Narx turlari. Narx siyosati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx turli va har xil ko`rinishlarda amal qilib boradi. Bunda narxlar ta`sirining kuchliligi ulardan omilkorona foydalanishni talab etadi. Iqtisodiyotning turli soxalaridagi va tarmoqlardagi ishlab chiqarish va sotish sharoitlarini xilma-xilligi hamda bozor munosabatlarining rivojlanishi darajasidagi farqlar narx turini farqlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari narx tizimini tashkil qiladi. Narx tur-larini quyidagi chizmada ko`rish mumkin. Bu chizma A.O`lmasov, M.Sharifxo`jaev-larning Iqtisodiyot nazariyasi darsligi kitobidan namuna tariqasida olinib tuzilgan 3
Har bir narx ma`lum maqsad va vazifalarni bajarib boradi. Narxlarni turli bo`lishi iqtisodiyotni va avvalo tovar-pul munosabatlarini qulay keng rivojlantirish va olib borish uchun qo`llaniladi. Bu narxlar asosida bir tomondan aholini manfaati ko`zlansa, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, xo`jalik sub`ektlarini daromadga ega bo`lishga imkoniyat yaratib berishdan iboratdir. Masalan ulgurji narxlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir yo`la ko`tarasiga sotilganda narxlar ishlab chiqaruvchilar va ta`minot-sotish tashkilotlari harajatlarini qoplashi hamda ularning ma`lum miqdorda foyda ko`rishini ta`minlashi zarur. Bunday narxlar tovar birjalarida, savdo uylarida yoki sotuvchi bilan xaridorning bevosita aloqasida qo`llaniladi, ular kontrakt (shartnoma) shaklida bo`ladi.
Demping narx bozorda o`z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib chiqarish uchun firmalar maxsus narxdan foydalaniladiki, ular demping narx yoki bozorga kirib olish narxi deb ataladi. Bunda bozorda raqobat maqsadlarida o`ta past narxlar ishlatiladi, u raqiblarini siqib chiqarib o`z o`rnini egallashda qo`llaniladi. Lekin bu narx raqibni sindirishga qaratilganligi sababli u davlat tomonidan taqiqlanadi. Shuning uchun firmalar uni yashirin qo`llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini kechib yuborish shaklida bo`ladi. Sotish hajmini o`zgartir-masdan yuqori foyda olishga erishish uchun firmalar nufuzli narxdan foydalaniladi. Bu narxni qo`llash uchun bozorda raqobat cheklangan bo`lib monopol vaziyat mavjud bo`ladi. Mazkur vaziyatda talab narxga bog`liq bo`lmaydi, shu sababli narxning ko`tarilishi tovar sotilishining keskin kamaytirmaydi. Bunday narx aholining yuqori daromad oluvchi qatlamiga mo`ljallangan narxdir. Supermarket savdo uylarida sotiladigan mahsulotlar narxi ancha yuqori bo`lib ular asosan nufuzli odamlar uchun mo`ljallangandir. Erkin narx – bu talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxlaridir. Bozor sharoitida erkin narx jamiyat va bozor munosabatlarini uyg`unlashtirib boradi, talab bilan taklifni bir-biriga bog`laydi, iste`molchi va sotuvchilar manfaati qondiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narxlarni erkinlashtirish iqtisodiy isloxotlarni eng asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, isloxotlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibat-lari ko`p jixatdan shu muammoning hal etilishiga bog`liq bo`ladi. Chakana narx aholi ehtiyojlarining shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi hamda talab bilan taklifning o`zaro muvofiq bo`lishiga ko`maklashadi. Narxlarning pasayishi tovarlarga bo`lgan talabning oshishiga olib keladi. Talab bilan taklifning umumiy muvozanatli mos kelishi ishlab chiqarish darajasiga, mahsulotlarni realizatsiya qilish, narxlar darajasiga xamda is-te`molchilarning pul daromadlari va jamg`armalari belgilab beradigan to`lov qobiliyatlariga bog`liq bo`ladi. Chakana narxlar tovarlarni taklif qilish bilan talab o`rtasidagi bog`lovchi bo`g`in vazifasini bajaradi.
Bozor iqtisodiyoti ko`lami jihatidan olinganda narxlar mintaqaviy-hududiy, milliy va xalqaro narxlarda mavjud bo`ladi. Hududiy narx faqat ma`lum hududiy bozorga xos bo`lib, shu hudud doirasidagi omillar ta`siridan hosil bo`ladi. Milliy bozor narxi bir mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks ettiruvchi narxlardir. Milliy narx xarajatlarini, milliy bozordagi talab va takliflarni, tovar nafliligini uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi. Jahon narxi muayyan tovarga ketgan bay-nalminal xarajatlarni, tovarning jahon andazasi talabiga mos kelish darajasini hamda halqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Mamlakat iqtisodiyotida narxlar turli bo`lishi bilan ular bir-biri bilan o`zaro bog`langan, chunki ishlab chiqarishda juda ko`p resurslar ishlatiladi, ularni har biri o`z narxiga ega, shuning asosida narx nisbati yoki narx pariteti degan tushuncha kelib chiqadi. Paritet - degan so`zni ma`nosi o`zaro munosabatda ikkala tomonning tengligi, biron masalani hal qilish vaqtida tomonlarning teng huquqli vakolatligidir. Demak, iqtisodiyot yagona bir xo`jalik bo`lishi bilan birga ishlab chiqarishda juda ko`p resurslar, ya`ni neft`, ko`mir, metal va boshqa buyumlar ishlatiladi va ularni asosida tayyor mahsulot narxi shakllanadi, bunda narxlar nis-batda bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |