Minerallarning hosil bo’lishi.
Har bir mineral ma'lum termadinamik sharoitda turg’un xolatda bo’ladi, bu termadinamik xolat o’zgargan xolda mineralda o’zgarish sodir bo’ladi va yangi xolatga chidamli mineral hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtdagi izlanishlar shuni ko’rsatadiki, minerallarning asosiy qismi yer qobig’ida magmaning yoki uning maxsulotlarini atrof muhit va tog’ jinslari bilan ta'sirlashib qayta kristallanishidan xosil bo’ladi. Bular birlamchi endogen minerallar hisoblanadi. Ularning ko’pchiligi yer yuzasiga chiqqanda atmosfera, biosfera va gidrosfera bilan ta'sirlanishi nitijasida o’zining turg’unligini yuqotadi va sharoitga moslashgan yangi ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu minerallar ekzogen minerallar deb nomlanadi. Ekzogen minerallar xam turli xil geologik jarayonlarga duch kelishi va bu jarayonda moslashgan yangi minerallar, ya'ni metamorfogen minerallar hosilbuladi.
Minerallarning asosiy zamonaviy tasnifi ular ximiyaviy tarkibi kristall strukturasining bir – biriga bog’liqligiga qarab bo’linadi. Ularning tashqi ko’rinishi hozirgi vaqtda rentgenometrik usul bilan o’rganilayotgan ichki strukturasini bir qisminigina namoyon eta olish mumkin.
Minerallarning ichki tuzilmasini deganimizda ularni tashkil qiluvchi ximiyaviy elementlar atomlarining uzaro bir–biriga bog’liqligi tushuniladi. Bunaqangi boshliqliklarning bir necha tiplari mavjud:
Kon turkumi bog’lanishning, ya'ni kation va anionlar bir – biriga shartli ravishda elektrostatik kuchlar ta'sirida tartibli turadi. Bu bog’lanish miqdor-ining juda ko’pchiligiga ta'luqli.
Metal bog’lanishning bog’lanish turkumi, bunda katnonlar umumiy elektron bulutlari bilan o’zaro o’ralgan bo’ladi. Bu turkumga sof tug’ma metallar va bir qancha sulfidlar kiradi.
Gemopolyar bog’lanish turkumi, bunda atomlar tashki elektronlarning umumiy qobig’i bilan bog’langan. Bundan bog’lanish olmos va ko’pchilik sulfidlarga ta'luqlidir.
Biz umumiy geologiya tug’risida A.Gbetextin taklif qilgan tasnif buyicha to’liq bo’lmasada bir necha bo’limlari va mineralsinflari bilan tanishib chiqamiz. Minerallar sof tug’ma elementlar, sulfidlar, galloidlar, birikmalar, oksid va gidroksidlar, kislorodli tuzlar, karbonatlar, sulfatlar vrlfarmat va molibdatlar, fosfatlar va silikatlar sinfiga bo’linadi.
Tog’ jinslarini asosiy qismini tashkil etuvchi minerallar jins hosil qiluvchi metallar deyiladi. Ruda tarkibining asosini tashkil qiluvchi metallar ruda hosil qiluvchi metallar deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |