakkurini rivojlantirishning gender xususiyatlari
Bo’tayorova Ma’rifat
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida” qaror qabul qildi. Shu bilan birga, O'zbekiston Barqaror rivojlanishning Beshinchi maqsadini amalga oshirish doirasida “Gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish”ga oid to'qqizta vazifani ishlab chiqdi.
Beshinchi maqsadning vazifalariga (Gender tenglik) muvofiq, 2030 yilga kelib barcha xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning har qanday shakliga barham berish, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotda qarorlar qabul qilishning barcha darajalarida ayollarning to'liq va samarali ishtirokini va yetakchilik qilish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash zarur. Bundan tashqari, ushbu maqsad davlatning turli darajalarida Davlat dasturlarini qabul qilish jarayonida gender tenglik tamoyillarini joriy qilishni o'z ichiga oladi.
Prezident Shavkat Mirziyoevning 2019 yil iyun` oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqidan iqtibos keltirishni o'rinli deb bilaman:
“Meni kishilarimizning ongida paydo bo'lgan stereotip ko'p o'ylantiradi. Odatda biz ayolni avvalambor ona, oila qo'rg'onining qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. Bu, shubhasiz, to'g'ri. Ammo bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi ham bo'lishi kerak”.

Mamlakatimizda o'tgan asrning oxirlarigagina kelib ta'lim jarayonida gender farqlar va o'xshashliklarni hisobga olish haqidagi fikrlar ilgari surila boshlandi. Aslida gender feministik nazariyaning davomi sifatida vujudga kelgan yondashuvdir. YUNESKOning 1998 yil 9 oktyabrdagi anjumanida oliy ta'lim tizimining maqsadi zo'ravonlik va zulmdan xoli bo'lgan jamiyatni barpo etish ekanligi e'tirof etildi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun yangi pedagogik


texnologiyalar va zamonaviy usullarni qo'llagan holda o'quv dasturlarini qayta ishlab chiqish zarurligi qayd etilgan. Yangidan ishlab chiqilgan o'quv dasturlarida erkak va ayollar tengligi, qolaversa, barcha fanlarning gender omillari hisobga olingan. Jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki urinishlar BMTning «Taraqqiyot» dasturi, YUNESKO, «Ochiq jamiyat» «Ko'mak» jamg'armasi instituti tomonidan qo'llab-quvvatlangan edi.
Natijada gender tadqiqotlari kursi Moskva davlat universiteti, Xar`kov universiteti va MDH davlatlarining qator oliy ta'lim muassasalari dasturlariga joriy etildi. BMT Bosh Assambleyasining 2000 yildagi «Xotin-qizlar – 2000: Gender tenglik, taraqqiyot va tinchlik» mavzusidagi maxsus sessiyasi materiallari, Jahon banki tomonidan tayyorlangan so'nggi tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, iqtisodiy rivojlanish bilan gender tenglik o'rtasida uzviy bog'lanish mavjud.
Mazkur muammoning jamiyat taraqqiyotida muhim o'rin tutishini so'nggi yillarda Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida ushbu sohaga bo'lgan qiziqishning ortib borayotganligi misolida ham yaqqol kuzatish mumkin. O'zbekistonning ba'zi oliy ta'lim muassasalarida 2001 yildan boshlab, tashabbuskor o'qituvchilar tomonidan maxsus kurslar shaklida gender tadqiqotlarining u yoki bu jihatlarini yorituvchi ma'ruzalar o'qilmoqda. Bu boradagi tajribalar talabalarning gender tadqiqotlariga qiziqishi kuchli ekanligini ko'rsatdi. Respublikamiz oliy ta'lim muassasalarida gender tadqiqotlarining o'rganilishi bo'lg'usi mutaxassislar tafakkurining dunyodagi eng yangi tahliliy yutuqlar asosida shakllanishigagina emas, balki mazkur sohaning O'zbekiston ilm-fanida yanada rivojlanishiga yordam berishi, shubhasiz.
Gender farqlar hamda o'xshashliklar ta'lim jarayonida qiz va o'g'il bolalar o'quv faoliyatidagi o'xshashliklar va farqlarni hisobga olishga asoslanadi. Bu esa, o'z navbatida, o'quv jarayoni samaradorligini ta'minlashga yordam beradi. U yoki bu jinsga mansublik o'quvchi shaxsining imkoniyatlarini belgilaydi. Qiz va o'g'il bolalar orasidagi gender farqlar va o'xshashliklarni hisobga olishga qaratilgan tadqiqotlar amalda gender pedagogikasi hamda psixologiyasida bir qadar keng ko'lamda amalga oshirilmoqda. Bu, ayniqsa, jinsiy tarbiya hamda bu jarayonda ruhiy imkoniyatlarni hisobga olish yo'nalishida yaqqol ko'zga tashlanadi.
Jinsga asoslangan ta'lim-tarbiya – o'quvchini kelajakdagi hayotga tayyorlashda har tomonlama ta'sir ko'rsatadigan ta'limiy-tarbiyaviy, ma'rifiy vositalar yig'indisidir. Bugungi kunda o'quv-biluv jarayonida gender farqlar va o'ziga xosliklarni hisobga olish tabiiy pedagogik hodisa sifatida e'tirof etilmoqda. Biroq didaktikada ushbu hodisaning ilmiy talqini mavjud emas.
O'quv-biluv jarayonida gender farqlarga oid o'ziga xosliklarni hisobga olmasdan turib, ta'lim natijasining samaradorligini ta'minlash mumkin emasligi barcha mutaxassislarga ayon bo'lmoqda. Ayniqsa, ruhshunoslar bu sohada bir qator yutuqlarni qo'lga kiritmoqdalar. «Gender» atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste'molga kiritilgan bo'lib, «jins» ma'nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o'rganilgan bo'lsa-da, yangi atamaning paydo bo'lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi.
«Gender tarixi», «Gender psixologiyasi», «Falsafaning gender tomonlari», «Gender antropologiyasi», «Gender sotsiologiyasi», keyinchalik esa «Gender pedagogikasi» kabi fan tarmoqlari shakllandi. «Gender» tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o'g'il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiypsixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi. Mazkur tushuncha yangi ijtimoiy qarashlar va madaniyatga bog'liqdir.
Gender kontseptsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy tahlil kategoriyasi sifatida MDH mintaqasida rivojlanmokda. Ayni paytda, Rossiya, Qozog'iston, Qirg'iziston, Ukraina va sobiq ittifoq hududidagi boshqa respublikalarda gender tadqiqotlari kursini oliy ta'lim muassasalari o'quv dasturlariga joriy etish borasida qator yutuqlar qo'lga kiritilgan. Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta'lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta'limni insonparvarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ta'lim tizimidagi gender tenglikni ta'minlashning huquqiy asoslari yaratilgan. 2004-2005 o'quv yillarida maktabda ta'lim oluvchi o'g'il va qiz bolalar soni qariyb bir xil bo'lib, 51% o'g'il va 49% qiz bolalarni tashkil etgan edi. O'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimida bu tafovut oshib boradi. Akademik litseylarda o'qiydigan o'g'il bolalar soni 64% va qiz bolalar 36%, kasb-hunar kollejlarida esa o'g'il bolalar 53%, qiz bolalar 47% ni tashkil etmoqda . Oliy ta'lim muassasalariga kiruvchi o'g'il bolalar soni ham qiz bolalarga qaraganda ko'proq. Buning sababi, oliy ma'lumotli ayol va qizlarning ishlash imkoniyatlari erkaklarnikiga qaraganda kamroq ekanligidadir. Chunki ota-onalar ularning o'qishiga sarflanadigan mablag' kam samarali bo'lib, oila byudjetiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, deb hisoblashlari taxmin qilinadi.
O'zbekistonda ta'limning yuqori bosqichlari, shu jumladan, akademik litseylar va oliy ta'lim muassasalarida gender balansi muammolari mavjud. Istiqlolga erishilgan dastlabki yillardan boshlab O'zbekiston hukumati tomonidan bu tendentsiyani bartaraf etish va barcha jabhalarda ayollar mavqeini ko'tarish borasida sezilarli sa'y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim-tarbiya jarayonida o'g'il va qiz bolalarning jamiyat va oiladagi mavqelarini anglatish, ularni oila va jamiyat hayotiga to'g'ri tayyorlashga dolzarb masalalardan biri sifatida qaralmoqda. Shu ma'noda, O'zbekiston hukumati 1995 yil 4-15 sentyabrda Pekin shahrida bo'lib o'tgan xotin-qizlar ahvoli bo'yicha to'rtinchi umumjahon anjumanining yakuniy hujjatlarida qabul qilingan qarorlarga to'la qo'shiladi . Chunonchi, mazkur qarorning 12-bandida: «Xotin-qizlar imkoniyatlarini kengaytirish va ahvolini yaxshilashga, jumladan, fikrlash, e'tiqod, din va qarashlariga, axloqiy, ma'naviy, ruhiy va intellektual talablarining individual tarzda yoki boshqalar bilan birga qondirilishiga, natijada jamiyatda o'z hayotini o'z orzu-istaklariga mos ravishda shakllantirishda o'z salohiyatini to'liq namoyon etilishini kafolatlashga qo'shilishimizni tasdiqlaymiz» deyilgan. 27-bandida esa: «Xotin-qizlarga bazaviy ta'lim, uzluksiz ta'lim, xat-savodga o'rgatish, kasb-hunarga tayyorlash va birlamchi – tibbiy insonparvarlik yordamini ko'rsatish orqali to'xtovsiz iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish» g'oyalari bayon etilgan. 30-bandida: «Xotin-qizlar va erkaklar uchun ta'lim va tibbiy yordam olishga keng imkoniyatlar yaratish va ushbu sohalarda ularga teng munosabatni ta'minlash, xotin-qizlarning jinsiy va reproduktiv salomatligini yaxshilashga, shuningdek, ularning ma'lumot darajasini yaxshilashga erishish» haqida fikr yuritilgan.
Gender muammosi faylasuflar, jamiyatshunoslar, antropologlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar, psixolog hamda pedagoglarning e'tiborini o'ziga jalb qilmoqda. Genderning psixologik jihatlari taniqli ruhshunoslar Z.Freyd, T.Parsons, R.Stoller, SH.Bern, A.Bandura, Simona de Beuvar, A.Klima, S.Kon, A.Usmanova, I.S.Kletsina, E.G'oziev, O.Abdusattorova, X.R.Haydarova, sotsiologiyaga oid qirralari E.Goffman, R.Xof, A.Kolstkorova, A.Zdravomislova, A.A.Tyomkina,
G.K.Zaytsev va A.G.Zaytsev, G.B.Urazalieva, falsafaga oid tomonlari Keyt Uest, D.Zimmerman, S.G.Ayvazova, I.Jerebkinalar, antropologiya bilan bog'liq jihatlari YE.R.Yarskaya-Smirnova, pedagogikaga oid ayrim qirralari L.Shustova, P.Repkina, R.Safarova, G.Akramovalarning ishlarida yoritilgan. Ta'lim tizimi
jamiyatda nafaqat texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili, balki ma'naviy va iqtisodiy rivojlanishning muhim strategik vositasi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mustaqil mamlakatimizda ta'lim sohasiga yil sayin katta e'tibor qaratilmoqda. Mazkur vazifa ta'lim tizimining barcha bosqichlari: maktabgacha ta'lim muassasalaridan tortib oliy ta'limning yuqori bosqichlarigacha bo'lgan bo'g'inlar zimmasiga yuklatilgan.
Genderni belgilashga nisbatan mavjud yondashuvlar va nuqtai nazarlarning xilma-xilligiga qaramay, ikkita kontseptsiyani ajratib ko'rsatish mumkin. Bu kontseptsiyalar quyidagilardan iborat:
1) genderning ijtimoiy tuzilishi nazariyasi;
2) gender tizimi nazariyasi. Genderga
ijtimoiy jihatdan bo'lgan yondashuv quyidagilardan iborat bo'ladi: biologik nuqtai nazardan jins muayyan jamiyatda qaror topgan jinsga xos bo'lgan vazifalar va o'g'il hamda qiz bolalarning o'ziga xos xatti-harakatlari, o'zaro hamkorligining ijtimoiy me'yorlari bilan bog'liq bo'lgan turli-tuman ko'rinishlari. O'g'il va qiz bolalarning o'zaro hamkorligi tushunchasi R.Xof tomonidan kiritilgan bo'lib, o'g'il va qiz bolalarning ma'naviy-madaniy qiyofalarini ifodalaydi.
Ushbu yondashuvga muvofiq ravishda gender muayyan jamiyatda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning o'lchovi sifatida namoyon bo'ladi. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning oliy ta'lim tizimida talabalar tomonidan o'rganilishi gender yondashuv asosida talabaqizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga ko'mak beradi. Oliy ta'lim tizimida o'qitiladigan milliy istiqlol g'oyasi, ma'naviyat asoslari, jamiyatshunoslik, madaniyatshunoslik, O'zbekiston tarixi, pedagogika tarixi, dinshunoslik kabi fanlar talabalarning ijtimoiy faolligini oshirishga imkoniyat
yaratib, jamiyatga adaptatsiya jarayonini mukammalashtiradi.
Gender nazariyasi ta'lim jarayonida o'g'il bolalar va qizlarga xos xususiyatlarni farqlash masalasiga turli nuqtai nazardan yondashadi. Bu yondashuvda jinslar o'rtasidagi asosiy farqlar ijtimoiy o'ziga xosligida namoyon bo'ladi. Ushbu farqlar jamiyatda ijtimoiy institutlar, me'yorlar va madaniy qarashlar vositasida shakllangan. Bunda gender farqlarning ijtimoiy jihatlari muhim ahamiyatga egadir. Gender tabaqalashtirish jamiyat va ta'lim tizimida ijtimoiy-pedagogik jihatdan insonparvarlik tizimini rivojlantirishga asos bo'ladi. Hozirgi davrda oila, ta'lim, din, madaniyat kabi jamiyatdagi ijtimoiy insititutlarning o'quvchi va talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishdagi tarbiyaviy ahamiyati mazkur jarayon samaradorligini oshiradi.
Bugungi kunda pedagogika fanida erishilayotgan eng muhim yutuqlardan biri gender tenglik va farqlar asosida ta'lim berish imkoniyatlarining ochilayotganligidir. Bu hodisa ta'limni gumanitarlashtirish nuqtai nazaridan ham alohida qimmatga ega. Mazkur maqsadni amalga oshirish jarayonida mavjud o'quv dasturlarini yangi pedagogik texnologiya va zamonaviy usullarni qo'llagan holda takomillashtirish eng birinchi vazifa hisoblanadi. Takomillashtirilgan o'quv
dasturlarida o'g'il va qiz bolalar tengligi, qolaversa, barcha fanlar bo'yicha o'quv
materiallarining gender tenglik va farqlar asosida belgilab berilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday ta'lim jarayoni yangi o'quv vositalari – metodik materiallar va didaktik ishlanmalar yaratishni talab qiladi.
O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-intellektual hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'layotgan hozirgi kunda o'quv jarayonini shaxsning gender tengligi va farqlari asosida tashkil etish masalasi ham pedagogik jarayon va tadqiqotlarning tarkibiy qismiga aylanishi kerak. Gender tenglik va farqlarni hisobga olgan holda taqdim etilgan o'quv materiallari yordamida talabalarda kuzatuvchanlik, loyihalash, faraz qilish, taxminlash, bashorat qilish ko'nikmalari izchil shakllanib boradi. Zero, qizlar va o'g'il bolalar o'rtasidagi ijtimoiy hamda o'quv munosabatlarini tartibga solish muhim pedagogik ahamiyatga ega. Chunki o'quv jarayonlari orqali istiqbolda jamiyatning erkak hamda ayol a'zolari orasidagi ijtimoiy munosabatlar qaror topadi.

Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish