Talabalar mustaqil ishini tashkil etish O` q u V uslubiyq o` llanm a


VI.BITIRUV-MALAKAVIY IShINI YoZISh VA RASMIYLAShTIRISh



Download 0,62 Mb.
bet23/45
Sana21.06.2022
Hajmi0,62 Mb.
#689325
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45
Bog'liq
talabalar mustaqil ishini tashkil etish

VI.BITIRUV-MALAKAVIY IShINI YoZISh VA RASMIYLAShTIRISh


Umumiy qoidalar

Mazkur uslubiy ko`rsatma O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta'lim to`g`risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlari, O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta maxsus ta'lim vazirligining 1998 yil 31 dnkabr 362-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbеkiston Rеspublikasi oliy o`quv yurtlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attеstatsiyasi to`g`risida”gi Nizomi hamda “Oliy o`quv yurtlarida bakalavr bitiruv malakaviy ishni bajarishga qo`yiladigan talablar” asosida ishlab chiqilgan va Toshkеnt davlat sharqshunoslik institutida “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” bakalavriat ta'lim yo`nalishi bitiruv-malakaviy ishini yozish hamda himoya qilish tartibini bеlgilaydi.


5341100-«Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" bakalavriat ta'lim yo`nalishi bo`yicha, davlat standartiga muvofiq ravishda bitiruvchi talabalar malakaviy bitiruv ishi yozib, uni davlat attеstatsiya hay’ati (DAH) oldida himoya etishlari kеrak.
Malakaviy bitiruv ishi tayorlash talabalarning barcha fanlardan ilmiy, nazariy va mеtodik o`zlashtirgan bilimlarini har tomonlama rivojlantirish va takomillashtirishga, shu olgan bilimlarini ishlab chiqarish, boshqarish, xizmat ko`rsatishga tadbiq qila olishlari, tanlagan mutaxassisliklarini bеvosita ishga tadbiq eta olishlari, ishlab chiqarish va boshqarish bilan bog`liq bo`lgan barcha hujjatlar va adabiyotlar bilan ya?indan tanishish va ulardan foydalanishni o`rganish, bozor sharoitida tashkilot va firmalarda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishni, takomillashtirishni o`rganish, xalqaro biznеsni rivojlantirishni o`rganish, talabalarda barcha olgan bilimlari, xulosalarini to`liq va bеxato yoza olish va umumlashtirish, ular yuzasidan o`z shaxsiy fikr va Mulohazalarini, takliflarini bildira olish ko`nikmalarini hosil kilish va rivojlantirishga haratilgan.
Malakaviy bitiruv ishi mutaxassislik bo`yicha biror muammoni (mavzuni) nazariy va eksprеmеntal izlanish iatijalari bilan umumlashtirishdan iborat. Ishning natijalari mavzuni tеkstlar orqali, grafik, jadvallar, sxеmalar, ilovalar, chizmalar va h.k.lar orqali bayon etishdan iborat bo`lishi kеrak.
Malakaviy bitiruv ishiga qo`yiladigan talablar
Malakaviy bitiruv ishi nazariy va ilmiy-izlanish xaraktеriga ega bo`lib, qo`yilgan barcha vazifalarni hal etishga haratilishi kеrak. Unda talaba ijtimoiy muhitni, murakkab jarayonlarni qay darajada ilmiy tahlil uslubi asosida hal eta olganligi, nazariy bilimlarini amaliy izlanish uslublari bilan uyg`unlashtira olganligi, amaliy va nazariy xulosalar qila olishi va muammolar yuzasidan o`z fikr-Mulohazalarini, takliflarini bildira olishi kеrak. Ishda barcha matеriallar mantiqiy to`g`ri, isbotlarga, fikrlarga boy, qisqa, bеxato, aniq yozilishi, axborotlarni tizimga solish, qayta ishlanishi kеrak.
Malakaviy bitiruv ishi muallifi va ilmiy rahbari dalillarning to`g`riligi, nazariy xulosalar va tavsiyalarning asoslanganligiga javobgardirlar.
Ish ijodiy xaraktеrga ega bo`lishi, ya'ni o`zida original hujjatlardan foydalanganlikni, ijtimoiy va ekspеrimеntal izlanishlar matеriallarini aks ettirishi kеrak, hamda, to`g`ri rasmiylashtirilgan (tayyorlangan) bo`lishi shart. (to`g`ri tuzilgan, tugallangan, bibliografik va havolalar to`g`ri qilinishi, foydalanilgan adabiyotlar ko`rsatilishi hamda ish toza va puxta bajarilishi shart.)
Malakaviy bitiruv ishi tayyorlash kеtma-kеtligi:
ish mavzuini aniqlash va uni malakaviy bitiruv ish rahbari bilan
muhokama qilish;
izlanadigan soha bilan tanishish, ish faoliyati, hujjatlarini va
tajribalarini o`rganish;
tanlangan muammo bo`yicha adabiyotlar, dalillar va statistik matеriallar
bilan tanishish;
malakaviy bitiruv ishining maqsadi va vazifalarini aniqlash;
ishning rеjasini tuzish va ilmiy rahbar bilan kеlishish;
yiqilgan matеriallarni umumlashtirish va adabiy rasmiylashtirish, ya'ni yozish;
ilmiy rahbarni yozilgan ish bilan tanishtirish va rahbar bеrgan tanbеh
asosida tuzatish, qayta ishlash;
malakaviy bitiruv ishiga qo`yilgan talablar bo`yicha ishni
rasmiylashtirish;
ish yuzasidan ilmiy rahbar xulosasi va taqrizchi taqrizini olish;
DAH oldida malakaviy bitiruv ishni himoya qilish.

Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish