Milliy iqtisodiyot - alohida mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan hamda mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘langan tarmoqlar, sohalar va infratuzilma muassasalaridan iborat yaxlit iqtisodiy tuzilmadir.
Iqtisodiyot sektorlari- iqtisodiyotning mulkiy tavsifiga ko‘ra alohidalashgan hususiy, kooperativ, davlat va aralash sektorlardan iborat bo‘g‘inlaridir.
Jahon xo’jaligi-xalqaro mehnat taqsimoti orqali tashqi iqtisodiy munosabatlar ishtirokchisiga aylangan alohida milliy davlatlar iqtisodiyotlari majmuasidir
Makroiqtisodiy ko’rsatkichlar milliy (yoki jahon) iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlarining holatini, faoliyat qilishi va natijalarini ifodalaydi. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
Milliy iqtisodiyot ishlab chiqarish imkoniyatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular mamlakatning iqtisodiy resurs salohiyatini, yer osti va yer usti boyliklari zahiralari hamda tabiiy resurslari hajmini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Milliy iqtisodiyot faoliyat qilishini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular bandlik, ishsizlik, inflyatsiya, iste‘mol, jamg‘arma va investitsiyalar darajasi, narxlar darajasi va uning o‘zgarishi, savdo aylanmasi, to‘lov balansi holati va boshqalar. Milliy iqtisodiyot faoliyatining natijalarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Ishlab chiqarishning yillik hajmi (YaMM va uning harakat shakllari).
Milliy iqtisodiyot natijalaridan foydalanish holatini tavsiflovchi ko’rsatkichlar. Bular YaIM da iste‘mol va jamg‘arma nisbati, ish haqi va boshqa omilli daromadlar darajasi, YaIM da investitsiyalar ulushi va boshqal
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Makroiqtisodiy modellar-iqtisodiyot va unda ro‘y beradigan real voqelikning mantiqiy (nazariy), miqdoriy (matematik) va grafik o‘lchamlarda abstrakt tasvirlanishidir
Butun milliy iqtisodiyotning natijalarini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar - yalpi milliy mahsulot (YaMM), yalpi ichki mahsulot (YaIM), sof milliy mahsulot (SMM), milliy daromad (MD), bandlik, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqa shu kabilar hisoblanadi.
Milliy ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar – YaMM (YaIM) ni ishlab chiqarish, milliy daromadni taqsimlash hamda ulardan foydalanishni tavsiflaydigan o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar tizimidir. Milliy hisoblar tizimi mamlakatdagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar sarf – xarajatlari va ishlab chiqargan mahsulot (va xizmatlarni) lardan olinadigan daromadlar harakatini aks ettiradi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) ikki tomonlama yozuv qoidasiga asoslangan balanslashgan jadvallar to‘plami bo‘lib, unda makrodarajadagi bir iqtisodiy bitim natijalari ham xarajatlar va ham daromadlar sifatida aks etadi
Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |