Bog'liq Talab va taklif elastikligi va unga ta’sir qiluvchi omillar
Et =ΔQ / ΔD (2); Iste‘molchi daromadning 1 foizga o’zgarishi talabning necha foizga o’zgarishini ifodaluvchi ko’rsatkich talabning daromad bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi. 2 formulada Et – talabning egiluvchanligi; ΔQ – talab miqdorining foizli o’zgarishi; ΔD – daromadning foizli o’zgarishini bildiradi.
Taklif hajmiga ta‘sir qiluvchi boshqa omillar o’zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o’zgarishi taklifning necha foizga o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkich taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi ko’rsatkichi deyiladi yoki buni taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi. Taklifning narx bo’yicha egiluvchanligi:
Etf = ΔQ / ΔP(3);
Bu yerda: Etf – taklifning egiluvchanligi; ΔQ - taklif miqdorining foizli o’zgarishi; ΔP- narxlarning foizli o’zgarishi.
Taklif egiluvchanligiga ta‘sir ko’rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o’zgarishini hisobga olish uchun zarur bo’lgan vaqt oralig’i hisoblanadi.