X U L O S A - Iqtisodchilar talab va taklif modelidan raqobatdosh bozorni tahlil qilish uchun foydalanishadi. Raqobatdosh bozorda ko’plab sotuvchilar va xaridorlar bo’ladi, ularning har birida biroz bo’lsa ham bozor narxiga ta’sir etish imkoniyati bo’ladi.
- Talab egri chizig’i narxga bog’liq bo’lgan talab miqdorini ifodalaydi. Talab qonuniga ko’ra tovarlar narxi tushsa, talab miqdori o’sadi. Shu sababli talab egri chizig’i pastga qarab egiladi.
- Narxga qo’shimcha qilib aytishimiz mumkinki, iste’molchining qancha xarid qilish qarori uning daromadi, o’rin bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlar narxi, ta’bi, kutilayotgan tovar va sotuvchilar soniga bog’liq. Agar bu omillardan birortasi o’zgarsa, talab egri chizig’i o’zgaradi.
- Taklif egri chizig’i narxga bog’liq taklif etilayotgan tovarlar hajmini ifodalaydi. Taklif qonuniga ko’ra, tovarlar narxi oshsa, taklif hajmi ham oshadi. Shu sababli taklif egri chizig’i yuqoriga o’sadi.
- Narxga qo’shimcha qilib aytishimiz mumkinki, ishlab chiqaruvchilarning sotish qobiliyati tannarx, texnologiya, ishonch va sotuvchilar soniga bog’liq. Agar bu omillardan birortasi o’zgarsa, taklif egri chizig’i o’zgaradi.
- Talab va taklif egri chizig’ining kesishgan nuqtasi bozor muvozanatini anglatadi. Muvozanatli narxda talab miqdori taklif hajmiga teng bo’ladi.
-
- Sotuvchilar va sotib oluvchilarning harakati odatda muvozanatdan chetda bo’ladi. Bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori bo’lsa, tovarlar ko’p bo’ladi va bozor narxining tushishiga sabab bo’ladi. Bozor narxi muvozanatli narxdan past bo’lsa, taqchillik bo’ladi va bozor narxining oshishiga sabab bo’ladi.
- Biror hodisa bozorga qanday ta’sir qilishini tahlil qilish uchun talab va taklif rasmsidan bu hodisaning muvozanatli narx va miqdorga ta’sirini tekshiramiz. Buning uchun uch qadamdan foydalanamiz. Birinchi, hodisa talab egri chizig’ini yoki taklif egri chizig’ini (yoki ikkalasini) o’zgartirganligini tekshiramiz. Ikkinchi, egri chiziq qaysi yo’nalishda o‘zgarganligini ko’ramiz. Uchunchi, biz yangi muvozanatni dastlabki muvozanat bilan taqqoslaymiz.
- Bozor iqtisodiyotida narx iqtisodiy qarorlar qabul qilish va taqchil resurslarni taqsimlash uchun vosita hisoblanadi. Iqtisodiyotda har bir tovar uchun narx talab va taklifning teng holatda bo’lishini ta’minlaydi. Muvozanatli narx sotib oluvchilarning istemol darajasi va sotuvchilarning ishlab chiqarish hajmi orqali hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |