Konni ochish ishlari - foydali qazilmani qoplagan va unga aralashgan tog’ jinslarini ajratish, shuningdek ularni siljitish va ag’darmalarga joylashtirishni o’z ichiga oladi.
Konda qazish ishlari
Konda qazib olish ishlari - belgilangan hajmda, talab etilgan sifat bilan va minimal yo’qotishda qazib olish va tashish ishlarini o’z ichiga oladi.
Qazib olish ishlari quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: foydali qazilmalarni qazish-yuklash, tashish, bir joyga to’plash yoki tushirish.
Konda qazib olish ishlarining samaradorligi - ma'dansiz tog’ jinslari qajmining qazib olingan foydali qazilma birligiga nisbati bilan aniqlanadi va bu nisbat qoplovchi tog’ jinsi koeffisienti deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |