TALABA YOSHLAR MA’NAVIYATINI YUKSALTIRISHDA ILM-MA’RIFATNING ROLI
Qo‘chqorov Azamat Tarix yo‘nalashi 4 kurs 016-4 guruh talabasi
Annotatsiya
Ushbu maqolada bugungi zamon yoshlarining ma’naviyatini yuksaltirish, bilim darajasini oshirish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish qobiliyatini shakllantirish borasidagi sa’y-harakatlar, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni o‘z ifodasini topgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar, ilm-ma’rifat markazlari, besh muhim tashabbus, zamonaviy axborot texnologiyalari.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoitlar, imkoniyatlar yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi o‘zida kuch topa oladi.
President Shavkat Mirziyoyev yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalarni belgilab berdi. Davlat rahbari yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish borasida yangi tizim asosida besh muhim tashabbusni ilgari surdi.
Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzga chiqarishga hizmat qiladi.
Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlar iuchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
To‘rtinchi tashabbus -yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.
Ana shu ezgu g‘oyalar asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida olis qishloq hududlarda tahsil oluvchi yoshlar o‘rtasida ham kitobxonlik targ‘ib qilinmoqda, texnologiyalardan samarali foydalanish borasida maktablarda kompyuter xonalari tashkil qilinib, o‘quvchilarga undan qay holda foydalanish bilim, ko‘nikmalari oshirib borilmqda. Jumladan, “Ma’rifat karvoni” tashkil etilib, yoshlar uchun turli yo‘nalishdagi kitoblar, sport jihozlari va musiqa asboblari chekka –chekka viloyat hududlari yoshlariga yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’limda tahsil oluvchi talabalar o‘rtasida “Siz huquqni bilasizmi?”, “tafakkur sinovlari” singari musobaqa, ko‘rik-tanlovlar o‘tazib kelinmoqda.
President Shavkat Mirziyoyev 2020-yilni – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qildi. Bundan ko‘zlangan maqsad ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarning ma’naviyatini turli yot g‘oya, aqidalardan saqlagan holda milliy o‘zlikni anglash, madaniy va ma’naviy ongni yuksaltirishga, mamlakat rivoji uchun jon kuydiradigan, iqtisodiyotini mustahkam rivojlantiradigan yosh kadrlarni tayyorlashdir. “Ilm yo‘q joyda qoloqlik va jaholat bo‘ladi. Shuning uchun bog‘chadan tortib oily o‘quv yurtigacha ta’lim jarayonini isloh qilishni boshladik ” - , dedi Prezident.
Yoshlar Ittifoqi negizida Yoshlar ishlari agentligini tashkil etish tashabbusi ilgari surib kelinmoqda. Bu orqali yoshlarni jamoa bo‘lib, ahil-inoqlikda uyushib aniq bir maqsad yo‘lida harakat qilishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish har bir jamiyat oldida eng katta muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Negaki, aynan yosh avlod vakillari ertangi kunning yaxshi bo‘lishiga zamin yaratib bera oladigan katta kuchdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |